четверг, 4 апреля 2019 г.

LOYIHALAR SAMARA BERMOQDA
Yurtimizda agrar sohani rivojlantirish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda suv resurslaridan unumli foydalanish, melioratsiya va irrigatsiya obyektlarini yangilash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Keyingi besh yil mobaynida suv xo‘jaligi obyektlarida kapital qurilish va rekonstruksiya qilish tadbirlarini bajarishga davlat byudjetidan qariyb 2 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bir qarot nasos stansiyalari modernizatsiya qilindi. Ular orasida Surxondaryodagi "Qoraariq" nasos stansiyasi ham bor. Tizimda amalga oshirilgan ana shunday tadbirlar natijasida yurtimizdagi 1 million 123 ming gektardan ortiq maydondagi fermer va dehqon xo‘jaliklari, aholi tomorqa yerlarining suv ta’minoti yaxshilanishiga erishildi. 
Shu bilan birga Surxondaryo viloyatida suv resurslarini tejash va undan samarali foydalanish bo’yicha  suv resurslaridan samarali foydalanish loyihasi  amalga oshirilmoqda. Aytish kerakki ushbu loyiha asosida suv inshoatlarini qurish, Suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi.  
Birgina misol  122,7 million dollarlik chora-tadbirlarni amalga oshirish  rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu mablag’  viloyatdagi gidrotexnika inshootlari, kanal va boshqa suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yangilarini qurishga qaratilgan. Uning 89,5 million dollari Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi.
Viloyatning Sherobod, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 103,5 ming gektar maydonda suv ta'minoti yaxshilanmoqda. 

Mastura Xamroyeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...