вторник, 11 декабря 2018 г.

Yoshlar – mamlakat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi
       
         Azizning ota-onasi kechki tadbirga taklif etilganliklari uchun unga ukasi va singlisiga qarab turishni, o’z vaqtida ovqatlanishni kompyuter bilan band bo’lib, ukalariga e’tiborsiz bo’lmaslikni qattiq tayinlab ketishdi.


Azizning singlisi  hali 4 yoshga ham kirmagan. Ukasi esa 6 yosh. Bolalar televizorda berilayotgan multfilmlarni tomosha qilib, “ertak-ertak” o’ynashmoqchi bo’lishdi. Azizning singlisi, akasiga “men Oppog’oyim bo’laman, ko’zimni yumib turaman, siz meni labimdan o’pib tiriltirasiz”, desa, akasi “yo’q men maxluqman, sen Sohibjamolsan, meni labimdan o’pib tiriltirasan”, deb bir-biri bilan janjallashib qoldilar… Ularning bu janjalini kuzatib turgan Aziz, tezda borib televizorni o’chirdi. Ularga “hech qanaqa multfilm yo’q” deb jahl qildi-yu, ammo ukalarini nima bilan band qilishni bilmay qoldi…
        Inson uchun axborot – eng ta`sirchan vositadir, chunki uning ongi bor. Mantiqiy isbot, qolaversa, axborot yetkazishning eng oddiy usullari shu qadar katta kuchga egaki, unga hech kim, hech narsani qarshi qo`yolmaydi. Insonning tabiati shunday yaratilganki, u axborotni qabul qilmasdan, uni tushunishga harakat qilmasdan yasholmaydi. Har bir odam ma`lumotni ko`radi, eshitadi, o`qiydi va, eng muhimi, doimo, uzluksiz ravishda, kechayu-kunduz unga yetib boradigan axborotning ta`sirida yashaydi. «Axborot asri» deb nom olgan bugungi zamonda insoniyatga eng katta xavfni «ommaviy madaniyat», uning axloqqa zid tushunchalari keltirib chiqarmoqda. Chunki, har qanday axborot katta auditoriyaga hech bir to'siqsiz, chegara bilmay yetib bormoqda. Natijada milliy madaniyat va asriy qadriyatlarga zid bo'lgan, ularni toptaydigan qarashlarni cheklash qiyin bo'lib qoldi. Xavfli tomoni shundaki, ma'naviyat kushandalari to'satdan hujum qilmaydi, balki avvalo juda kichik detallar, voqealar orqali yoshlarni o'ziga jalb etadi. Bu — joylarda yoshlarni missionerlik, ekstremizm va odam savdosi kabi kishi kelajagiga rahna soluvchi illatlardan ogoh etish borasidagi targ'ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligini anglatadi. Keyingi paytlarda «Ommaviy madaniyat» haqida, uning soyasida chetdan kirib kelayotgan axloqsizlik, behayolik, zo'ravonlik, bir so'z bilan aytganda, ma'naviy tubanliklar haqida ko'p gapirilmoqda, yozilmoqda. Bu yaxshi, albatta. Kishini o'ylantiradigan masala — xo'sh, bu yo'lga kirishga o'sha yoshlarni nima majbur qilayapti? Axir, hech kim o'z-o'zidan buzg'unchi, axloqsiz yoki jinoyatchi bo'lib qolmaydi-ku?! Ma`lumki, so'nggi yillarda yoshlarning ma`naviyati va dunyoqarashiga salbiy ta`sir ko'rsatadigan axborot psixologik xurujlar va tahdidlarning soni tobora ortib bormoqda. Shu o’rinda nimaga aynan yoshlarning ma’naviyatiga tahdid solmoqda degan savol tug’ilishi mumkin? Negaki, birinchidan, yoshlar har qanday jamiyatda eng faol va ko'pchilikni tashkil etuvchi qatlam sanaladi. Ikkinchidan, ular doimo yangilikka o'ch, yon-atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga katta qiziqish bildiradi. Uchinchidan, ko'pchilik yoshlarda qat`iy fuqarolik pozitsiyasi shakllanib ulgurmagan bo'ladi. To'rtinchidan, ko'p hollarda yoshlar o'zlari qabul qilayotgan axborotlarning asl maqsadi nima ekanligini chuqur anglab yetmaydilar va natijada axborotni qaysi manbadan olishlaridan qat`iy nazar uni birlamchi hamda eng to'g'ri ma`lumot deya qabul qiladilar. 
         Yurtimizda mustaqillik yillarida yosh avlodni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ko’plab badiiy filmlar,  multifilmlar yaratildi. Ular, asosan, alloma ajdodlarimiz hayoti, ilmiy faoliyati, fikriy-ma’rifiy merosini xalqimizga yetkazib berishga, zamondoshlarimizning o’z Vatani, xalqi, insoniy qadriyatlarini himoya qilishdagi ko’rsatgan qahramonliklarini yoritib berishga bag’ishlangan. Ammo guruch kurmaksiz bo’lmaganidek, barcha kinofilmlar har doim ham insonlarga ilm-ma’rifat tarqatish, yaxshi ishlarga undash, umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib etishga xizmat  qilmayapti. Bugungi kunda kino olami va ularning insonlar ongiga ta’siri bisyor. Ammo “parda ortida” ular bilan bog’liq bo’lgan qator salbiy jihatlar ham mavjud. Texnika taraqqiyotidan salbiy maqsadlarda foydalanadigan kimsalar ham bor. Ular hali dunyoqarashi to’liq shakllanmagan bolalarning ongini zaharlashga urinishadi. Masalan, ayrim multfilmlarning asosiy mazmuni yovuz hislatga eng pastkash, xudbin odamning to’g’ri yo’lga qaytishi, mehribon odamga aylanishi haqida bo’lsa-da, lekin tub ma’nosida bolada buzg’unchilik, hayosizlik, yovuzlik qilishga osongina kirishib moyil bir qancha jihatlar bo’lishi ko’zga tashlanadi. Yana shunaqangi filmlar borki, ularni ko’rgan bolalarda suitsidaga moyillik kuchayadi, ular xayolparast bo’lib qoladilar. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan turli zararli ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat”ning tahdid va xatarlaridan asrash masalalari – doimiy e’tiborda. Chunki hozirgi murakkab zamonda milliy qadriyatlarimizga yot g‘oyalar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli xurujlar, missionerlik kabi oqimlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishga undamoqda. Mashhur rus yozuvchisi Lev Tolstoy ta’kidlaganidek: “Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham ko’r”.
            Hayotimizga ilg’or qadamlar bilan kirib kelgan internet va undan foydalanish, eng so’nggi chet el filmlari, multfimlarini tomosha qilish, dunyo musiqasi yangiliklaridan xabardor bo’lish bizni zamon bilan hamqadam yurishimizda muhimdir. Ammo ulardagi milliy mentalitetimizga zid, xalqimizning axloq mezonlariga to’g’ri kelmaydigan jihatlar kishini mulohazaga undaydi. Nafaqat xorijiy, balki o’zimizda ishlanayotgan multfilmlarning barchasi ham bolalarga biz istagan ma’naviy ozuqani bera olmayapti. Go’yo ularning ayrimlari farzandlarimizni tezroq ulg’aytirib qo’yishga xizmat qilayotgandek nazarimda. Yaqinda telekanallarning birida berilgan bir multfimdagi ayrim lavhalar, qahramonlarning gap-so’zlari kattalari uchundek. “Yorginam qayerdasiz” Sizni sog’indim!” degan xitobi, ikki yosh uchrashganda esa ularning bir-birini quchishi kabi sahnalar bolalarga nima beradi? Bu kabi lavhalarni ko’rgan farzandlar katta hayotga erta kirib qolmaydimi? Qani, bu yerda xalqimizga xos tarbiya, hayo? Axir multfilm kichkintoylar bop, ularning bolalarcha idroki uchun mo’ljallanishi kerak emasmi? Xo’rozqand chet elniki desa, yotvolib yalaydiganlar toifasidagi ayrim kishilarning xorij mulrfilmlarining ko’r-ko’rona targ’ib etishidan qanday ma’no uqish mumkin?
              Muxtasar qilib aytganda, farzand tarbiyasida ular tomosha qilayotgan multfilmlarning o’rni nihoyatda katta. Shu bois, ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratish har bir ota-onaning asosiy vazifasi bo’lishi kerak. Bugun bolajonlarning televizor qarshisiga muhrlanib ko’rayotgan multfilmlarni saralab ko’rsatishimiz shart. Axir farzand tarbiyasiga hammamiz birdek mas’ulmiz.
 Abdurazoqova Umida
                                                          Termiz shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 11-sinf o’quvchisi  

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...