воскресенье, 8 июля 2018 г.

Transmilliy jinoyat
Erkin demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga inson uchun munosib hayot tarzi tashkil etilgan bo’lib, uning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlari har qanday tajovuzlardan himoyalangan bo’lishi shart. Davlatimizda esa, mustaqillik yillaridanoq, inson manfaatlari eng oliy qadriyat uning ulug’lash bo’lib, transmilliy jinoyatlardan biri bo’lgan odam savdosining har qanday ko’rinishiga qarshi kurashish ustuvor vazifalardan biri darajasiga ko’tarilgan.

Albatta, bugun dunyo hamjamiyatini turli dinlararo, millatlararo nizolar, diniy ekstremizm, terrorizm noqonuniy qurol-yaroqlar narkotiklar savdosi kabi tahdidlardan tashqari, keyingi yillarda avj olib borayotgan qamrovi jihatidan tobora kengayib borayotgan odam savdosi xavf-xatar solyapti. U yangicha ko’rinishlarida namoyon bo’lmoqda.


 O’tgan asrdan XXI asrga  transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning uchta eng xavfli turi “meros” bo`lib o`tganini hammamiz yaxshi bilamiz. Ularning birinchisi- xalqaro terrorizm va diniy ekstremistik, fundamentalistik, sepratistik xurujlar, ikkinchisi narkobiznes yoki narko-traffik bilan shug`ullanayotgan jinoiy guruxlar, uchinchisi–odam savdosi traffik bilan shug`ullanuvchi yirik-yirik jinoyatchi tashkilotlaridir.Sanab o`tilgan transmilliy jinoyatchilik, ya’ni hudud yoki chegara tanlamayotgan jinoyatlarning qaysi bir turini tahlil qilmaylik, ularning barchasi insoniyat sivilizasiyasiga ochiqdan-ochiq to`siq ekani, jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug`dirishini, odam savdosi bugungi kunda rivojlanayotgan davlatlar bilan bir qatorda rivojlangan mamlakatlar oldida ham echim topishi qiyin bo`layotgan muammoga aylangani, eng achinarlisi, bu jinoyatlarni sodir etuvchilarning ham, bundan jabr ko`ruvchilarning ham ma’lum bir o`rinlarda muddaolari mushtarakli, yana ham aniqrog`i, engil yo`l bilan mo`may daromad topish istagi xar ikki toifadagi odamlarni halokat yoqasiga etaklayotgani bugun sir emas. O’rni kelganda shuni alohida ta’kidlasak kerak, Odam savdosiga noqonuniy mehnat migratsiyasiga keng jamoatchilik o’zini-o’zi boshqarish organlari, qishloq mahalla oqsoqollari, maslahatchilari ham sidqidildan yondoshsalar, izlanish, tashabbus ko’rsatsalar shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlikda faoliyat yuritsalar mamlakatimizda odam savdosiga qarshi qabul qilingan Qonun va qarorlar ijrosini ta’minlanishida samarali natijalarga erishiladi. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...