четверг, 4 апреля 2019 г.

"Jumong" dostonining shakllanishida "Alpomish" dostonining ta’siri


Xalq og‘zaki ijodida dostonlar necha ming yillardan beri baxshilar tomonidan kuylanib, sayqallanib, avlodlarga og‘zaki tarzda o‘tib kelgan. Baxshichilik an’analarini kuzatarkanmiz, u soz chertganda sozanda, she’riy parchalarni aytganda xonanda, shuningdek, parchalarni bir zumda to‘qib ketadigan shoir hamdir. Shoirtabiat baxshi hech qachon dostonni bir xil, ya’ni o‘zgarishsiz ijro etmaydi. Surxondaryo baxshichilik maktabida ulg’aygan baxshi borki "Alpomish" dostonini biladi. Uni kuylaganda uning mardligi, Barchinni so‘zlaganda go‘zal va oqila qiz ko‘z oldimizda gavdalanadi. Shuning uchun doston ham har bir tinglovchiga beqiyos ma’naviy zavq beradi


Qashqadaryo, Surxondaryoda, Xorazm­da baxshichilik sana’ti hali-hanuz davom etib, yangidan yangi termalar yaratilmoqda. Bu xal­qimizning zakovati azaldan nihoyatda kuchli bo‘lganidan dalolatdir. Shuning uchun ham folklorimizning dunyo tamaddunida o‘z o‘rni bor. Hatto bugun dostonlarimizni o‘rganish uchun xorijdan  mutaxassislar kelmoqda. Koreyalik Ingyong O xonim aynan "Alpomish" va koreys xalqining "Jumong" dostonini qiyoslab shunday xulosa berdiki, qadimgi koreys eposi, xususan, "Jumong" dostonining shakllanishida "Alpomish" dostonining ta’siri bo‘lganini tan oldi. Bu esa bizni nihoyatda quvontirdi. Mana shunday jihatlar sabab ham aynan bizning boxa Surxondaryo bizning viloyatimizda o’tkazilmoqda.

Koreys mutaxassisi e’tirof etgan dostonlarimiz zamirida bitmas tuganmas madaniy merosimiz xazinasi jamlangan. Shu sababdan o‘tgan asrning 20-yillaridan xalq og‘zaki ijodini yozib olish boshlangan edi.  Natijada bir asr davomida dostonchilik borasida juda katta manbaga ega bo‘ldik. Ustoz folklorshunos olimlar — G‘ozi Olim Yunusov, Hodi Zarifov, Buyuk Karimiy, Mansur Afzalov, Muzayyana Alaviya, Zubayda Husainova, To‘ra Mirzayev hamda Muhammad Isa Ernazar o‘g‘li, Mahmud Zarifiy, Rahmatulla Yusuf o‘g‘li, Fotima, Zarif Qodiriy singari havaskor folklor to‘plovchilar faoliyati tufayli el suygan baxshilar Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Islom shoir Nazar o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Abdulla shoir Nurali o‘g‘li, Bo‘ri Sodiq o‘g‘li, Bola baxshi Abdullayev, Egamberdi Ollomurod o‘g‘li, Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li kabi atoqli baxshilardan yuzlab dostonlar yozib olinib, ma’lum darajada nashr etilgan. Shulardan biri 1967-1990 yillarda nashr etilgan 37 kitobdan iborat "O‘zbek xalq ijodi" majmuasidir. To‘plamda ko‘p dostonlar jamlangan bo‘lsa-da, biroq bu yetarli emasdi. Chunki o‘sha davrda aksariyat dostonlar qisqartirilib, o‘zgartirib nashr etilgan. Birgina Islom shoir Nazar o‘g‘li ijrosida yozib olingan "Orzigul" dostonini uchdan biriga qisqarganligini nashrga tayyorlanishi vaqtidagi ishlanmalardan ko‘rishimiz mumkin. O‘sha davrda mafkura tazyiqi shunga majburlagan. Hatto 30-yillar qatog‘onida ayrim baxshilar doston aytishga ham qo‘rqishgan. Chunki ayrim adiblarimizning kuni ularga ham tushishi mumkin edi-da. Shunday qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, bu dostonlar bizgacha yetib keldi.
 Bugun esa ayni qadrlanayotgan baxshilarimizni Termiz oz bag’riga chorlamaoqda. 5-10 aprel kunlari ular o’z mahoratini festival maydonida namoyon qilishadi.


Mastura Xamroyeva tayyorladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...