пятница, 26 апреля 2019 г.

Raqsning sehrli olami
Surxondaryo tarixi juda qadimgi asrlarga borib taqaladi. Bu zamin qadimshunos olimlar tomonidan ibtidoiy odamzod makon topgan muqaddas joy sifatida e'tirof etiladi.

Har bir xalq boy an’analar zaxiralariga ega. O'zbek xalqi ham bundan mustosno emas. Xalq bag’rida asrlar davomida shakllangan raqs maktablari talaygina. Eng avvalo raqsning o'zini tasvirlab oladigan bo'lsak, Raqs - arab tilidan olingan bo'lib, o'yinga, raqsga tushuvchi, o'yin va o'yinga tushish unga mos yozilgan musiqa. Raqqosaning garmonik harakati va holatlari, plastik ifodaliligi, yuz imo-ishoralari va boshqa orqali obraz yaratishdan iborat san'at turi.
Raqs - san'atning shunday turidirki, bunda raqsning garmonik tana harakati va holatlari, plastik ifodviyligi va yuz imo-ishoralari, ritmi,  temp, kompozittsiya orqali obroz yaratish uning asosiy vositasidir. Insonning meqnat jarayoni va borliqdan olgan emotsional tassuratlari bilan bog’liq holda yuzaga kelgan.
Dastlab raqslar qo'shiq va so'zsiz pantamimik ko'rinishlarda paydo bo'lganligi xaqida ko'pgina qo'lyozma va tarixiy manbalarda, shuningdek, qoyatosh bitiklarida o'z ifodasini topgan. Keyinchalik kuy-qo'shiqlar, sahna ko'rinishlarda, turli marosimlarda namoyon bo'lib, mustaqil san'at turiga aylandi. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakillarga ega bo'la bordi. Raqqoslarning libosi raqs obrozlariga aniqlik bergan. Har bir xalqning raqs an'analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo'lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlari ta'sirida tarkib topib rivojlangan. Raqs xalq bayramlari va marosimlarining tarkibiy qismidir. Ular bilan boqliq qolda marosim o'yinlarini paydo bo'lishiga zamin yaratgan. Raqslar asta-sekin xalq turmushining ba'zi jiqatlarini aks ettira boshlagan. Mahalliy raqslarda ovchilik, chorvachilik, deqqonchilik va qunarmandlik bilan boqliq mavzular o'z aksini topgan. Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston hududida bundan 40 ming yil avval yashagan insonlar toshlardan qurol yasab ov qila boshlaganlaridanoq o'z his-hayajonlarini, ehtiroslarini, iztiroblarini chiroyli harakatlarda ifodalashga harakat qilganlar. Ularning raqslari haqidagi dastlabki ma'lumotlarni respublikamiz hududlarida joylashgan tog’ qoyatoshlarga chizib qoldirgan yuzdan ortiq tasvirlar orqali bilishimiz mumkin. O'zbekiston hududida jumladan, Sherobod tumanining Sarutsoy tog’-yonbaqrida topilgan turli tasvirlar, qoyotoshlardagi tasviriy san'at yodgorliklari bu erda o'yin-raqsni juda qadimdan shakllanganligiga guvohlik beradi.
Bundan III-II ming yil burun O'zbekistonning janubiy xududi Surxon vohasida professonal raqs san'ati shakllana boshlanganligini anglash mumkin. Chunki bu raqqoslarning qo'l, oyoq, tana harakatlaridagi keskin va aniq harakatlari elimentlari bugungi o'zbek xalq raqslari harakatlari elimentlariga o'xshab ketadi. Tepada qo'lida katta doira (do'l) ko'tarib turgan kishining tasviri tasvirlangan. IV-VIII asrlarda kelib O'zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Boysun va Toshkent kabi shaqarlaridan raqs ustalari Buyuk ipak yo'llari bo'ylab Rim, Misr, qarb o'lkalarigacha, Sharqda Xitoy, Koreya va xatto Yaponiyagacha borib o'z san'atlarini namoyish etganlar.
Surxondaryo viloyatida asosan Boysun tumani hududida “Laylak”, “qoplon” va boshqa shu kabi hayvonlarga taqlid qilingan o'yinlar harakatlar keng tarqalgan. IX-XII asr uyg’onish davrida raqs san'atida ham chinakam ko'tarilish yuz bergan ko'pgina qadimgi raqslar tiklanib “Navro'z”, “Mehrjon” va “Sada ”kabi bayramlarda turli xil raqsli harakatlar keng tarqalganligini ko'rishimiz mumkin.

O’ziga xos Surxon raqslarini siz aynan 27-28 aprel kunlari Boysun kengliklari bag’rida bo’lib o’tadigan BOYSUN BAHORI da ko’rishingiz mumkin. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...