понедельник, 5 ноября 2018 г.

Media-tur:Tarixning kelajakka uyg’unlashuvi

Xitoyning uziga hos tarixi asrlar davomida uz sirliligi bilan insonlarni tortadi. Arxitekrturasining hamdorligini boshqa biron davlatda kuzatmaysiz. Imperatorlar davridan buyon dunyoni lol qoldirib kelayotgan Xitoy bugun o’tmish va kelajak uyg’unligida rivojlanmoqda. Buni men jurnalistlar uchun tashkil etilgan media-tur doirasida borgan Imperator saroyini ko’rib amin bo’ldim.

Imperatorning saroyi. Qadimgi Pekinning markazida joylashgan bo’lib XV asrda qurilgan. Imperator saroyi Tiananmen maydoniga yaqin. Asrlar mobaynida faqat imperator va uning butun oilasigina ushbu saroyda yashay olishgan. Oddiy odamlarning kirishiga ruxsat berilmagan. Ushbu qoidani buzishga jur'at etgan har bir kishi o'limga mahkum etilgan. Shu sababdan ham mahalliy aholi “Taqiqlangan shahar” deb atashadi. 
Saroy  1406-1420 yillar mobaynida qurilgan. Ming va Qing sulolasining 24 ta imperatori bu erda V asr davomida yashagan. Qurilishda 1 million ishchi va rassomlar, yog'och va tosh o'yuvchi kabi  100 mingdan ortiq boshqa mutaxassis ishtirok etgan. Xitoyning bu ajib saroyi YuNESKO jahon merosi ro'yxatiga ham kiritilgan. Saroyning Xitoy tilidagi  to'liq nomi Zijingcheng deb nomlanadi. Ko'pincha, u faqat imperator saroyi yoki qishki imperator saroyi deb ham nomlanadi, chunki imperator tez-tez bu erda qishda tashrif buyurgan va yozda u o'z mamlakatidagi uylaridan biriga tashrif buyurgan.
1912-yilda taxtdan voz kechgan so'nggi Xitoy imperatori Pu Yi faqatgina 1925 yilda taqiqlangan shaharni tark etdi. 17-19 asrlarda  Saroy binosi tez-tez doimiy yong'in tufayli halokatga uchragan, shundan keyin ko'plab bo'limlarni qayta tiklangan.
To'rtburchak shaklida qurilgan binoning devorlari burchaklarida qo'riqchilar minoralari joylashgan. Bundan tashqari, "Taqiq shahar"da odatiy maydon ham ustunlar bilan o'ralgan xonalardan iborat bo’lgan. Ular 72 gektar maydonni egallaydi. Shaharning asosiy kirish joyi Umenning, janubiy darvozasi Midday darvozasi deb atalgan. Taqiqlangan shahar 15 yil davomida qurilgan.  Afsonaga ko'ra uning qurilishiga  million ishchi jalb qilingan, 100 millionta  g'isht, 200 million plitka marmar  toshlar ishlatilgan.  Kompleks 1421 yilda qurib bitkazilgan.

Yopiq saroyda minglab ibodatxonalar, kanizaklardan iborat shoh oilalari va xizmatkorlari yashagan.  1923 yilda katta yong'in shaharning omborlarini yo'q qildi. 1925 yilda Xitoyning oxirgi yigirma to'rtinchi imperatori Pu-Yi taqiqlangan shaharni tark etdi. Shundan yigirma to'rt yil o'tgach, majmua jamoatchilik ko’rishi va sayohat qilishi uchun ochildi. Media-tur asosida tashrif buyurgan jurnalistlar saroyga janub tomonda Midday darvozasi orqali  kirishdi. Atrofga nazar tashlar ekanmiz butun bir  kompleks ichki va tashqi saroylarga bo'linganligini ko’rdik. Naqshinkor bezaklar, ulig’bor imperator taxti, atrof manzarasi tomosha qilarkanmiz o’sha davr ulug’vorligini his qildik. Hozirda muzey bo'lgan saroy, Xitoyning qadimgi sulolalarining millionlab qimmatbaho tarixiy yodgorliklarini o'z ichiga jamlagan. Saroylarni aylangan har bir inson o’sha davr hayotiga tushib qolganday his qiladi o’zini. Xitoy aholi tomonidan asrab-avaylanayotgan tarix esa barchani hayratlantiradi.
Mastura Hamroyeva 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...