четверг, 6 июля 2017 г.

Sudlar xalq bilan muloqotda bo‘lishi kerak


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 13 iyun kuni Sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarning muhokamasiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Mazkur selektor yig‘ilishida muhtaram Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi so‘z yuritib, viloyatda sudlar faoliyatida bir qator ishlar olib borilayotganligi bilan bir qatorda, xato va kamchiliklar ham uchrab turganini, xalq bilan olib borilayotgan muloqotlarimizda bunga amin bo‘linayotganligini, sud organlari faoliyatida ham xalqni qiynab kelayotgan muammolar sezilarli darajada yig‘ilib qolganini ta’kidlab o‘tdi.
Masalan, Boysun tumanida yashovchi fuqarolar Safarova Gulnora va Ismoilov Xamidlarning uy joy masalasida kiritgan da’vo arizasi 11 yildan beri 20 marotabadan oshiq ko‘rilgan bo‘lsada, ammo hanuzgacha  masala qonuniy o‘z yechimini topmagan.
  Sessiyada sudlar faoliyati samaradorligini oshirish uchun eng maqbul va ta’sirchan yo‘l Sayyor sud majlisi ekaniga, xususan joylarga chiqib, xalq ishtirokida sud majlislari tashkil etish, bunda mahalliy hokimliklar barcha shart-sharoitlarni yaratib berishlari hamda sud majlislarini televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritish lozimligi qayd etildi.
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali sudlarga tushayotgan murojaatlarni kamaytirish, qishloq va mahallalarda aholi bilan uchrashib, keng tushuntirishlar berish, nizoli masalalarni sudgacha hal etish lozimligi aytib o‘tildi.
Bu borada jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara berishi ta’kidlandi.
Sessiyada Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi X.Qudratov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi T.Usmonov, Iqtisodiy ishlar bo‘yicha viloyat sudi raisi L.Abdullaev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyat Xalq qabulxonasi mudiri B.Jamolov, viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Qobulova, xalq deputatlari viloyat Kengashining qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Soatov, Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi N.Yangiboev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sherobod tuman Xalq qabulxonasi mudiri E.Nomozovlar so‘zga chiqib, tegishli fikr-mulohazalar bildirdilar.
www.surxondaryo.uz   

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...