Tabiatimizni asrab qolish va chiqindisiz toza xudud barpo eta olish umidi so’nmagan
Yildan yilga insonlarning befarqligi va tabiatga ziyon keltirish oqibatida atrof-muhut ifloslanishi yuz bermoqda. Butun dunyo singari O’zbekistonda ham chiqindilar muammosi kamaygan emas. Birgina har yili Surxondaryo viloyatimizda 354 tonna chiqindi hosil bo‘lishini, shundan 110 tonnasi yoki 31 foizi qayta ishlanishi, qolgan chiqindilar to‘planib, 124 gektarlik 12 ta chiqindi poligonida ko‘miladi. Yildan yilga chiqindilar sonini kamaytirish yo’lida targ’ibot tadbirlari va aksiyalar o’tkaziladi. Yaqinda internetda ko’rib qoldim Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi Surxondaryo boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahrida keng ko‘lamli tadbir tashkil etilibdi. Birgina shu kuni 100 kilogramga yaqin chiqindilar yig’ilib, chiqindi poligoniga yuborilgan ekan.