Safar ta’ssurotlari
Media-tur: Xitoy sari yo’l
Qadim va zamonaviy Xitoy.
O’zining ulug’vorligi va qadimiyligi bilan insonlarni rom etib keladi. Markaziy
va Sharqiy Osiyoda joylashgan eng yirik
davlatlardan biri bo’lgan osmonlarga bo’ylashgan davlat necha asrlarkim o’zining
ertaknamo ko’rinishi bilan insonlarni hayratlantiradi. Xitoy Xalq
Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. U
hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Ushbu davlat dunyo
davlatlari bilan do’stlik aloqalari yuqori darajada. Ayniqsa Xitoy xalq
Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi orasidagi munosabatlar asrlarga tutash. Bugungi kunga qadar saqlangan
o’zaro munosabatlar xar jabxada namoyon bo’lmoqda. Birgina Xitoy Xalq
Respublikasining Chet mamlakatlar bilan Xitoy Xalqlari Do'stlik Jamiyati tomonidan
ommaviy axborot vositalari xodimlarini Xitoy-O’zbekiston do’stlik aloqalari
doirasida media-tur tashkil etilishi so’zimning tasdig’idir. Respublikamizdan
11 nafar jurnalistlar 22-29 oktyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib
qaytishdi. Safarga otlangan jurnalistlar Toshkent xalqaro aeroportidan kechki
vaqt bilan Pekinga uchib bordi. Tungi chiroqlar bilan yoritilgan shahar
manzarasi osmonda o’zgacha ko’rindi.
Pekinga yetib borgan ijodkorlar kechki Pekin go’zalligini o’z ko’zlari
bilan ko’rishdi.
Osmonga bo’ylashgan Pekin
Pekin yoki Beijing. Dastavval ushbu shahar haqida ma’lumot aytadigan bo’lsam Pekin Xitoy tilidan tarjima qilinganda “shimoliy poytaxt” deb tarjima qilinadi. Xitoyning shimolida joylashgan. Aholisi koʻp shaharlaridan biri bo’lgan Pekinda miloddan avvalgi 2-ming yillikdayoq hozirgi o’rnida aholi yashagan. Shahar ayniqsa 1949 yildan rivojlana boshladi. O’zbekistonlik delegatlar qo’ngan Aeroport esa xalqaro ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Jurnalistlar jamoasi shaharga yetib borgach, Jianguo mexmonxonasida to’xtashdi. Tong. Salqin sahar shabbodasi esib turgan kez. Bambuk vatani bo’lgan yurt quyosh nuri bilan bizni qarshi oldi.
Safar avvalida Xitoy tarixi bilan
tanishdik. Ilk manzilimiz Osmon ibodatxonasi bo’ldi. XV asrda qurilgan
ibodatxona shahardagi yagona dumaloq ko’rinishda bunyod etilgan
inshoat xisoblanadi. Chunwen janubiy
hududida, shahar markazidan 4 km masofada joylashgan, Tiantan Gong Men stansiyasiga yaqin
joylashgan maqbara 1420 yilda imperator Yun Le Ming sulolasi vakillari tomonidan qurilgan. O’sha davrda an'anaga ko'ra oliy hukmdor "Osmon o'g'li"
deb atalgan. Xitoy aholisi uchun esa osmon ramzi oliy sanalgan. Qadimiy maskan YUNESKO tomonidan Jahon merosi ro'yxatiga
kiritilgan. Kompleks shaharning janubiy qismida joylashgan katta maydon ustida
yoyilgan. Imperatorlar davrida osmon
ibodatxonasini ilohiy ajdodlari bilan erkin
muloqotga kirishish maskani ekanligiga ishonishgan. Ibodatxona maydoni 280 gektarni tashkil etadi. Bunday katta
majmuaning kirish darvozasi qizil rangda
bo'yalgan ikki satr bo'sh devor bilan o'ralgan. Oq marmardan yasalgan yo’lakalar va konusimon tomlar ramziy tarzda osmonni
eslatadi. O’ziga xos bezaklar bilan ishlangan san’at asari misol devorlani esa
faqatgina Xitoyda ko’rish mumkin. Dunyoning eng qadim sivilizatsiyasini o’zida momoyon qilgan
inshoat uzoq Sharq me'morchiligiga shakllanishida katta ta'sir ko'rsatadi.
Ma’lumotlarga qaraganda taxminan 500 yil davomida, har yili bir marta, qish kunida
imperatorlar bu yerga osmonga sovg'alar olib kelish uchun kelgan. Bir so’z bilan aytganda asrlar davomida
imperatorlar uchun ibodat joyi sanalgan. 2005 yilda 6 million dollarga teng bo'lgan katta rekonstruktsiya
qilingan maskan, 1986 yildan
buyon ko'rgazma zaliga aylantirildi.
Tarixiy
obidalar bilan tanishgach Pekinning Fusin ko’chasi joylashgan Xitoy Markaziy
Televideniyasiga yo’l oldik. Safarimiz
davomida bizga Chet mamlakatlar bilan Xitoy Xalqlari Do'stlik
Jamiyati xodimi Cai Yunzhe birga bo’ldi. CCTV (Xitoy Markaziy Televidiniyasi) – Xitoyning asosiy televideniyasi. Birinchi CCTV
telekanali 1958 yil 2 sentyabrda "Beijing Television" nomi ostida nomoyish etilgan. 1992 yil 1 oktabrda IV
(Xalqaro) dasturi butun mamlakat bo'ylab sun'iy yo'ldosh telekanali orqali
ishga tushirildi. CCTV ni butun dunyo bo'ylab bir milliarddan ziyod
foydalanuvchilarga mo'ljallangan turli dasturlarni namoyish qiluvchi 50ta
kanallar tarmog'iga ega. Hozirda televizor 6 tilda efirga uzatiladi. Kanalda
yangiliklar, hujjatli filmlar, komediyalar, dramalar va ko’plab dasturlar
efirga uzatiladi.
Ushbu kannalar tarmog’ining yangiliklar tayyorlaydigan
studiyasi bilan tanishdik. 330 ta
studiyaga ega bo’lgan televideniyada xodimlar uchun barcha sharoitlar
yaratilgan. Asosiy telekanallari CCTV-1 -
universal, CCTV-2 – iqtisodiy mavzularga qaratilgan dasturlar, CCTV-3 - san'at va o'yin-kulgi, xalqaro CCTV-4 - Xalqaro (Xitoy tilida), CCTV News - xalqaro
yangiliklar (ingliz tilidagi), CCTV-9 Hujjatli - xalqaro hujjatli film (Xitoy va
ingliz tillarida), CCTV-E - Xalqaro (ispan tilida), CCTV-F - xalqaro (fransuzcha), CCTV-rus - xalqaro
(rus tilida) CCTV-O'yin - Umumiy
O'yin (Xitoy), maxsus telekanallar CCTV-5 – Sport, CCTV-6 – Kino, CCTV-7 - Harbiy /
Qishloq xo'jaligi, CCTV-8 – seriallar, CCTV-10 - fan va ta'lim,CCTV-11 - Xitoy operasi, CCTV-12 – huquqiy, CCTV-13 – yangiliklar, CCTV-14 – bolalar, CCTV-15 – musiqiy, CCTV-HD - yuqori aniqlikda va sun'iy yo'ldosh kannallari mavjud. Delegatsiya a’zolari
rus tilidagi ko’rsatuvlar tayyorlaydigan kanal faoliyati bilan tanishdi.
Shundan so’ng televideniya raxbarining o’rinbosari Xuan Inan bilan rasmiy qabul bo’lib o’tdi.
Janob Xuan televideniya faoliyati haqida jurnalistlarga so’zlab berdi. Televideniya bilan tanishgach Chaoyan rayoni,
Vanszindunlu ko’chasida joylashgan
Xalqaro kommunikatsiya sentriga bordik. Markaz faoliyati bilan
tanishishdik. Xitoy Xalq Respublikasining texnologiya soxasida erishayotgan
katta yutuqlari va baland hamda ko’p qavatli inshoatda joylashgan sentr
xodimlari ishini ko’rdik.
Mastura Xamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий