понедельник, 5 ноября 2018 г.

Media-tur: Orzular shahri sari
Media-tur davomida Pekindan keying yo’limiz Fuzhou  bo’ldi. Ertaknamo shahar o’zini jozibadorligi bilan bizni hayratga soldi. Ayniqsa Xitoy oshxonasining eng sara taomlari Pekinda kabi bu yerda ham ta’tib ko’rdik. Atrofning daraxtzorlar bilan o’ralganini o’ziga hos lanshaft dizaynini aytmasam ham bo’ladi. Yirik sanoat va port shahrida ko'plab kichik ko'llar va bir nechta daryo mavjud. Fuzhou shahrining birinchi shahar devori mil. avvalgi. 202 yilda qurilgan. Tang davrida yani 725 yildan boshlab shahar hozirgi nomini olgan.







Tarixda Song sulolasining imperatori Fuzhouning barcha devorlarini 978 yilda vayron qilish to'g'risida farmon chiqaradi,  vayron devorlar keyinchlik yana  qayta tiklandi. Eng so'nggi shahar devorlari 1371 yilda qurilgan. Safar davomida qadim tarix bilan uyg’unlashgan Fuzhuoni tomosha qilarkanmiz   uning yashil tabiati yanada go’zal namoyon bo’ldi. Biz qo’ngan Fuzhou xalqaro aeroporti shahridan 50 km masofada joylashgan bo’lib, Pekin, Chendu, Gonkong, Shanxay, Taiyuan, Xi'an, Urumchi, Haikou, Tokio, Osaka, Zonasi, Singapur, Qingdao kabi shaharlarga qatnovlar amalga oshiriladi. 2016 yil may oyida shaharga metro liniyasi ishga tushirilgan.
Ushbu shahar ilk kundayoq bizda katta ta’surrot qoldirdi. Sababi yerdan tog’ga qadar marjon kabi tizilib yaratilgan o’rmon ko’prigi hech kimni befaqr qoldirmadi. Yashil o’rmon o’zining daraxtlarning sara turlarini o’ziga jamlagani bilan go’zal edi. O’rmon bo’ylab sayr qilib toqqa ko’tarilakanmiz atrofda shaharda qad ko’targan binolar o’zining haqiqiy fusunkorligini namayon qildi. Buni ko’rish uchun esa faqatgina Fuzhou ga bormoq kerak.
O’rmondagi sayrdan so’ng mahalliy televideniya, radio va gazeta faoliyati bilan tanishdik. Har kuni chop etiladigan gazetani tiraji 300 ming bo’lib internet tarmog’ining o’zida uni 6 mln axoli o’qiydi. Maxalliy aholi 400 yuanga ushbu gazetani sotib olisharkan.  Shaharning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotini yoritib boradigan gazetaga talab yuqori. 27 qavatli binoda joylashgan gazeta xodimlariga yaratilgan sharoit sabab xodimlarda ish koffisenti juda yuqori.
Fuzhouda o’tgan ikkinchi kunimizda  yirik sanoat korxonasi faoliyati bilan tanishdik. Ipak tollarini ishlab chiqadigan sanoat korxonasi dengiz ustida qad ko’targan yirik ishlab chiqarish obyekti sanaladi. Maxsulotlar sifarini doimiy tajriba asosida rivojlantirishda korxona olimi Min Ting ning hissasi yuqori sanaladi. Korxona xodimlari bizni Innovatsion sentr bilan tanishtirar ekan zamonaviy texnologiyalrni foaliyati davomida keng foydalanayotganliklarini alohida ta’kidaladi. Zamonaviy texnologiyalar Germaniyadan keltirilgan bo’lib, asosiy vazifalarni ushbu jihozlar bajaradi. Hozirgi korxona egallab turgan maydoni 1000 m2 tashkil etadi.  30 yildan buyon faoliyat olib borayotgan sanoat korxonasining 500 dan ortiq raqobatchilari bor. Maxsulotlarini  O’zbekiston, Qozog’iston va o’zlarida yetishtirilgan paxta xisobidan  tayyorlashadi.

Mastura Hamroyeva 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...