пятница, 26 апреля 2019 г.

BOYSUN BAHORI: Surxon an’analar o’chog’i
O'zbek xalqi boy tarixiy o'tmishga ega. Uzoq rivojlanish davrida O'rta Osiyoning boshqa xalqlariga o'xshash, insoniyatga ilm va san'atning buyuk namoyondalarini berdi. Asrlar davomida  o'ziga xos madaniyat yaratildi.
 Moddiy madaniyat yodgorliklari qoyadagi naqshlar, monumental haykallar, haykalchalar, shuningdek miloddan avvalgi 2 asrdan bizgacha etib kelgan yozma manbalar  o'zbek xalqining musiqa merosining ashula, raqs va kiyimlar qadimiy manbalariga guvoxlik beradi. Ularning O'rta Osiyo xalqlari qayotidagi muqim roli qaqida miloddan avvalgi 5 asrda Gerodotni ham hayratda qoldiragan. Shu sabab ham u o'z asrida bu haqida  yozib qoldirgan.
Yurtimiz ayniqsa Surxondaryoda o'zbek halqining boy fol'klor an'analari yillar  dovonida sayqallanib, o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida o'tmish xotiralari misoli kino tasmasidek namoyon bo'lmoqda.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz  Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat- engilmas kuch” asarlarida har qaysi xalq yoki millat ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odatlari va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri qolda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada milliy ma'naviy meros eng muqim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi”, deb alohida ta'kidlagan edilar. Bundan ko'rinib turibdiki, milliy folklor san'ati xalqimizning ma'naviy qiyofasini, uning hayot tarzini ko'rsatib beradigan, bir so'z bilan aytganda, o'zligini namoyon etuvchi muhim san'at turlaridan biridir”.  
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng folklor-etnografik ansambllari faoliyatining qayta tiklanishi milliy ma'naviy hayotimizdagi juda katta va tahsinga sazovor ijtimoiy hodisa bo'ldi. Istiqlol folklor san'ati taraqqiyotida yangi bir bosqichni boshlab berdi. Bugungi kunda folklor ansambllari xalqimizning qadimiy an'analari, xalq ogzaki ijodining  noyob namunalarini saqlashda, unga sayqal berib, yana xalqimizning o'ziga qaytarishda ijodiy laboratoriya  vazifasini o'tab kelmoqda. O'tgan yillar davomida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagiShalolafolklor-etnografik xalq jamoasi Polsha, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatlarda  kabi mamlakatlarda ijodiy safarda bo'lib, o'zbek folklor san'atini dunyo bo'ylab targib qildilar.

Folklor san'ati xalqimizning turmush tarzi, dunyoqarashi, ruhiy-estetik olami, ichki kechinmalari yuksak badiiy ifoda ettirilgan qadriyat bo'lishi bilan birga ajdodlarimizdan qolgan ulkan meros sifatida o'zining mazmundorligi, tarbiyaviyligi va umrboqiyligi bilan san'atning boshqa turlaridan ajralib turadi. Shuning uchun qam mamlakatimizdagi tegishli ilm maskanlarida folklor san'atining istiqlol davridagi dolzarbligi, aqamiyati, yoshlarni vatanparvarlik ruqida tarbiyalashdagi o'rni va rolini ilmiy jiqatdan asoslab beruvchi tadqiqotlar olib borilsa, ayni muddao bo'lardi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...