Din niqobidagi “imom”lar
O‘zbek
xalqi azaldan juda mehribon va samimiy xalqdir. Shu bilan birgalikda tanti va ishonuvchandir.
Ba’zida ana shu ishonuvchanligimiz tufayli ko‘pgina paytlarda afsus chekib qolamiz.
Kasbim taqozosi bilan turli xizmat safarlarida bo‘laman, turli joylarda turli odamlar
bilan muloqot qilaman. Shu jarayonlarda ba’zi insonlarimizning diniy ma’lumot sohasida
anchagina sodda ekanligini anglayman. Ana shu ma’lum bir ishonuvchan insonlarimiz turli xil nopok niyatli shaxslar aldovlariga chuv tushib qolmoqdalar.