пятница, 26 апреля 2019 г.

Surxondaryo raqsining rivojlanishi va yutuqlari

Yutuqlar borasida Surxondaryo raqsida  "Shalola"  jamoasining o’rni beqiyos. Ansambl havaskorlikdan salkam professional darajasiga ko'tarila oldi. O'z repertuar programmasi bilan qoniqmay, huzurida folklor-etnografik jamoa bam tashkil etilishiga erishdi. Bir muncha vaqt u ham "Shalola" deb atalib kelindi. Ayni kunlarda yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar ham Boysun bahori festivali asosida ushbu jamoa bilan uchrashmoqda.


1988-yilda "Shalola" dan quvvat olib o'sib yetilgan folklor-etnografik ansambli o'z mustaqil yo'li va nomiga ega bo’lib, "Boysun" deb atala boshladi. "Boysun"  "Shalola" ansambli huzurida tug'ilib, atak-chechak qilayotgan davrida- 1975-yil Polsha xalq Respublikasining Zakalane shahrida bo'lib o'tgan to'g'li o'lkalar XIII xalqaro festivalida ishtirok etib II darajali "Kumush bolg'a" mukofotining sovrindori bo'ldi.
1977-yil xalq ijodiyoti II Butunittifoq festivaliga qizg'in tayyorgarlik boshlandi. Mazkur festivalning ilk bosqichida ham, uning yakuniy tadbirlarida ham "Boysun" yaqqol ko'zga tashlandi. Chunki festivalga tayyorlanish va o'tkazish davomida 1 qator folklor-etnografik ansamblari va havaskorlari jamoalariga asos solindi. Shu bilan birga yuzlab talantlar aniqlandi, folklor amaliyotida bir qancha tajribalar to'plandi. Madaniyat muassasalari, ayniqsa, xalq ijodiyoti va madaniy- ma'rifiy ishlar Respublika llmiy-metodik markazining ishi bir muncha jonlandi. Buni xalq ijodiyoti II Butunittifoq festivalida doirasida o'tkazilgan folklor-etnografik ansamblari, katta ashula ijrochilari va oilaviy ansamblarning Respublikami ko'rik tanlov natijalari ham isbotlab berdi. Respublikadagi 47 jamoa orasidan "Bo'ysun" faxrli I- chi o'rinni egalladi.
1987 yil "Boysun" o'zbek xalqining qadimiy, milliy urf odatlarini ijro etgan ashula va raqslar orqali ifoda etib Afg'oniston mamlakatining Balx viloyatida o'zining qiziqarli dasturini namoyon etadi. 1988 yil 12-¬16 avgustda Moskvada bo'lib o'tgan "O’zbekiston" kunlarida o'z mahoratlari bilan hushnud etadi.
 "Boysun" folklor-etnografik jamoasi tashkil bo'lishidanoq o'zining betakror sermazmun, serjilol o'ynoqi repertuarlari orqali o'z mamlakati aholisi orasida tez tanilib shuhrat qozondi. "Boysun" ijro etgan xalq lapparlari mavum marosim qo'shiqlari shinavandalari dilini rom etib bordi.

1988-yil 25-26 sentabr  Qo'qon "Xalq ijodiyotining saqlash va rivojlantirish muammolari" mavzusida yirik anjuman bo'lib o'tdi. Unda respublika va  chet mamlaktlardan taniqli folklorshunos olimlar madaniyat va matbuot hodimlari ishtirok etdilar. Qiziqarli maruza va bahslar jarayonida "Boysun" haqida so'z borib mazkur jamoaning o'ziga hos repertuarilari, ijro usuli kiyim kechagu bezaklari hususida bahs yuritilib jamoaga yaxshi baho berildi 1988-yil dekabr oyida "Boysun"ga keyin "Xalq folklor-etnografik ansambli" degan faxrli unvon berildi. "Boysun" jamoasi Respublikaning boshqa jamoalari ichida tez shuhrat topishining boisi shunday ediki artsambl bo'ysun tumanida saqlanib kelayotgan qadimiy an'analarimimzni qanday bo'lsa shundayligicha sahnaga olib chiqib tomoshabinlarga havola qila oldi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

  Сурхондарёда географик объектларни номлаш ишлари амалга оширилмоқда Ҳозирда географик объектларни номлаш жараёнлари 2018 йил 14 декабрда қ...