понедельник, 13 июля 2026 г.

Mashaqqat ortida matonat: Surxondaryoning suvchi ayollari



Suv — hayot manbai. Uning har bir xonadonga o‘z vaqtida va sifatli yetib borishi ortida esa tunu kun mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning zahmati mujassam. Surxondaryo viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani bajarib kelayotgan ana shunday insonlar orasida ayollarning ham munosib o‘rni bor.



Bugun “Surxondaryo suv ta’minoti” tizimida faoliyat yuritayotgan suvchi ayollar o‘z kasbiga sadoqat, mas’uliyat va mehnatsevarlik namunasi bo‘lib kelmoqda. Ular uchun suv ta’minoti sohasi shunchaki ish emas, balki minglab oilalarning kundalik hayotiga daxldor muhim vazifadir.



 Suv ta’minoti tizimida faoliyat yuritish oson emas. Bu soha xodimdan bilim, tajriba, tezkorlik va mas’uliyat talab qiladi. Ayniqsa, avariya holatlarini bartaraf etish, tarmoqlarni nazorat qilish, abonentlar murojaatlarini o‘rganish, suv inshootlari faoliyatini kuzatib borish kabi jarayonlarda xodimlarning har bir qarori muhim ahamiyat kasb etadi.


Shunday sharoitlarda ayollar ham o‘z mehnati bilan jamoaga munosib hissa qo‘shmoqda. Ular ish jarayonida texnik bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish bilan birga, aholiga xizmat ko‘rsatishda samimiylik va e’tibor bilan yondashmoqda.

           Mastura Xamrayeva


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Mashaqqat ortida matonat: Surxondaryoning suvchi ayollari Suv — hayot manbai. Uning har bir xonadonga o‘z vaqtida va sifatli yetib borish...