вторник, 11 декабря 2018 г.

KO’K KIT O’YINI VA SALBIY OQIBATLARI
          Biz tinchlik-osoyishtalik hukm surayotgan mamlakatda yashamoqdamiz va uning o’tmishi,buguni va kelajagi bilan g’ururlanamiz,faxrlanamiz.Biroq ta’kidlash lozimki,bugun tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan,shiddatli va murakkab zamonda umr kechirayotganimizni ham unutmasligimiz lozim.


O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidkaganidek, …bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan,insoniyat hozirga qadar boshidan kechigan davrlardan tubdan farq qiladigan zamonda yashamoqdamiz.Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa,kimdir tafakkur asri,yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.Albatta,bu fikrlarning barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat,ratsional mag’iz bor.Chunki ularning har biri o’zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi, tabiiy.Ammo ko’pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taasurot uyg’otmoqda”. Haqiqatan ham 1-Pezidentimiz Islom Karimov bu davrga globallashuv davri deb aniq,chuqur va mazmundor ta’rif bergan edilar.Bu so’zning mazmuni butun yer yuzini qamrab oladi,degan ma’noni anglatadi.Hozirgi kunda iqtisod,ilm-fan,texnika,siyosat,mafkura sohasida yuz berayotgan shiddatli o’zgarishlar butun dunyoga daxldor bo’lib,barcha davlat va mamlakatlar hayotini qamrab olgan.Ma’lumki,har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari globallashuv ham bundan mustasno emas. Globallashuvning yorqin ko’rinishi internet va undagi turli xil saytlarda o’z aksini topgan.Bugungi davrda internet,xususan,ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi ayrim guruhlarning harakatlari ko’plab mamlakatlar aholisiga,ayniqsa,mamlakat kelajagi qo’lida bo’lgan yoshlarga katta xavf tug’dirib,ularni jar yoqasiga yetaklayapti,tanlagan yo’lidan adashtirmoqda.Bunday harakatlar bir odamni emas,balki ma’lum maqsadni ko’zlagan millatni, xalqni parokandalikka yuz tutishiga bel bog’lagan guruhlarning qilmishi ekani barchamizga ayon.Chegara bilmas internet olamining qulayliklari kun sayin ortgani bilan uning zararlari ham ko’zga tashlanib bormoqda.Har yaxshi narsadan bir yomn maqsadda foydalanish mukin.Bugun internet,ijtimoiy tarmoqlar yaxshilikdan ko’ra,yomonliklarga xizmat qilib qolayotganiga ko’p bora duch kelmoqdamiz.Insonlarning internetdan,ommaviy axborot vositalaridan noto’g’ri foydalanishi,har xil zararli axborotlarni qabul qilishi,o’zlari bilmagan holda diniy ekstremizm,terrorizm,fundamentalism kabi oqimlarga kirib qolishiga,hali ongi-tafakkuri shakllanmagan bolalarning pornografiyaga ishqiboz bo’lib qolishiga  olib kelmoqda.Bu esa,insonlarning ma’naviy dunyoqarashi qashshoqlashishiga, o’zligini,unutib,manqurtga aylanib qolishiga zamin yaratmoqda.Internet tarmog’i orqali dunyoning turli nuqtalari bilan aloqa o’rnatish,kerakli ma’lumotlarni to’plash,ijtimoiy hayotning turli sohalarini rivojlantirishda samarali foydalanib kelayotganini hech kim inkor eta olmaydi.Afsuski,virtual tarmoqqa barcha yoshdagi,shu jumladan,hali hayotiy tajribaga ega bo’lamagan,ongi endi o’sib borayotgan o’smirlarning ham kirib qolishi,farzandlarni,yoshlarni milliy qadriyatlarimizga sodiq inson sifatida tarbiyalash masalalarida jiddiy muammolar keltirib chiqarmoqda.Boshqacha aytganda,xonadonimizdan minglab kilometr uzoqdagi yovuz niyatli shaxslar virtual tizimlar orqali beg’ubor o’smir yoshlarning ongini turli sohta g’oyalar bilan to’ldirib,ularga “ega chiqish” va ularni boshqarish imkoniyatini yuzaga kelganini ochiq tan olishimiz lozim.
        Internetda o’smir yoshdagilarning ongiga xuruj qilayotgan jiddiy tahdidlardan biri ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan buzg’unchi o’yinlar ekani barchamizga ma’lum.Xalqaro maydondagi yangiliklarni kuzatib borayotgan kishi borki,har ikki xabarning birida MDH ning qator mamlakatlari,xususan,Ukraina,Qozog’iston,Rossiya va Qirg’izistonda o’smirlar o’rtasida o’z joniga qasd qilish holatlari ko’payib borayotganligi haqidagi ma’lumotlarga to’qnash kelishi shubhasiz.Hozirgi kunda yoshlar e’tiborini tortayotgan ana shunday o’yinlardan biri “Ko’k kit” hisoblanadi.Eng achinarlisi yoshlar bu o’yinning qurboniga aylanishmoqda.Bu o’yinga kirish uchun o’yin ma’murlari eng avvalo “18 ga to’lganmisiz” yoki “18 yoshdan kattamisiz” degan savol beradi.Bundan ko’rinib turibdiki,moderatorlar ongi va ma’naviy dunyosi endi rivojlanayotgan,hayotning achchiq chuchugi nima ekanini bimaydigan va dunyoqarashi shakllanish arafasida bo’lgan yoshlarni bu o’yinga jalb etishni niyat qilganlar.”Ko’k kit”  ijtimoiy tarmoqdagi eng xavfli o’yinlardan bo‘lib, u asosan 14-18 yoshdagi o‘smirlar ichida tarqayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Xo`sh, aslida u qanday o`yin va nima uchun aynan o`smirlarga tuzoq tashlamoqda? Yuqorida ta`kidlaganimiz kabi “o`lim guruhlari”ning nomini sanab adog`iga etib bo`lmaydi, ammo fojiaga chorlovchi original guruh allaqachon yopilgan. Guruh yaratuvchisi esa yaqinda hibsga olingan. Uning ismi Filipp Lis. Ammo unga qo`llanilgan jazo bor-yo`g`i bir yillik ozodlikdan mahrum etish bo`lgan, xolos. Bir qancha o`smirlar umriga zomin bo`lgan bu “ixtirochi”ga qo`llanilgan jazo kishining kulgisini qistaydi, shunday emasmi? Aytishlaricha, u ruhiy kasal emish. Eng achinarlisi, uning “ixtirosi” juda ko`p izdoshlarni paydo qildi va bugungi kunda ular turli nomlar bilan “o`lim guruhlari” sifatida ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatini davom ettiryapti. “O`lim guruhlari”da xavfli o`yinlar “Meni tonggi 4:20 da uyg`ot” buyruqlari bilan boshlanadi. Aksariyat o`smirlar aynan ana shu buyruqlar asosida xavfli guruhning qarmog`iga ilinishadi.“O`lim guruhlari”ning xavfli o`yiniga 2015 yilda o`zini poyezd tagiga tashlagan, o`sha paytda 16 yoshda bo`lgan Rina Polenkovaning harakatlari turtki bo`lgan. U o`z joniga qasd qilishdan avval ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “nya. poka” deya post qoldiradi va shundan so`ng boshini kelayotgan poezd tagiga tutadi. Joniga qasd qilishiga sabab esa yigitining tashlab ketgani bo`lgan. Bu esa o`smirlar orasida o`z joniga qasd qilish ommalashishiga sabab bo`ladi. Birinchi “ko`k kit” guruhi tashkil etilishi ham aynan ana shu jarayonlarga to`g`ri keladi. Nega bu “o`lim guruhlari” aynan “ko`k kit”ni ramz sifatida tanlashgan? Chunki ko`k kitlar tez-tez depressiya sabab o`zini qirg`oqqa, quruqlikka tashlab joniga qasd qilishadi. Mazkur ilk guruh shu tariqa Rinaning o`limini yoshlar orasidan tatbiq qila boshlaydi. Qurbonlar esa o`tish davridagi o`smir yoshlar hisoblanadi.O’smir yoshlar bu o’yinni oddiy o’yin deb o’ylab ijtimoiy tarmoqlardagi “o’lim guruhlari”ga a’zo bo’lib qolishmoqda. Bu juda oddiy, o`smirlar o`z yoshida atrofdagilarga o`zining nimalarga qodirligini ko`rsatishga ishtiyoqmand bo`ladi va har qanday o`yinda g`oliblikka intiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi “o`lim guruhlari” o`smirlarning ana shu nozik jihatlariga e`tibor qaratgan holda ulardan foydalanishadi va xavfli o`yin yakunidagi “g`oliblik”ka yetaklaydi.O`yin shartlari esa 50 qismdan iborat va 50 kun davom etib, oxiri o`yinchining o`z joniga qasd qilish ho­di­sa­­si bilan yakun­lanadi. O`yin qoidasiga ko`ra, ishtirokchi xavfli o`yin shartlarini “o`lim guruhlari”ning “Meni tonggi 4:20 da uyg`ot” buyrug`i asosida ertalab 4:20 da tarmoqqa kirib qabul qilib oladi.Bunday o’yinlarning maqsadi bir-o’yin ishtirokchisini o’z joniga qasd qilishga undash. O‘yinga qiziqib kirib qolgan internet foydalanuvchisi o‘z-o‘zidan uning domiga tushib qolganini bilmaydi. Boisi o‘yinni boshlaganlarga bu o‘yin zararsiz ekani tushuntiriladi.Bir qarashda oson tuyulgan “4:20 da uyg’ot” shartining asl mazmun-mohiyati quyidagicha, 1971 yildan AQShdagi San Rafael maktabi o‘quvchilari maktab hovlisida ayni shu vaqtda marixuana chekishni odat qilgan. Keyinchalik bu vaqt barcha giyohvandlar uchun odatiy vaqtga aylanib qoldi. Bu ham o‘yin tasodifiy yaratilmaganini isbotlab turadi.O’yinning boshida topshiriqlar oddiy bo’ladi masalan,guruhning ramzini chizish kabi.Ammo,keyinchalik bu shartlar murakkablashib,hatto qo’liga “Siniy kit” deb tilib yozishga,serqatnov ko’chadan avtomobillar yaqin qolganida yugurib o’tish,ular yuborgan musiqani 3 kech-kunduz tinglab yurishga undashadi.Ishtirokchi vazifalarni bajarganinning isboti sifatida berilgan topshiriqning bajarilganini suratga tushirib,guruh yetakchisiga ko’rsatishi kerak.”O’lim guruhlari” qo’yayotgan o’yin shartlarining eng so’nggi 50-bosqichida o’smirlarning o’z joniga suiqast qilishga majbur qiladi. «O’lim guruhi» unga suiqasd qilishiga turtki berish maqsadida, «u dunyo borligiga ishonsang, bilki, sen gunohkorsan, agar sen o'zingni o'ldirmasang, sen uchun ota-onang jazolanadi, o'zingni o'ldirsang, ular qutulib qolishadi, nahotki, sen ularni yomon ko'rsang» kabi aldovchi so'zlarni bildirib ularni gipnoz qilishadi.Agar bu vazifani bajarmasa,unga tahdid qilishadi.Xo’sh tahdid qanday amalga oshiriladi? Ular o`smirga havola yuboradi­ va uni ochishni taklif etadi. Bu “o`lim guruhlari”ning yana bir tuzog`i ekanligini qiziqishi ustun kelib havolaga kirgan o`smir bilmaydi. Havolaga kirgani zahoti “o`lim guruhlari” yetakchisi maxsus dastur orqali o`smirning IP man­zilini aniqlab, uning uy manzilini bilib olishadi va shu orqali, so`nggi xavfli shartni, ya`ni xudkushlikni bajarishga majburlashadi, aks holda yaqinlarini yo`q qilishi mumkinligi bilan tahdid qilishadi. Hali hech qanday qarorni mustaqil qabul qilish salohiyatiga ega bo`lmagan o`smir esa bu tahdidlardan vahimaga tushadi va 50-kunda 50-shartni bajarishga ko`nadi. Oqibatda esa...
          Ma`lumotlarga qaraganda, mazkur xavfli o`yin hamdo`stlik mamlakatlari orasida keng tarqalmoqda. 2016 yilda Rossiyada 320 nafar, Qirg`izistonda 95 nafar va Qozog`istonda 90 nafar o`smirlar shu o`yin tufayli o`z joniga qasd qilgan. Ularga so'nggi vazifa berilishida, shuningdek, «bu tush ekani, shartni bajarishi bilan uyg'onishi va natijasi qanday bo'lganini bilish mumkin»ligi kabi gipnoz usullaridan foydalanishadi.Boshqa mamlakatlarda bo’layotgan bu salbiy voqea-hodisalar yurtimizga kirib kelmasin! Bu salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida profilaktika inspektorlari o’smirlar orasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.Profilaktika inspektorlari bizning maktabga ham tashrif buyurishdi va yoshlarga intenet tarmog’idagi “Ko’k kit” o’yining salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borishdi.Ularning aytishicha,bunday hatarli tarmoq o’yinlarning “manqurti”ga aylanayotgan yoshlarning aksariyati nosog’lom muhitda yashayotgan bolalar ekan.”O’lim guruhlari”ning domiga tushgan bolalarning do’stlari va dugonalariga qo’shilmay qo’yishi,ko’proq yolg’iz yurishi yoki avval tanish bo’lmagan mutlaqo begona shaxslar bilan aloqada bo’lishi,oilada ham o’zini begona kabi chetga tortib,asosiy vaqtini internet ichida o’tkazishi yoki qayerdaligini izohlamagan holda uzoq vaqt yo’q bo’lib ketadigan odatlari paydo bo’lishi haqida profilaktika inspektorlari ma’lumot berishdi va oghlikka chaqirishdi.Zero,ogohlik - davr talabi.Biz yoshlarning xavfsizligimizni o’ylab yurtboshimiz tomonidan ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yurtimiz aholisiga qarata shunday da’vat qildilar:”Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida,yoshlar oldida yangi-yangi,buyuk imkoniyatlar ochmoqda.Shu bilan birga,ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf-hatarlarga ham duchor qilmoqda.G’arazli kuchlar sodda,go’l bolalarni o’z oa-onasiga qarshi qayrab,ularning hayotiga,umriga zomin bo’lmoqda.Bunday kesin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar,ustoz murabbiylar,jamoatchilik,mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak.Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’yib qo’ymasdan ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim”. Bugun, dushman qurol ko‘tarib, bizga hamla qilishi shart emas. Barcha urush poligonlari endi axborotlar, ma’lumotlar va ma’naviyatda o‘zini namoyon qilmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta’biri bilan aytganda, “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega”.Islom Karimov bundan 9 yil avval, internet orqali kirib kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni ko‘ra bilib, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday yozgan edi:“Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ularning bekor qolishi natijasida, ongida bo'shliq hoisil bo'lmasligi, dunyoda bo'layotgan o'zgarishlarni o'zining mustaqil fikri bilan tahlil eta olishi, zararli illatlardan holi sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun Yurtboshimiz rahnomoligida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga doir chora tadbirlar, davlat dasturlari amalga oshirilmoqda.Bu g'amxo'rliklarga javoban biz ham imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtimiz kelajagi, xalqimizning ertangi faravonligi yo'lida o'z xissamizni qo'sha oladigan yetuk kadr bo'ishimiz lozim.
1- Prezidentimiz Islom  Karimov aytganidek:”Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertanggi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.Yurtimiz kelajagi biz yoshlarning qo’lida ekanligini unutmasligimiz zarur. Zero,biz mustaqil O’zbekistonning farzandlarimiz!
Abdurazoqova Umida
 Termiz shahar 11-umumiy o’rta
ta’lim maktabi 11-sinf o’quvchisi

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...