вторник, 22 января 2019 г.

Мilliyligimizga qaratilgan jinoyat
Bugungi kunda xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkobiznes, odam savdosi kabi jinoyatlar keng quloch yozib insoniyat tinchligiga, xavfsizligiga rahna solmoqda. Bu kabi jinoyatlarning sodir etilmasligi uchun barchamiz birdek ma’sul ekanligimizni unutmagan holda, qonunchiliklarimizda ham bu jinoyatlarga jazo muqarrar ekanligini ta'kidlashimiz muhimdir. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qaratilgan jinoyatlar og‘irligi, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazishi bilan ajralib turadi. Ular orasida ayniqsa, terrorizm jinoyati eng og‘irlaridan biri bo‘lib, inson, jamiyat xavfsizligiga ziyon yetkazish bilan bir qatorda, insonlar orasida vahima uyg‘otishni maqsad qilib oladi.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining II bo‘lim VIII bobi tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga bag‘ishlangan bo‘lib, 155-moddada terrorizmga quyidagicha ta’rif berilgan: “Terrorizm – xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suveriniteti, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini,  xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini,  jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuchishlatish, shaxs yoki mol-mulka tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yohud ularni amalga oshirish tahdidi”. Terrorizm insoniyatga qarshi qaratilgan eng xavfli jinoyatlardandir. Albatda, jinoyatga jazo muqarrar, joriy jinoyat kodeksining 155-moddasiga asosan bu jinoyatni sodir etgan shaxslarga og‘irlik darajasiga muofiq eng kami sakkiz yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Terrorizmning tarixiy ildizlariga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak dastlab u birinchi marta 1793-1794 –Fransiya inqilobi davrida amaliyotda qo‘llana boshlagan. O‘z o‘tmishi davomida terrorizm millionlab begunoh odamlar hayotiga zomin bo‘lib keldi va bu hanuz davom etmoqda. Dunyoning ko‘plab mashhur shaxslari, yirik olimlar va davlat arboblari uning qurboniga aylanishgan. Avraam Linkoln, Jon Kennedi, Mahatma Gandi, Indra Gandi, Anvar Sadat kabi davlat arboblari shular jumlasidandir. Bugungi kunda terrorizm zamonamizning eng daxshatli jinoyatlari tarkibiga kirib,  uning o‘ziga xosligi borgan sari tahdidli, keng ko‘lamli, ommaviy ravishda insonlar hayotiga, moddiy boyliklarga zarar yetkazilishiga olib kelishi, davlatlar o‘rtasiga nizo urug‘ini ekib, ijtimoiy-etnik guruhlar o‘rtasida qirg‘ibarot urushlar, ishonchsizlik va nafratni keltirib chiqarilayotganligida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston mustaqiligining ilk kunlaridan boshlab terrorizmning keng avj olib borayotganligiga dunyo jamoatchiligining e’tiborini qaratdi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yil noyabroyida bo‘lib o‘tgan Istambul sammitida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Bu tashabbus xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab quvvatlanib 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashi huzurida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi tashkil etildi. Terrorizmga qarshi kurash doirasida jahon hamjamiyati tomonidan bir qator xalqaro hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular jumlasiga BMTning 1994 yil 9-dekabrdagi “ Xalqaro terrorizmga barham berish to‘g‘risidagi deklaratsiya”, 1999-yildagi “Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya”, 2002-yil 15-apreldagi “Terrorizm bilan kurash bo‘yicha choralar.  Jinoyatchilik va odil sudlov to‘g‘risidagi   Vena Deklaratsiyasi” va boshqa bir qator hujjatlarni kiritish mumkin. Umuman BMT tomonidan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha 12 ta hujjat, 16 ta konvensiya, 2 ta protokol qabul qilingan.

Inson manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish milliy qonunchiligimizning asosini tashkil etadi. Shunday ekan terrorizmga qarshi harakat barchamizning birdek vazifamizdir. Osoyishta va obod hayotimizga chang solmoqchi bo‘lgan har qanday qora quyunlarga qarshi turishimiz insoniyat, millat oldidagi muqaddas burchimizdir. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan shiddatli va oqilona siyosati zamirida ham ona yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz osoyishtaligi asosiy o‘rindadir. Shunday ekan terrorizm va shu kabi jinoyatlarning yomon illat ekanligini anglamog‘imiz unga qarshi turmog‘imiz lozim. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...