Siamen dengizga
tutash maskan
Bir yoni daraxtzoru, baland binolar bir yoni dengizga tutash shaharga borarkanmiz havoning issiqligiga qaramay suvning jilosi o’zoga tortdi. tezyurar pyezda jurnalistlar jamoasi Siamenga kirib bordik. Ming sulolasining davrida, 1387 yili, General Zhou mahalliy va yaponiyalik qaroqchilarga qarshi himoya qilish uchun bu erda qal'alar qurgan. Dastlab, "Siamen" nomi xitoy tilida "siè mén" deb yozilgan va "talai-mami" deb talaffuz qilingan. Janubiy Xitoychada"pastki port" degan ma'noni anglatadi. XV asrga qadar Hindiston, Arabiston va G'arbiy Osiyo bilan faol savdo aloqalari amalga oshirilgan. 1604 yili Gollandiyalik askar orolga suzib borgan, ammo mahalliy savdogarlar bilan munosabatlarni o'rnatishga urinishlari muvaffaqiyatli amalga oshmagan. Birinchi ingliz savdogar kemasi 1670-yilda orol sohilida paydo bo'ldi va bir muncha vaqt o'tgach inglizlar kuchli tijorat faoliyatni rivojlantirishga muvaffaqat bo'lgan.
Siamendagi birinchi kunimiz Siamen universitetiga
bordik. 1921 yilda tashkil etilgan
Siamen universiteti Xitoydagi etakchi
davlat muassasasidir. Universitetda 76 ta kafedra va 10 ta ilmiy-tadqiqot
institutlari mavjud. Shuningdek 27 ta
maktabdan iborat bo'lib, 270 ta institut bilan hamkorlik qiladi. Universitetda
iqtisod, xalqaro munosabatlar, biznes bo'yicha 40 ming talaba, shu jumladan,
2800 chet ellik o'qituvchilarga ta'lim bermoqda. Tashrifimiz davomida universitet muzeyida
bo’ldik va unda jamlangan eksponantlar va universitet tarixi bilan ham
tanishdik. Shundan so’ng Siamendagi toshli Huihe parkini tomosha qildik. Unda
jamlangan barcha buyumlar mohirona toshdan yasalgan. Budda xaykali, turli
jonivorlar va ushu san’ati akas etgan buyumlar diqqatimizni tortdi. Shu bulan
birga toshga nafis bezak berib ishlayotgan ustalar ishini ham ko’rdik. Hatto
o’zimiz ham ushbu san’atni yaratishga o’z hissamizni qo’shib toshga rasm
soldik. Juda ko’p ta’surrot bilan an’anaviy choy damlash maskanida yo’l oldik.
Choy damlash bo’yicha mutaxassis bo’lgan qizlar bizga Xitoy choylari haqida
so’zlab berdi. Hatto o’zimiz choy damlash qoidalarini sinab ko’rib choy
damladik. O’zgacha ta’m, nafis hid jamlangan Xitoy choyi ta’mi anchaga ketmasa
kerak endi.
Shahardagi ikkinchi kunimizda Gu Lang Yu oroliga
kemada sayr qilib bordik. Ushbu orol
o’zining ko’rkam va chiroyli tabiati bilan ajralib turadi. Shahardagi ikkinchi
kunda Gu Lang Yu oroliga kemada sayr qilib bordik. Ushbu orol o’zining ko’rkam va chiroyli
tabiati bilan ajralib turadi. Gu Lang
Yu ikki kvadrat kilometr maydonni
egallagan bo’lib tabbiy qurilgan binolar tarix aks etgan inshoatlar bilan uyg’unlashgan. Bugungi kunda 20 mingga yaqin
kishi yashaydi. Gulangyu, avvalambor, Zheng Chengongning mashhur haykali, Zheng
Chengong qasrining xarobalari va Xitoyning yagona pianino muzeyi bo'lgani uchun
jozibali.
Bu haqiqatan ham samoviy makonlardan biri Gulangyu
orolidir. Islandiya Janubiy Xitoy dengizida joylashgan va Xitoyning
janubi-sharqiy sohilidagi eng yaqin shahar Fujian provintsiyasida Siamen
hisoblanadi. Orolning xitoycha nomi okean to'lqinlarining shovqini eshitdi.
Xitoy tilida "Gu Lan" "to'lqinlarni urish", "yu"
"orol" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, orolda aholi zichligi juda
katta. Pianino! Shuning uchun Gulangyu
oroliga ko'pincha "pianino oroli", deyiladi. Bunday kichkina Xitoy
orolida Pianino muzeyi bor. Pianino muzeyi 2000 yilda ochilgan. Xitoyda bunday
turdagi yagona muzey. Ikki xonada yuz yildan oshiq vaqt mobaynida Yevropa, AQSh
va Avstraliyaning eng mashhur ustalari tomonidan yaratilgan pianinolar to'plami
mavjud. Muzey kollektsiyasida jami 30 antiqa pianino mavjud. Shuningdek,
miniatyura pianinolari to'plami ham mavjud.O’zbekistonlik jurnalistlar uchun
jahon musiqasining nodir durdonalaridan namulalar ijro qilib berishdi. Gu lang
yu orollari Yin Chengzong va Xu Feiping kabi taniqli musiqachilarning tug'ilgan
joyi bo'ldi. Xitoyning birinchi ayol dirijori Zhou Shuan ham bu joydatug'ilgan.
Shu sababli, Gu lang yu oroliga "Musiqiy beshigi" va "Musiqa oroli"
deb nom berishgan. Sayr qilar ekanmiz quyosh nurlari orolning eng baland
nuqtasidan bizni qarshi olgandek tuyuldi.
Mastura Xamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий