среда, 30 января 2019 г.

  Din niqobidagi “imom”lar

O‘zbek xalqi azaldan juda mehribon va samimiy xalqdir. Shu bilan birgalikda tanti va ishonuvchandir. Ba’zida ana shu ishonuvchanligimiz tufayli ko‘pgina paytlarda afsus chekib qolamiz. Kasbim taqozosi bilan turli xizmat safarlarida bo‘laman, turli joylarda turli odamlar bilan muloqot qilaman. Shu jarayonlarda ba’zi insonlarimizning diniy ma’lumot sohasida anchagina sodda ekanligini anglayman. Ana shu ma’lum bir ishonuvchan insonlarimiz turli xil nopok niyatli shaxslar aldovlariga chuv tushib qolmoqdalar.


Odamlarning ishonuvchanligi suiste’mol qilib kelayotgan ayrim shaxslar haqida ko‘p yozilgan. Lekin el orasida oliy diniy ma’lumotli bo‘la turib, diniy mulla darajasiga yetganlar shunday aldovlarga, yot g‘oyalarga odamlarni yetaklasachi? Quyida ana shunday insonlarning qabiq va munofiqlik bilan amalga oshirgan ishlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Garchi bu voqeaning o‘tganligiga ma’lum bir vaqt bo‘lgan bo‘lsa ham quyida mudhish ishlarini bayon etadiganimiz S.Qodirov kabi shaxslarning aldovlariga uchrab qolmasligimiz uchun qayta-qayta shu mavzularga murajaat qilmoqdamiz.
2017-yil 19-iyulda huquq tartibot organlari tomonidan Surxondaryo viloyati Denov shahrida amalga oshirilgan tezkor tadbir jarayonida tinchligimizga, millatlararo totuvligimizga rahna solishga harakat qilishga uringan diniy ekstrimistik guruh a’zolari qo‘lga olindi. Denov shahrida tuzilgan “Denov” jamoati a’zolari “Islomchi jihodchilar” diniy ekstrimistik tashkiloti g‘oyalarini qo‘llab–quvvatlab, yashash manzilllarida yashirin diniy yig‘inlar o‘tkazib kelgan.  Pinhona tarzda tashkil etiladigan ana shunday yig‘inlarda asosan Suriyada amalga oshirilayotgan qo‘poruvchilik harakatlari ma’qullanib, ushbu harakatlarni qo‘llab- quvvatlash kerakligi ta’kidlab o‘tilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, guruh yetakchisi el-yurt, mahalla-kuy oldida diniy jihatdan hurmatga sazovor bo‘lgan S.Qodirovdir. S.Qodirov ushbu jamoatda Sirojiddin qori laqabi bilan mashhur bo‘lgan. S.Qodirov 2006-2008-yillarda Suriyaning Damashq shahridagi “Tahzeb va ta’lim” madrasasida ta’lim olgan va diniy bilim sohasida yaxshigina bilimga ega bo‘ladi. U yashash manziliga qaytgandan so‘ng mahalliy aholining diniy marosimlarini amalga oshirib kelgan. S.Qodirov Quroni Karim, arab tili va hadis ilmini yaxshi o‘zlashtirtirgan Qodirov aholi orasida alohida hurmatga sazovar bo‘la boshlaydi. S.Qodirov sekinlik bilan o‘z atrofiga tarafdorlar yig‘a boshlaydi. Buni qarangki, tez orada ana shunday “muxlislar” ham topiladi. Tez orada Abdumuminov Xurshid, Jumayev Ravshan, Kattaboyev Sanjar, Qiyomiddinov Nizomiddin, Egamberdiyev Zikrillo, Tog‘ayev Qudrat, Hakimov Sharafiddin kabi tarofdorlar bilan “Denov” jamoati noqonuniy diniy tashkilotini tuzadi. S.Qodirov yig‘inlarda ular ongiga diniy aqidaparastlik g‘oyalarini singdirib borgan.  Natijada ular S.Qodirov g‘oyaviy ta’siriga tushib uning ko‘rsatmalari asosida faoliyat yurita boshlagan. S.Qodirov jamoat a’zolariga mavjud konistitutsiyaviy tuzumni qoralab, O‘zbekistonda diniy erkinlik “cheklangan”ligi, ayollarning  “hijob”da yurishiga to‘sqinlik bo‘layotganligi hamda musulmon amallarini bajaruvchilar kamayib “gunohkor”lar ko‘payib borayotganligi kabi bo‘lmag‘ur uydirmalar bilan ularni muntazam ravishda “jamoat” a’zolari ongiga singdirib borgan. Shu bilan bir qatorda, u  “Islomchi jihodchilar” diniy ekstremistik tashkiloti rahnamosi A.Mirzayev (laqabi Abduvali qori) va “Tavxid va jihod”  xalqaro teroristik guruh amiri S.Muxtorovlarning ma’ruzalarini eshittirgan hamda jamoat a’zolariga diniy- qonuniy tomondan noto‘g‘ri bo‘lgan tushunchalar berib, “jihod” qilishga da’vat etib kelgan. Bu da’vatlar , albatda, o‘z “natija”sini ko‘rsatadi. S.Qodirovning da’vatlari asosida jamoat a’zolaridan A.Meliqulov, J.Mirzayev va F.Jummayevlar “Suriyadagi musulmonlarga yordam berish” va “kofir”larga qarshi “jihod” qilish maqsadida 2017-yilning 18-matr kuni “Toshkent-Istanbul” aviareysi orqali Turkiyaga borib u yerdan Suriya davlatiga o‘tib ketishkan. Lekin bu ketgan insonlar, oldilarida qanday azoblar turishini bilarmikanlar? Aldovlar qurbonlariga aylanib, qolgan bu kimsalar o‘zga yurtda xoruzorlikka mahkumdirlar.
Hech qaysi qilmish jazosiz qolmaganidek “Denov” jamoati a’zolari ham qilmishlariga yarasha jazolarini oldilar. 2018-yil 12-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudida o‘tkazilgan sud jarayonida S. Qodirov 9 yilga, besh nafar jamoat a’zolari esa, 5yil olti oy muddatga jazo chorasi belgilandi. Xalqimizda “Odam bolasi ichida” degan ajoyib naql bor. Bu naql go‘yoki, S.Qodirov kimsalarga nisbat aytilgandek. Odamlar orasida dinning mukammal bilimdoni sifatida ko‘rinib, o‘zi aytgan amallarga roiya qilmagan bunday insonlarni kim deb atash mumkin?! Mutaffakkir shoir Jaloliddin Rumiy hazratlari aytganlaridek “Asling kabi ko‘rin, ko‘ringaning kabi bo‘l”. Shu o‘rinda barchamizdan yana bir bor bunday holatlarning sodir etilmasligi uchun ogohlik va e’tibor talab qiladi.


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...