вторник, 11 декабря 2018 г.

MUSTAQILLIK – ENG BUYUK MEROS VA AZIZ QADRIYAT

       Dunyoda ikki yuzdan ortiq davlat, minglab xalq va elatlar mavjud. Ular orasida O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror mamlakatning o‘z o‘rni va nufuzi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li borligi qalbimizga iftixor bag‘ishlaydi.

      Mustaqilligimiz biz uchun Ona kabi mo‘’tabar, nonday aziz va qadrlidir. Tarixi bir necha ming yillar bilan bo‘ylashadigan, jahon tamaddunining tamal toshini qo‘ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy va ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan xalqimiz o‘z istiqlolini osonlikcha qo‘lga kiritgani yo‘q. Yaqin o‘tmishda — qariyb bir asr davomidagi mustamlaka holatidagi holat, ungacha ham haq-huquqlari poymol etib kelingan xalqimiz qaddini, ruhini hech qanday kuch bukolmagan, so‘ndirolmagan. Insoniyat paydo bo’libdiki, erkka intilib yashaydi. Ozodlik eng muqaddas tushuncha. Zero, erkinlik va ozodlik ta’minlangan joyda inson o’zligini namoyon qila oladi, shundagina bunyodkorlik, obodlik, taraqqiyot, farovonlik va komillikka erishishi mumkin. Vatan ozod va mustaqil bo’lsagina, uning kuch-qudrati tobora ortib, boyligiga boylik qo’shilib boradi, bunday o’lkada yashash haqiqiy baxtga aylanadi. O’z taqdirini, ertangi hayotini o’z xalqining xohish-irodasi asosida, uning manfaatlarini ko’zlab tashkil etadigan, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadigan, hududi chegaralarini himoya qilib, fuqarolari hayoti daxlsizligini saqlay oladigan davlatgina haqiqiy mustaqil davlatdir. Yurtimiz mustaqil bo’lganiga bu yil 27 yil bo’ldi. 27 yil ichida O’zbekistonning qiyofasi tubdan o’zgardi. Mustaqillikdan oldingi va mustaqillikdan keyingi hayotga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularning orasida yer bilan osmoncha farq bor. Ilgari bizning yurtimizni hech kim, hech qaysi davlat tanimagan bo’lsa, endilikda bizni butun dunyo tanimoqda.
         O’zbekiston bugun ko’p jabhalarda dunyo mamlakatlariga ibrat va havas makoni bo’lib turibdi. Bir vaqtlar bu yerga ma’lum manfaat hisobiga yo’l-yo’riq ko’rsatish, yordam qo’lini cho’zish uchun kelmoqchi bo’lganlar bugun O’zbekistondan beminnat maslahat olishmoqda, milliy taraqqiyot, ijtimoiy yuksalish tamoyillarimizni, “Shu aziz vatan – barchamizniki” degan ulug’ shiorimizni o’rganishmoqda. O’zbekning faqat kurashi, paxtasi, mevasi emas, uning dunyoga arzirli ibrati, o’zbekona yo’li hech bir joyda uchramaydigan mehr-muruvvati, bag’rikengligi ham dunyoni qiziqtirmoqda, hayratga solmoqda. Diyorimizga jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan Benazir allolmalarga beshik bo’lgan maftunkor go’shani ko’rish uchungina emas, ayni chog’da, undan o’rganish, ibrat olish, zavqlanish uchun ham kelmoqdalar. Toki shunday ekan, erishilgan yutuqlar bilan mag’rurlanib qolmay, bizdan keying avlodlarga qoladigan ozod va obod vatanimizning ilmiy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy salohiyatini yanada oshirish yo’lida tolmay mehnat qilishimiz kerak. O;zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birgalikda quramiz”. Buyuk vatanimizning shuhratiga shuhrat qo’shish, boyliklarni ko’paytirish, borini asrash yo’g’ini yaratish – har birimizning muqaddas burchimiz. Zero, mustaqillik timsolida biz o’zimizni, yorug’ kelajagimizni, baxt-u iqbolimizni ko’ramiz.   Mustaqillikning shonli va zafarli yillarida xalqimiz qo‘lga kiritgan yutuqlar son-sanoqsiz va ularning har biri asrlarga tatigulikdir. Bularning bari aziz va yagona, jonajon O‘zbekistonimizning buyuk kelajak yo‘lidan sobitqadamlik bilan dadil odimlayotganidan darak beradi.
Abdurazoqova Umida
Termiz shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi

11-sinf o’quvchisi 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...