вторник, 9 апреля 2019 г.

Dunyoda takrorlanmas ta’m

Termiz qadimiy va navqiron shahar. Shaharni buyuk sarkardalar o’z yurti sarhadiga kiritish va shahar imkoniyatlaridan foydalanishni istagan. Strategik jihatdan juda muhim bo’lgan shahar dunyo tarixida o’chmas nomini qoldirgan.


Buyuk Ipak yo’lining doimiy bekatlaridan biri bo’lan Tarmit (Termiz) savdogarlar bilan gavjum bo’lgan. Shahardan turli qora va rangli metallar hamda oziq-ovqat mahsulotlari kabi tovarlar qo’shni uzoq Rim imperiyasigacha olib ketilgan. Ammo bu yurtning o’ziga xos mahsuloti borki, bu mahsulotning ta’mi butun dunyoga ovoza bo’lgan.

Bu surxon qo’ylari go’shtining mo’jizaviy ta’midir. Bu ta’m boshqa hech qayerda uchramaydi. Surxon qo’ylarini ko’plab olimlar tajriba sifatida boshqa hududlarda o’rganishdi. Lekin qo’y go’shtining ta’mi o’zgarib, o’ziga xos ta’mini yo’qotadi. Tarixda Buyuk Ipak Yo’lida sayyoh sifatida hindlarning mashhur tabibi Termizga keladi. Tabib hududning ob-havosi inson uchun xavfli bo’lib, odamlar bu yerda yashay olasligi kerak degan fikrga keladi. Ammo shaharda odamlar yashamoqda. Sog’lom, yigitlari kuchga to’lgan va rivojlanishda davom etardi. Tabib bu narsadan hayratga tushib bu sirni bilishga intiladi. Bir necha yillik izlanishlardan so’ng sirni topadi. Bu sir qo’y go’shtlardi yashiringandi. Siz uchun g’alati tuyulishi mumkin, biroq dunyodagi eng shirin go’sht faqat Termizda va bu ta’mni Surxon zaminiga kelgan har bir inson his qilgan. Agar bu shunchaki cho’pchak deb o’ylasangiz, unda Termizga bir kelib keting!

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...