вторник, 22 января 2019 г.

E’tiqod almashtiriladigan buyum emas
Din - necha asrlardan buyon insoniyat hayotining bir bo‘lagi, ajralmas qismiga aylangan. Dunyo xalqlari o‘z tarixiy tamadduni davomida turli dinlarga sig‘inib kelganlar.Bular orasida xristianlik, budaviylik va islom dini eng ko‘p odamlar e’tiqod qiladigan, ko‘lamdorligi jihatidan xalqaro dinlar hisoblanadi.


Diniy bag‘rikenglik, millatlararo hamjihatlik har bir davlatning asosiy vazifalaridandir. Lekin ba’zida ana shu hamjihatlilikni, tenglikni buzishga urinuvchi holatlar ham uchrab turadi. Bular orasida missionerlik dinlar orasiga rahna soluvchi eng katta xavfdir. Missionerlik turli ko‘rishlar va vositalar yordamida diniy e’tiqodni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatdir. Dastlab budaviylik dinini targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu harakat, bugungi kunga kelib barcha dinlarda,  dinlar va dindorlar o‘rtasidagi murosasizlikning asosiy sababchisi bo‘lmoqda.    
O‘zbekiston erkin demokratik Respublikadir. Davlatning bosh qomusi –Konstitutsiyaning 31-moddasida ham hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek ushbu Bosh Qomusda diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi ham belgilab qo‘yilgan. Shuni ham takidlash o‘rinliki, insoniyatning ko‘p asrlik tarixida dinni niqob qilib olish, bir dinni o‘zga dinga qarshi qo‘yish, yoyinki boshqa dindagi odamni o‘z diniga og‘dirish behad katta kulfatlarga, yo‘qotishlarga, qirg‘inbarotliklarga olib kelgan. Bugungi kunda missionerlikning g‘arazli geosiyosiy maqsadlar bilan uyg‘unlashib ketgani, ularga erishish yo`lida missionerlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus rejalar va dasturlar, missionerlik strategiyasining mazmuni, bu yo`nalishdagi faoliyatni amalga oshirishning moliyaviy asoslari mavjud ekanligi ham missionerlikning jamiyatga, davlat faoliyatiga qanchalik ziyon yetkazishi haqida tassavur hosil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. Xususan, protestantlik zamonaviy missionerlikning asosiy homiysi bo‘lib qolmoqda. Bu albatda, achinarli holatdir.Negaki, diniy evrilishlar ijtimoiy tannazul sari yo‘l ochishi mumkin. Mutaxasislarning fikricha, zamonaviy missionerlikning umumiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1.Aniq mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishga harakat qilish;
2.Xalqaro nodavlat tashkilotlari maqomida faoliyat yuritish;
3. Missionerlik - o‘ziga xos biznes, shaxsiy boyish manbai deb bilish;                                               Diniy murosasizliklar haqida gap ketar ekan prozelitizm atamasiga to‘xtalib o‘tish muhimdir. Prozelitizm- bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdir. Prozelitizm  insonning vijdon erkinligini buzuvchi usul ekanligi bilan ham jamiyat, davlat uchun xavfli harakatdir. Shu o‘rinda amaldagi jinoyat kodeksida vijdon erkinligini buzuvchi xatti-xarakatlar mujassam bo‘lgan moddalarga to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. 145-(Vijdon erkinligini buzish), 156-( Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘ash), 2162-(Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish),229-(Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish), 244-(Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalarida diniy faoliyatning buzilishiga oid jinoyatlarga javobgarlik belgilab o‘tilgan.
Haqni, haqiqatni anglash e’tiqod orqali amalga oshar ekan, e’tiqodda sodiqlik va izchillik ustuvor bo‘lmog‘i lozim. Ming afsuski, bugun jamiyatimizda e’tiqodda adashganlar, dindan qaytgan, uni o‘zgartirgan insonlar ham uchrab turibdiki, beixtiyor ularga qarata shu so‘zlarni aytging keladi: Ming yillar davomida ota-bobolar ishonib, e’tiqod qo‘yib kelgan dindan yuz o‘girish, ularning yuziga oyoq qo‘yish manqurtlik emasmi? Yorug‘ dunyoni yuzlatgan, behisob mehrini berib katta qilgan onadan yuz burish, otaning el-yurt hesh-aqrobolar oldida boshini xam qilish emasmi?

Muqaddas Qur’oni kariming baqra surasi, 217-oyatida: “Sizlardan qaysi biringiz o‘z dinidan qaytsa va shu kofirligicha o‘lsa, bas, ana o‘shalarning (qilgan savobli) amallari xabata (bekor) bo‘lur, ular do‘zax ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar” deyilgan ekan. Xulosa o‘zingizga havola. Zero, Rumiy hazratlari aytganidek “Ichingdagi -ichingdadir”.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...