Tabiatimizni asrab qolish va chiqindisiz toza xudud barpo eta olish umidi so’nmagan
Yildan yilga insonlarning befarqligi va
tabiatga ziyon keltirish oqibatida atrof-muhut ifloslanishi yuz bermoqda. Butun dunyo singari O’zbekistonda ham
chiqindilar muammosi kamaygan emas. Birgina
har yili Surxondaryo viloyatimizda 354
tonna chiqindi hosil bo‘lishini, shundan 110 tonnasi yoki 31 foizi qayta
ishlanishi, qolgan chiqindilar to‘planib, 124 gektarlik 12 ta chiqindi
poligonida ko‘miladi. Yildan yilga chiqindilar sonini kamaytirish yo’lida targ’ibot
tadbirlari va aksiyalar o’tkaziladi. Yaqinda internetda ko’rib qoldim Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi Surxondaryo boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahrida
keng ko‘lamli tadbir tashkil etilibdi. Birgina shu kuni 100 kilogramga yaqin
chiqindilar yig’ilib, chiqindi poligoniga yuborilgan ekan.
Yana bir misol tariqasida xar yili sentyabr oyida butun dunyo bo’yicha tozalik kuni o’tkazilishini ham keltirish mumkin. Butunjahon tozalik kuni - bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. Gʻoya dastavval 2008-yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar. Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakati ifodasini topgan jarayonga aylandi. Ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlar O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab o’tkazilib kelinmoqda. Bu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ammo bir jihat ham borku insonni hafa qiladi. Atrofimizda ko’plab insonlar tabiatni asrash yo’lida birlashayotgan bir vaqtda ba’zi odamlar o’z qo’llari bilan uni yanchib tashlash niyatida. Nega deysizmi? Uzoqdan emas o’zimizni viloyat misolida keltirsam. Sho’rchi tuman Ekologiya bo’limi hamda tuman Milliy gvardiya bo’limi xodimlari hamkorligida o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro Q. M belgilanmagan joyga chiqindi to’kib ketayotganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 91pr1-moddasining 1-qismiga asosan BHMning 1-barobari – 375 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.
Sho’rchi tumanning “Bobur” mahallasida
yashovchi fuqaro J.K belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarini tashlab
ketayotganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy
javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 91-moddasining pr1-qismiga binoan
ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Uzun tumani Ekologiya bo’limi xodimlari
tomonidan holat bo’yicha olib borilgan o’rganish ishlari davomida haqiqatdan
hududda - daryo o’zaniga har xil maishiy chiqindilarni to’kib ketganligi
natijada chiqindi uyumi paydo bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Noqonuniy chiqindi uyumi vujudga kelishiga
befarq qaragan, holatni oldini olmagani uchun “Navro’z” mahallasi raisi X.A ga
nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning
91pr2-moddasining 1-qismi bilan BHMning 3 barobari miqdorida hamda shu hududga chiqindi to’kkan “Yangi Shahar” mahallasi fuqarosi M. B ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 91-moddasining 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma
rasmiylashtirilgan.
Termiz shahri “Manguzar” mahallasi
hududidan oqib o’tuvchi “Surxon” daryosi
qirg’oqlarida yig’ilib qolgan chiqindi uyumlari ekologik jamoatchi inspektor
Erkin Ashurov yordamida tozalab olindi.Ekologik huquqbuzarliklarni oldini
olish, atrof-muhit ozodaligi uchun fidoiylik ko’rsatayotgan yurtdoshlarimizga
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tashakkurnoma bildirilgan.
Yuqoridagidek misollarni ko’p keltirish
mumkin. Ammo insonlar o’zlari ham harakat qilmas ekan qonunbuzulish xolatlariga
yo’l ochishadi va jarima to’lashadi. Qonun barchaga barobar. Lekin shu bilan
birga atrof muhitga ham ziyon
yetkazishadi. Kun ora internet tarmoqlari orqali bunday xolatlarni ko’rar
ekanmiz yaxshiyamki qonun ustuvorligiga va ekologik jamoatchi inspektor Erkin
Ashurovdek insonlar atrofimizda borligi bizni hursand qiladi. Ular sabab xali
tabiatimizni asrab qolish va chiqindisiz toza xudud barpo eta olishimizga
ishonamiz.
Mastura Xamrayeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий