четверг, 7 июня 2018 г.

MEN YASHAYMANMI

“Sil kasalligi yoki tuberkulyoz — bakterial etiologiyali yuqumli kasallik. Kasallik inson organizmi  Mycobacterium bakteriyasi yoki  Kox tayoqchasi bilan infeks-iyalangandan so’ng rivojlanadi. Bu kasallik bilan jinsi va yoshidan qat’iy nazar barcha kasallanishi mumkin. Shuning uchun ham ular uchun bu xavfli hisoblanadi. Tuzalib ketish esa insonning o’ziga bo’gliq”-degan shifokor so’zlarini tinglar ekan Erkin ro’parasidagi odamga najot ila bir savol berdi:
-Men yashaymanmi?????

Insonning yashash yoki hayot uchun kurashishi o’ziga bog’liq. Erkin ham sil kasalligiga chalingan. Hali yoshmanku naxot bu hayotni tark etsam, nahot insonlar mendan uzoqlashsa deb hayol qildi.
Agar immunitet tizimi sustlashgan bo’lsa, antitanalar ishlab chiqarilishi buzilsa, immunitet tanqisligi holati mavjud bo’lsa, tananing mudofaa qobiliyati boshqa kasalliklar bilan zaiflashgan bo’lsa yoki boshqa ijtimoiy yoki yosh faktori tufayli yetarli darajada shakllanmagan bo’lsa, kasallik qo’zg’atuvchisi bilan aloqa uzoq, uzluksiz bo’lsa, batsilla tashuvchida kasallik ochiq shakli jarayoni kechayotgan bo’lsa va tegishli davolash choralari qo’llanmasa kasalik yuqushi mumkin.
 Ushbu kasalikdan yiliga 3 million kishi halok bo’ladi shu sababdan o’lim holati yuqori sanaladi. Havo-tomchi yo’llari orqali kasallik yuqishining asosiy yo’li hisoblanadi. Bunda Kox tayoqchasini nafas olish yo’llariga tushadi. Kox tayoqchasi o’ta yuqumli infeksiya hisoblanmaydi, biroq kasallangan infeksiya tashuvchisi bakteriyalarni tashqi muhitga tarqatadi, sog’lom odam bu bakteriyalar bilan kasallanish ehtimoli juda past. Ko’p hollarda sil bilan kasallangan bemor kasallikning faol bo’lmagan shaklida kasalxonaga yotishi talab qilinmaydi va ularning harakatlari, ijtimoiy faoliyati cheklanmaydi. Inson tanasi uchun Kox tayoqchasi begona mikroorganizmdir. Odatda bunday bakteriyalar organizmga tushsa va rivojalansa, immun hujayralari ularga hujum qilib, ko’payishi va rivojlanishini oldini oladi. Sil bilan kasallangan kishi bilan doimiy kundalik aloqada bo’lish, masalan oila sharoitida, nafaqat bemorning sog’ligi to’g’risida qayg’urish, balki uyda gigienaga to’gri rioya qilish, boshqa oila a’zolarining immunitetini mustahkamlash zarur.
Shifokor ma’lumot berar ekan bemor qanday meni Sil kasaligi egalashiga imkon yaratgan ekanman deya o’ylay boshladi. Buni sezgandek shifokor izohli nigoh ila Erkinga yuzlandi:
Bu kasallik rivojlanishiga hissa qo’shuvchi omillar quyidagilar hisoblanadi. Surunkali bronxit, tamaki chekish, spirtli ichimliklarni ortiqcha istemol qilish, giyohvandlikning barcha turlari,anamnezdagi tez-tez uchraydigan kasalliklar, nafas organlarida surunkali yallig’lanish jarayonlari mavjudligi tufayli nafas olish tizimining kasalliklariga moyillik, surunkali kasalliklar va boshqa organlar va to’qimalarda yallig’lanish o’choqlari, qandli diabet, endokrin kasalliklar, yetarlicha ovqatlanmaslik, ozuqa moddalarida vitaminlarning yetishmasligi, nevrotik buzilishlar, depresiv (tushkun) vaziyatlar sanaladi.
Doimiy spirtli ichimliklar insonni sogligidan ayirishini, uni immunitetini zaiflashtirib, halokatga yetaklashini yana  bir bor bemor shifokor sozlaridan song tushunib yetdi.
-MEN SILDAN TUZALISHNI VA SOG’LOM HAYOT KECHIRISHNI ISTAYMAN. NIMA QILISHIM KERAK AYTING MEN YASHASHNI ISTAYMAN!
 Davolash antibakterial preparatlar, silga qarshi vositalar, immunomodulyatorlar, immunostimulyatorlar, probiotiklar va vitaminlar bilan davolashga asoslangan uzoq muddatli, keng qamrovli hisoblanadi. Davolash kursining majburiy qismi - parhezli ovqatlanishi va mashqlar bilan davolashdir.Ushbu kasallikdan tiklanish ehtimoli kasallikning bosqichi, shikastlanish maydoni, bemorning umumiy salomatligi asosida hisoblanadi. Dastlabki bosqichlarda tashxis qo’yish kasallikni davolashni samarali kursini belgilash imkonini beradi, bu esa bemorning to’liq davolanishiga yordam beradi.
Bemorni faol bosqichda davolash sil kasalligi dispanserida, boshqalarga yuqtirish ehtimolligini kamaytirish uchun amalga oshiriladi. Dispanserda qolish davomiyligi jarayonning turiga va bosqichiga bog’liq va bir necha oydan bir yilgacha yoki undan ham ko’p bo’lishi mumkin. O’zboshimchalik bilan davolash va kasallikni to’xtatishga urinish ko’pincha kasallikning qaytalanishi yoki rivojlanishiga, og’ir asoratlarning rivojlanishiga, o’limga olib kelishi mumkin.
-YO’Q MEN O’LMAYMAN… DAVOLANAMAN AYTGAN BARCHA KO’RSATMALARGA AMAL QILAMAN. MEN YASHAYMAN VA TUZALAMAN.

Atrofimizda sil kasalligiga chalingan insonlarning kam foizigina o’zini o’nglab olib kasallik bilan kurashishga kirishadi huddi maqola qahromonimiz kabi. Qaniydi barcha bemorlar o’zida jur’at topa olganda edi bu kasallikka chalingan insonlar soni keskin kamaygan bo’larmidi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...