вторник, 22 января 2019 г.

Razolatga bir qadam …
Yaqinda buyuk shoirimiz Ekin Vohidovning “Baxt nima” deb nomlangan she’rini o‘qib, haqiqatdan ham biz baxtli ekanligimizni yana bir karra his qildim. Negaki, har tong uyg‘onar ekanman, tinch yurtda, osoyishta xonadonimda yana bir nurafshon tongimni boshlayman. Mehnat qilayotganimdan, el-yurtning koriga yarayotganimdan xursand bo‘laman.Yaqinlarim yonimda ekanligidan, ular bilan hamjihatligimdan behad baxtiyorman, Allohga shukrona keltiraman.


Inson bolasi dunyoga kelarkan hayotda baxtli va totuvli yashashga intiladi: tirmashadi, surinadi, yiqiladi, turadi. Yomon kuningda el yelkadoshing,suyanchig’ing bo‘ladi. Qachonki, sen uning nomini bulg‘amagan, yuziga oyoq bosmagan bo‘lsang.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, Osiyoda islom sivilizatsiyasi yuqori darajada rivojlandi. Hadis ilmining yetuk allamolari: Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy kabi buyuk hadisshunoslar yetishib chiqdi. Ular islomning ezgulikka, komillikka yetaklovchi din ekanliklarini ko‘rsatib berganlar. Bugungi asrimizda ana shu muqaddas dinni niqob qilib  ayrim ekstremistik guruhlarning qo‘poruvchilik, bosqinchilik, terorizm kabi xunrezliklarga yo‘l qo‘yayotganliklari barchamiz uchun ma’lum haqiqatdir. Shuni afsus bilan aytish kerakki, bunday guruhlar orasida o‘zbeklar ham bor. Bilib bilmay diniy ekstremistik jinoyi guruhlarning tuzog‘iga, changaliga tushib qolayotgan insonlar taqdiri albatta, ayanchlidir.
Surxondaryoning Sarosiyo tumanida tug‘ilgan endigina 28 bahorni qarshilayotgan Bahrom Aliyevning (ism, familiyalar o‘zgartirilgan) ham hayoti ekstremistik guruhlar tufayli ag‘dar- to‘ntar bo‘lib ketdi. O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lsada, muqim bir faoliyat bilan shug‘ullanmagan, Bahromning ko‘nglida mo‘may pul topish, tezda boyish orzusi paydo bo‘la boshlaydi va bu hayollarni ro‘yosini ko‘rish maqsadida xorijga, 2011-yilda Rossiyaga yo‘l oladi. Har yerda ham “tosh-u tarozi” bo‘lgani kabi Bahrom umidlari ham bir pasda amalga oshmadi.Turli ishlarda ishlab yurdi. Lekin internet orqali Suriya,Iroq, Afg‘onistondagi teroristik tashkilot vakillarining antikonstitutsion g‘oyalarini o‘rgandi, qo‘poruvchilik bo‘yicha videoroliklarini doimiy ravishda kuzatib boradi.Vaholanki, keyinchalik Bahrom bu harakatlarni nafaqat kuzatuvchisi, balki ishtirokchisi bo‘lishga harakat qiladi. Shu maqsadda u “Katibat- ul Imom al-Buxoriy” teroristik tashkilotining sobiq rahbari M.Hamidov bilan internet orqali  aloqa o‘rnatadi. O‘z navbatida M.Hamidov Bahromni shogirdi H.Mamanazarov bilan tanishtiradi. H.Mamanazarovning internet orqali muloqoti natijasida Bahrom diniy fanat odamga aylanib ulguradi. 2014-yilda O‘zbekistonga qaytgan Bahrom Toshkent shahrida mardikorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Lekin yana 2016-yilning fevral oyida RossiyaningTver shahriga keyinchalik esa Ingushetiya Respublikasiga boradi. U yerda ham Bahrom H.Mamanazarov bilan aloqalarini uzmaydi. H.Mamanazarov Bahromga Turkiyaning Istanbul shahri Zaytinburni massivida joylashgan “Ixlos ilmi” madrasasiga kelishini, undan so‘ng “jihodiy” harakatlarni amalga oshirish uchun Suriyaga chiqishni da’vat qilib kelgan. 2016- yil dekabr oyida Bahrom ushbu madrasada ta’lim olayotgan “birodarlar”i uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘i yuborgan.
2017-yil yanvar oyida Bahrom H.Mamanazarov bilan bog‘lanib Gruziyadan Turkiyaga o‘tadi va “Ixlos ilmi” madrasasida ta’lim oladi.2017-yil 27-yanvar kuni Turkiya huquq tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor operatsiya natijasida madrasadagi barcha guruh a’zolari, jumladan Bahromni ham qo‘lga oladilar.Shu yilning 24-mart kuni Bahrom Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Bahrom O‘zbekiston Respublikasi JK 155-moddasi 2-qismi, 244-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, sud unga 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Ha, endi u umrining 9 yilini panjaralar ortida o‘tkazadi. Bugun e’tiqod va e’tiqodsizlikni farqlay olmasligimiz, dinning mazmuni va asl ma’nosini bilmasligimiz oqibatida mudhish jinoyatlarni, xatoliklarni keltirib chiqarayapmiz. Bahromning xatosi boshqa yoshlar uchun “ko‘zgu” bo‘lishi kerak.

Zero, umr yo‘li qisqadir. Uni qay tariqa o‘tkazish odamning o‘ziga bog‘liq. Bahrom kabi ko‘plab yoshlar dinni niqob qilib olgan “shaytonlar” tuzog‘iga tushib Vatanidan uzoqda islomiy davlat qurish orzusida o‘zini halok etyapti yoinki, umrini sargardonlik, xor-u zorlikda o‘tkazmoqdalar. Bu adashgan kimsa razolat botqog‘iga botib o‘z ota onasiga yurtiga xalqiga qarshi borishga bir qadam qoldi. Bu kabi taqdirlar talqini barchamizni ogohlikka chorlamog‘i lozim. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...