пятница, 26 апреля 2019 г.

  Nomoddiy meros makoni asli Surxon
Mustaqil davlat maqomiga erishgan O'zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatida o'z o'rni, nufuzli mavqeiga ega bo'lmoqda. Zero, mamlakatimizda boshlangan demokratik yo'nalishdagi tub islohotlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, ma'naviy hayotimizda ham yaqqol ko'zga tashlanmoqda. 


Olib borilayotgan odilona siyosat natijasida ko'p asrlik milliy qadriyatlarimiz, madaniyat va san'atimiz qad rostlay boshladi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq,-deb yozgan edi O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov,-ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan goyat ulkan, bebaqo ma'naviy va madaniy merosni tiklash Davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo'lib qoldi”. Davlatimiz tomonidan belgilangan aniq maqsadli amaliy tadbirlar Vatanimizning janubiy o'lkasiSurxondaryo viloyati madaniy qayotida qam yaqqol ko'zga tashlanadi. Xususan, 1998 yili Termiz shaqrida ajdodlarimizning qaqramonlik eposi – “Alpomishdostoni yaratilganligining 1000 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi, shuningdek, 2001 yil viloyatning Boysun tumani YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidanInsoniyatning ogzaki va nomoddiy boyliklari durdonasisifatida e'tirof etildi.  Surxondaryo hududiga doir ayrim o'yin va tomoshalar, so'z, soz, naqma, qarsak qamda raqslar o'zbek teatrshunoslaridan I.Abduraqmonov tomonidanqalamgaolingan . Amaliyotchi R.Mo'minovningBulbuligo'yo navolarideb nomlangan to'plamida esa viloyatning Sho'rchi tumani atroflarida rasm bo'lgan va bugungi kunda qayta tiklanayotgan mahalliy qo'shiq namunalari o'rin olgan. Ushbu aytimlar muallif tashkil etganBulbuligo'yofolklor-etnografik ansambli tomonidan turli tadbirlarda ijro etilib kelinmoqda.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...