пятница, 26 апреля 2019 г.

BOYSUN BAHORI: Surxon raqsining o’ziga hos jilosi


O'zbekistonning janubida joylashgan Surxon vohasi qadim-qadimdan insoniyatning beshigi bo'lgan hududlaridan biri ekanligi Boysun tumani Machay qishloqidagi tosh asriga mansub neandertal odamlarning qarorgohi hisoblangan Teshiktosh kamaridan topilgan ushbu noyob topilma o'z isbotini bergan.


Har bir tarixiy jarayon xalqning turmushi va madaniyatida o'z izini qoldirdi. Surxon diyori qadimiy Buyuk Ipak Yo'lining Shimolni Janub bilan, Sharqni G’arb bilan bog’lab turgan serqatnov bekat bo'lgani uchun bu hududda yashagan xalqlar qo'shni davlatlar, qo'shni xalqlar bilan doimiy aloqada bo'lib keldi. Natijada, Surxon vohasida o'ziga xos madaniyat paydo bo'ldi. San'atshunos olima L. Avdeeva o'zining  “O'zbek milliy raqsi tarixidan” nomli kitobida “Raqs zamon va makonda mavjud san'at bo'lib, bunda badiiy obraz inson gavdasining ritmik uyushgan tasviriy va ifodali qarakatlari bilan yaratildi”, deb yozadi. Raqs faqat bir millatga xos san'at emas. Balki umumiinsoniy badiiy ijodning maqsuli bo'lib dunyoning barcha millatlariga xos san'at turidir.
Har bir raqs inson ma'naviyatining bir qirrasini ochadi. O'zbek milliy raqslari xalqning turmushi, tabiati, makoni, ramziy marosimlari, xalq qayotining o'zidan tug’ilgan va shu xalqning hayotini tasvirlab kelgan. Shuning uchun qam raqs san'ati xalqimiz hayotining madaniyat va ma'rifatining bir bo'lagi sifatida yashab kelmoqda. Bu jarayonlarni Surxondaryo raqslarida ham ko'rish mumkin.
Surxon vohasi raqslari xaqida Surxon raqs uslubi haqida aytarli hech narsa yozilmagan 2001 yilda nashr etilgan L.AvdeevaningO'zbek milliy raqsi tarixidandeb nomlangan kitobida ham Surxon vohasi raqs uslubi haqida qisqagina umumiy gaplar yozilgan va Boysun tumanida bir necha malumotlar  tilga olingan xolos. Surxon vohasining raqs san'ati o'ta milliyligi, shuningdek, bevosita yuqorida tilga olingan yo'nalishning faqatgina xalq ijodiyotiga xosligi tufayli Sovet mafkurasidagi mahalliy rahbarlar tomonidan eskilik sarqiti sifatida qabul qilinganligi ham Surxondaryo raqs uslubining rivojiga, uning turli xil mavsumiy, marosimiy, urf-odat va an'anaviyligini saqlashda, asarb avaylashda xalaqit bergan va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Surxon raqs maktabi uslubi va maktabga mansub raqslar, raqslardagi turli xarakatlar tasviri haqida yanada ko'proq ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi.

1980 yillardaBoysunfolklor etnografik ansambli xalqimizning qadimiy qo'shiqlarini yigib, qayta tiklay boshladi.  Ular tomonidanSust xotinmarosim qo'shigi ham aholi orasida so'rab-surishtirilib qayta tiklanilgansaqnaviyko'rinishda  ijro etishdi. Unda marosim ishtirokchilari qo'shiq ijrosida raqsga tushib, turli xil qiziqchilik qilishgan. Boysun folklor etnografik ansambili to'plagan va yiqgan marosim raqsida erkak va ayollar birgalikda qulochlarini yoyib, kaft va panjalarini ochgan qolda goh aylanib, goh oyoqda ritmik harakat qilib, kuy-qo'shiq naqoratida osmonga iltijo qilgan holda o'yinga tushishgan. Ayrim raqoslar ikki tizanlab o'rtaga o'tirib olib, turli qo'l va kaftlarini qimirlatgan qolda o'ynaganlar.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...