Mashaqqat ortida matonat:
Surxondaryoning suvchi ayollari
Suv — hayot manbai. Uning har bir xonadonga o‘z vaqtida va sifatli yetib borishi ortida esa tunu kun mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning zahmati mujassam. Surxondaryo viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani bajarib kelayotgan ana shunday insonlar orasida ayollarning ham munosib o‘rni bor.
