Media-tur: Fuzhou orzular shahri
Fuzhou - yirik sanoat va port shahri. Shaharda
ko'plab kichik ko'llar va bir nechta daryo mavjud. Fuzhou shahrining birinchi shahar devori mil. avvalgi. 202 yilda
qurilgan. Tang davrida yani 725 yildan boshlab shahar hozirgi nomini olgan.
Tarixda Song sulolasining imperatori Fuzhouning barcha
devorlarini 978 yilda vayron qilish to'g'risida farmon chiqaradi, vayron devorlar keyinchlik yana qayta tiklandi. Eng so'nggi shahar devorlari
1371 yilda qurilgan. Safar davomida qadim tarix bilan uyg’unlashgan Fuzhuoni
tomosha qilarkanmiz uning yashil
tabiati yanada go’zal namoyon bo’ldi. Biz qo’ngan Fuzhou xalqaro aeroporti
shahridan 50 km masofada joylashgan bo’lib, Pekin, Chendu, Gonkong, Shanxay,
Taiyuan, Xi'an, Urumchi, Haikou, Tokio, Osaka, Zonasi, Singapur, Qingdao kabi
shaharlarga qatnovlar amalga oshiriladi. 2016 yil may oyida shaharga metro
liniyasi ishga tushirilgan.
Ushbu shahar ilk kundayoq bizda katta ta’surrot
qoldirdi. Sababi yerdan tog’ga qadar marjon kabi tizilib yaratilgan o’rmon
ko’prigi hech kimni befaqr qoldirmadida. Yashil o’rmon o’zining daraxtlarning
sara turlarini o’ziga jamlagani bilan go’zal edi. O’rmon bo’ylab sayr qilib
toqqa ko’tarilakanmiz atrofda shaharda qad ko’targan binolar o’zining haqiqiy
fusunkorligini namayon qildi. Buni ko’rish uchun esa faqatgina Fuzhou ga bormoq
kerak.
O’rmondagi sayrdan so’ng mahalliy televideniya, radio
va gazeta faoliyati bilan tanishdik. Har kuni chop etiladigan gazetani tiraji
300 ming bo’lib internet tarmog’ining o’zida uni 6 mln axoli o’qiydi. Maxalliy
aholi 400 yuanga ushbu gazetani sotib olisharkan. Shaharning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy
hayotini yoritib boradigan gazetaga talab yuqori. 27 qavatli binoda joylashgan
gazeta xodimlariga yaratilgan sharoit sabab xodimlarda ish koffisenti juda
yuqori.
Fuzhouda o’tgan ikkinchi kunimizda yirik sanoat korxonasi faoliyati bilan
tanishdik. Ipak tollarini ishlab chiqadigan sanoat korxonasi dengiz ustida qad
ko’targan yirik ishlab chiqarish obyekti sanaladi. Maxsulotlar sifarini doimiy
tajriba asosida rivojlantirishda korxona olimi Min Ting ning hissasi yuqori
sanaladi. Korxona xodimlari bizni Innovatsion sentr bilan tanishtirar ekan
zamonaviy texnologiyalrni foaliyati davomida keng foydalanayotganliklarini
alohida ta’kidaladi. Zamonaviy texnologiyalar Germaniyadan keltirilgan bo’lib,
asosiy vazifalarni ushbu jihozlar bajaradi. Hozirgi korxona egallab turgan
maydoni 1000 m2 tashkil etadi.
30 yildan buyon faoliyat olib borayotgan sanoat korxonasining 500 dan
ortiq raqobatchilari bor. Maxsulotlarini
O’zbekiston, Qozog’iston va o’zlarida yetishtirilgan paxta
xisobidan tayyorlashadi.
Mastura Xamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий