Media-tur: Xitoy va O’zbekiston do’stlik aloqalari
abadiy
Katta ta’surotlar bilan Pekinga
samalyot bilan uchib keldik. Media-turning so’nggi kunida Chet mamlakatlar
bilan Xitoy Xalqlari Do'stlik Jamiyati faoliyati bilan tanishdik. 1954 yil
3-mayda tashkil etilgan. Kompaniyaning
markaziy ofisi Pekinda joylashgan.
Jamiyatning asosiy maqsadi Xitoy xalqining barcha mamlakatlar xalqlari
bilan o'zaro anglashuvi va do'stligini targ'ib qilish, siyosiy, iqtisodiy,
tijoriy, ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy, madaniy va ta'lim sohalaridagi o'zaro
almashuv va hamkorlikni rag'batlantirishdan iborat.
Bugungi kunga kelib, uning dunyoning 120 dan ziyod mamlakatidan 370
milliy assotsiatsiya bilan do'stona hamkorlikni yo'lga qo'yilgan. jamiyat turli
xalqaro tashkilotlar tomonidan o'tkazilgan konferensiyalarda, forumlarda va
boshqa tadbirlarda faol ishtirok etadi. Davlat munosabatlari xalqlar
do'stligiga tayanadi. Uyushma maqsadlari odamlarning do'stligini mustahkamlash,
xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, jahon tinchligini saqlash va umumiy
taraqqiyotni rag'batlantirishdan iborat.
Jamiyat 157 mamlakatda qariyb 500 nodavlat tashkilotlar va muassasalar
bilan do'stona hamkorlik aloqalarini o'rnatdi. U birinchi bo'lib Xitoy Xalqlari
assotsiatsiyasi deb nomlangan. 1966 yilda Xitoy Xalqlari do'stlik uyushmasi deb
nomlangan. 1969 yildan buyon u hozirgi nomi bilan tanilgan. Pekinda joylashgan.
Chet el davlatlari bilan do'stlik uchun mahalliy jamoalar markaziy boshqaruvda,
bir qator shaharlarda, tumanlarda va viloyatlarda to'g'ridan-to'g'ri barcha
viloyatlarda, avtonom rayonlarda tashkil etilgan.
Bir olam ta’ssurotlar bilan O’zbekistonga yo’l
olarkanmiz ajib diyor go’zalligi bir umr xotiramizda qoladi. Bu xoritalar esa
beixtiyor b qo’limizga qalam tutib sehrli diyor tarovati va go’zalligini qog’ozga
tushirishga undadi.
Mastura Hamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий