вторник, 22 января 2019 г.

Giyohvandlik -transmilliy jinoyat
Bugungi kunimizga kelib giyohvandlik transmilliy jinoyat sifatida hududlar, chegaralar tan olmasdan dunyoning barcha joylariga kirib bormoqda. Bu esa nafaqat insonlar salomatligi, balki davlatlar milliy xavfsizligiga ham ziyon yetkazmoqda.
Shu sababli giyohvanlikning oldini olish, unga qarshi samarali kurashishni tashkil etish borasida  butun jahon hamjamiyati barcha kuch va vositalarni birlashtirmoqda.Bu jinoyatga qarshi kurashda hamkorlikning o‘rni benihoyat kattadir. Shu o‘rinda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tushunchasiga jinoyat qonunchiliklarimizda berilgan ta’riflarga e’tibor qaratsak.   Giyohvandlik vositalari ­­– “Giyohvandlik vositalari to‘g‘risida”gi BMTning 1961 yilgi Konvensiyasining I va II ro‘yhatlariga kiritilgan tabiiy yoki sun’iy tayyorlangan har qanday giyohvandlik vositalari. Psixotrop modda – BMTning “ Psixotrop moddalar haqida”gi 1971-yilgi konvensiyasining I, II, III va IV ro‘yhatlariga kiritilgan har qanday tabiiy yoki sintetik modda yohud har qanday tabiiy material. Giyohvandlik va psixotrop moddalarning insoniyat boshiga solayotgan kulfatlari benihoyat achinarli, albatda. Millionlab insonlar uning qurboniga aylanib, o‘z shaxsidan, o‘zligidan ajralmoqda.
Giyohvandlikka qarshi kurash Markaziy Osiyoda o‘z geosiyosiy o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekistonning ham asosiy maqsadlaridan biridir. Ma’lumotlarga qaraganda dunyoda yetishtiriladigan opiy moddasining 93%i   qo‘shni Afg‘oniston davlati  hissasiga to‘g‘ri keladi va ushbu giyohvandlik vositalari asosan eksportga mo‘ljallanganini hisobga olsak Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston hududi ham giyohvand vositalarini  o‘tkazishda tranzit yo‘llaridan biri hisoblanadi. Bu esa, respublikamizga giyohvand vositalar kirib kelishi bilan bog‘liq holatlarga qarshi jiddiy kurashishni talab qiladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning BMT 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida ham Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish global xavfsizlikning muhim sharti ekanligini ta’kidlab o‘tadi.Giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston 1995-yil fevralda BMTning  1961 -yilda qabul qilingan “Narkotik moddalar”, 1971-yilgi “Psixotrop moddalar”, hamda 1988-yildagi “ Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiyalarga qo‘shilgan.1999 yilda (813-1-sonli) “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 1998- yilda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi nutqida, YXHTning 1999-yilgi Istanbul sammitidagi chiqishlarida giyohvandlik biznesi (Narkobiznes)ga qarshi birlashishga da’vat qilgan edi. Narkobiznesga qarshi kurashish xalqaro hamkorlikni tashkil etadi. Bu o‘rinda O‘zbekistoning BMTning narkotik va jinoyatchilikka qarshi  kurash tashkiloti (UNODC) bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlariga to‘xtalish muhimdir.  1993-yildan beri BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasi noqonuniy giyohvand moddalar aylanishi, jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda ushbu tashkilot bilan hamkorlikda quyidagi qo‘shma loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda:
1) “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (CARICC)ni tashkil etish”;
2) “Treatment II – narkotik moddalarga qaramlikni oldini olish va uning sog‘liq uchun salbiy oqibatlari” Mintaqaviy loyihasi;
 3) “Oilaviy hayot ko‘nikmalarini shakllantirish dasturi vositasida yoshlar o‘rtasida psixoaktiv moddalarning noqonuniy iste’mol qilinishi, OIV/OITS vajinoyatchilikni oldini olish” Mintaqaviy loyihasi;
4) “Chegara punktlarini mustahkamlash orqali Afg‘onistonning shimoliy marshrutlari orqali o‘tuvchi noqonuniy opiatlarning aylanishiga qarshi kurashish” Mintaqaviy loyihasi;
5) “BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) va Butunjahon bojxona tashkilotining konteyner tashilmalarini nazorat qilish bo‘yicha global dasturi”;
6) “Markaziy Osiyo mintaqasi va Ozarbayjondagi prekursorlar ustidan nazorat qilish” Mintaqaviy loyihasi;
7) “Markaziy Osiyo va Afg‘oniston Islom Respublikasi davlatlari huquqni muhofaza qilish organlari shaxsiy tarkibini narkotik moddalarga qarshi kurash sohasida malakasini oshirish”, Rossiya-NATO Kengashi Mintaqaviy loyihasi;

Bu kabi loyihalardan ko‘zlangan asosiy maqsad bitta: insoniyat hayoti, uning farovon turmush tarziga, davlatlar milliy xavfsizligiga zarar yetkazuvchi narkobiznes faoliyatlariga chek qo‘yishdir. Giyohvand moddalarga qarshi kurash nafaqat biror-bir davlat yoki unda faoliyat yurituvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi bo‘lmasdan, butun bir jamiyat uchun birday ma’suliyatli bo‘lmog‘I lozim. Shundagina kutilgan natijalarga erishamiz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...