SIL FAQAT O’PKADAMI????
Ichki organlar va tizimlarning sil bilan kasallanishi odatda, boshqa kasalliklar va patologiyalarni bartaraf etish orqali aniqlanadi. Klinik ko’rinish jarayonning og’irligiga va bakteriya ta’sir qilgan organ yoki to’qimalarning joylashuviga bog’liq.
Tuberkulyozning miyada yuzaga kelishi tana haroratining oshishi, asab tizimi va uyquning buzulishlari, ortiqcha asabiylashish, ensa va bo’yin muskullarining tortilishi va kattalashishi bilan namoyon bo’ladi. Oyoqlarni uzatganda, orqa va boshni oldinga egganda bel sohasidagi xarakterli og’riq sindromi kuzatiladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib boradi., Xavf ostida — maktabgacha yoshdagi bolalar, qandli diabet va OIV bilan kasallanganlar bo’lado asosan.
· Ovqat hazm qilish tizimining sili (tuberkulyozi) — defakatsiyaning (hojatning) muntazam buzilishlari, qorin damlanishi, ichak sohasidagi og’riqlar, gemorragik qon ketishi belgilari (najasda qonning mavjudligi) tana haroratining 40 °C gacha ko’tarilishi kabi alomatlar bilan namoyon bo’ladi.
·
Bo’gim va suyaklar sili (tuberkulyozi) — ta’sir sohalarida og’riq bilan namoyon bo’ladi, bo’gimlarning harakatchanligi
cheklanadi.
Alomatlarning
tayanch-harakat tizimining boshqa kasalliklari bilan o’xshashligi tufayli
tashxislash qiyin amalga oshiriladi.
·
Siydik-tanosil
sistemasi sili (urogenital tuberkulyoz) — odatda buyrak yoki tos a’zolarida
aniqlanadi. Klinik tasvir tez-tez siyish, shu jumladan, siydikda qon qon
uchrashi va isitma kuzatiladi.
·
Teri
sili (tuberkulyozi) bilan og’rigan bemorlarda teri bo’ylab tarqaladigan
toshmalar shaklida ifodalanadi, toshmalar paypaslab ko’rilganda tugunchalarni
eslatadi.
Turli
a’zolar jarohatlanganda boshqa alomatlar ham kuzatilishi mumkin. Qon oqimiga
kiruvchi patogen organizm tananing hamma joylariga tarqalib, deyarli har qanday
organ, to’qima yoki a’zolar tizimini jarohatlashi mumkin. Bunday holatlarda
kasallikning klinik belgilari boshqa etiologiyali yallig’lanish jarayonlaridan
farqlanmaydi. O’pkadan tashqari sil shakllarni davolash prognozi tashxis
vaqtiga, patologik jarayonning lokalizatsiyasiga, uning bosqichiga, organning
shikastlanish darajasiga, bemorning umumiy sog’ligiga bog’liq.
Sil
nafaqat o’pkada balki boshqa sohalarda ham uchrashini bildik. Davolash va silni
bartaraf etish bo’yicha keng ko’lamli loyihalar yurtimizda amalga oshilayotgani
bu kasallikning ortga chekinishga zamin yaratmoqda.
Комментариев нет:
Отправить комментарий