вторник, 9 апреля 2019 г.

100 jildli qoraqalpoq folklor to`plami namoyish etildi 

Termizda 5-10 aprel kunlari o`tkazilayotgangan Xalqaro baxshichilik festivali doirasida 100 jildli qoraqalpoq folklor to`plami namoyish etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Festivalga tashrif buyurgan bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov qoraqalpoq folklor to`plami bilan birga Qoraqalpog`iston xalq ijodi bilan ham yaqindan tanishdi. A.Abduhakimovning O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasi Qoraqalpog`iston bo`linmasi vakillari bilan uchrashuvi chog`ida zamonaviy hayotda folklor san`atini saqlab qolish masalalari va uning xalqimiz tarixida tutgan o`rni muhokama qilindi.

– Qoraqalpoq xalqining mavjud folklorlarini o`zida jamlagan 100 jilddagi to`plamni nashrdan chiqardik. Biz ularni bejiz bu erga olib kelmadik, axir baxshichilik san`ati – bu avvalambor, dostonlarni kuylashdir. Bu bizning qoraqalpoq xalqi tarixi, voqealari, turmush tarzi aks ettirilgan she`rlardagi xalq san`atidir, – deydi «Nuroniy» jamg`armasi Qoraqalpog`iston bo`linmasi rahbari Husniddinov Sharof.

– Albatta, barcha dostonlarni birma-bir to`plash oson bo`lmadi. Xalq og`zaki ijodi kitobining birinchi nusxalari o`tgan asrning 30-yillarida chop etilgan edi. Shundan buyon xalqimiz uchun juda muhim bo`lgan tarixni abadiylashtirish maqsadida katta ishlar amalga oshirildi, – deya ta`kidladi u.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...