TO’Y – TARBIYA VOSITASI
Dunyodagi ko’p xalqlar qatori biz –
o’zbeklarda ham azaldan oila va nikoh muqaddas sanalib, e’zozlangan. Shu bois
o’zbeklar doimo to’ylariga alohida e’tibor berganlar. Ajdodlarimiz nikohni
Olloh buyurgan shariat qoidalariga qattiq rioya qilgan holda o’tkazishga
intilganlar.