пятница, 26 апреля 2019 г.

BOYSUN BAHORI: Surxon raqsining o’ziga hos jihatlari
O'zbekiston xalqning boy va rang-barang folklor merosiga egaligi uning etnik tarkibining serqatlamligi va tarixiy taroqqiyot yo'lining dunyo tamadduni  o'choqlaridan bo'lmish Markaziy Osiyodagi ikki daryo oraliqida kechganligi bilan  chambarchas bogliq.

Ogzaki badiiy ijodi, badiiy tomoshalar, musiqa folklori, milliy va mahalliy raqslarining rang-barangligi bilan O'zbekiston raqs san'atida muhim o'rin egallagan Surxon raqs san'ati o'zining tarixiyligi, o'ziga xosligi va qadimiy ko'rinishda saqlanib qolganligi bilan rang-barang an'ana va odatlari, qo'shiq va raqslari hamda ma'naviy merosi, tarixiy ko'rinishdagi liboslari bilan benihoya  qadrlidir. 

YUNESKO ning O'zbekistondagi vakolatxonasi va YUNESKOdagi O'zbekiston milliy  komissiyasi homiyligida San'atshunoslik ITI, “Boysun  madaniyat va san'atini qo'llab-quvvatlash fondi va boshqalar ishtirokida  2003 yil yoz va kuz oylarida amalga oshirilgan Boysun ilmiy Ekspeditsiyasi Boysun madaniy mulkuni o'rganish va tashviq etishda yana bir muhim bosqich bo'lib qoldi. 40 dan ortiq  qishloqlardan yiqib olingan  audio, video, foto materiallar o'lka tarixi, etnogenezi, urf-odatlari, diniy qarashlari, xalq tomoshalari, o'yin va raqslari, musiqa asboblari va folklori, xunarmandchiligi va me'morchiligi, xalq ohzaki ijodi va ijrochilari haqida ko'pgina  qiziqarli ma'lumot to'plash imkonini berdi. Surxondaryo viloyati xalq badiiy ijodida mavsumiy raqslar qadimgi davrlarda o'ziga xos tarzda aholining orzu-istaklarida yashagan va amaliyotda keng qo'llanilib kelingan. Bugungi kunda ular ayrim folklor etnografik jamoalari repurtuaridan joy olgan bo'lib, “folkloristikashaklida, ya'ni bugungi kunga moslab o'zgartirilgan holda ijro etilib kelinmoqda.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...