четверг, 6 июля 2017 г.

Dori-darmon ham bojxona nazoratidan o‘tadi

Kundalik hayotimizni dori-darmon vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Shuning uchun xoh uyda yoki ishda bo‘lsin, qo‘l ostimizda doimo zarur malhamlarni olib yurishga odatlanganmiz.


 Shu o‘rinda aytish kerakki, boshqa mamlakatga chiqayotganingizda, dori vositalarining bojxona chegaralaridan olib o‘tish qoidalari bilan tanish bo‘lishingiz kerak. Aks holda ma’muriy va hattoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan holatlarni yuzaga keltirishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 191-sonli qaroriga asosan quyidagi hollarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi.
Ular qatoriga mamlakatimizda bo‘lish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish,  shuningdek mamlakatimiz hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish,  tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash uchun mo‘ljallangan dori-darmon vositalari kiritiladi.  
      Ta’kidlash kerakki, jismoniy shaxslar yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatni taqdim etmasdan turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari,  ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalarini hamda 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlarni shaxsiy foydalanish uchun olib kirishlari va olib chiqishlari mumkin.
Dori vositalarini ko‘rsatilganidan ortiq miqdorda olib kirish va olib chiqishda jismoniy shaxslar bojxona organlariga bo‘lish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan uning shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdorini ko‘rsatgan holda muayyan jismoniy shaxsga berilgan hujjatni taqdim etadilar.        
www.surxondaryo.uz   


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...