Siamen dengizga
tutash maskan
Bir yoni daraxtzoru, baland binolar bir yoni dengizga tutash shaharga borarkanmiz havoning issiqligiga qaramay suvning jilosi o’zoga tortdi. tezyurar pyezda jurnalistlar jamoasi Siamenga kirib bordik. Ming sulolasining davrida, 1387 yili, General Zhou mahalliy va yaponiyalik qaroqchilarga qarshi himoya qilish uchun bu erda qal'alar qurgan. Dastlab, "Siamen" nomi xitoy tilida "siè mén" deb yozilgan va "talai-mami" deb talaffuz qilingan. Janubiy Xitoychada"pastki port" degan ma'noni anglatadi. XV asrga qadar Hindiston, Arabiston va G'arbiy Osiyo bilan faol savdo aloqalari amalga oshirilgan. 1604 yili Gollandiyalik askar orolga suzib borgan, ammo mahalliy savdogarlar bilan munosabatlarni o'rnatishga urinishlari muvaffaqiyatli amalga oshmagan. Birinchi ingliz savdogar kemasi 1670-yilda orol sohilida paydo bo'ldi va bir muncha vaqt o'tgach inglizlar kuchli tijorat faoliyatni rivojlantirishga muvaffaqat bo'lgan.