понедельник, 5 ноября 2018 г.

Media-tur: Bizni qarshilagan dengiz

 Bir yoni daraxtzoru, baland binolar bir yoni dengizga tutash shaharga borarkanmiz havoning issiqligiga qaramay suvning jilosi o’ziga tortdi. Tezyurar pyezda jurnalistlar jamoasi Siamenga kirib bordik. O’zbekiston dengiz sathidan yuqorida bo’lganligi uchunmi biz uchun dengiz o’zgacha orzu. Uning shovqunini va mavjlanishini ko’rish har bir inson uchun orzu desam adashmagan bo’laman. Media-tur ishtirokchilari ham o’z ko’zlari bilan dengizni ko’rar ekan, kim uchundir orzu bo’lgan hayollar Siamenda ushaldi.

Sehrli shahar haqida aytadigan bo’lsam, ming sulolasining davrida, 1387 yili, General Zhou mahalliy va yaponiyalik qaroqchilarga qarshi himoya qilish uchun bu erda qal'alar qurgan. Dastlab, "Siamen" nomi xitoy tilida "siè mén" deb yozilgan va "talai-mami" deb talaffuz qilingan. Janubiy Xitoychada"pastki port" degan ma'noni anglatadi. XV asrga qadar Hindiston, Arabiston va G'arbiy Osiyo bilan faol savdo aloqalari amalga oshirilgan. 1604 yili Gollandiyalik askar orolga suzib borgan, ammo mahalliy savdogarlar bilan munosabatlarni o'rnatishga urinishlari muvaffaqiyatli amalga oshmagan. Birinchi ingliz savdogar kemasi 1670-yilda orol sohilida paydo bo'ldi va bir muncha vaqt o'tgach inglizlar kuchli tijorat faoliyatni rivojlantirishga muvaffaqat bo'lgan. 
 
 
 
 
 
 

Siamendagi birinchi kunimiz Siamen universitetiga bordik. 1921 yilda tashkil etilgan Siamen universiteti Xitoydagi  etakchi davlat muassasasidir. Universitetda 76 ta kafedra va 10 ta ilmiy-tadqiqot institutlari mavjud. Shuningdek  27 ta maktabdan iborat bo'lib, 270 ta institut bilan hamkorlik qiladi. Universitetda iqtisod, xalqaro munosabatlar, biznes bo'yicha 40 ming talaba, shu jumladan, 2800 chet ellik o'qituvchilarga ta'lim bermoqda.  Tashrifimiz davomida universitet muzeyida bo’ldik va unda jamlangan eksponantlar va universitet tarixi bilan ham tanishdik. Shundan so’ng Siamendagi toshli Huihe parkini tomosha qildik. Unda jamlangan barcha buyumlar mohirona toshdan yasalgan. Budda xaykali, turli jonivorlar va ushu san’ati akas etgan buyumlar diqqatimizni tortdi. Shu bulan birga toshga nafis bezak berib ishlayotgan ustalar ishini ham ko’rdik. Hatto o’zimiz ham ushbu san’atni yaratishga o’z hissamizni qo’shib toshga rasm soldik. Juda ko’p ta’surrot bilan an’anaviy choy damlash maskanida yo’l oldik. Choy damlash bo’yicha mutaxassis bo’lgan qizlar bizga Xitoy choylari haqida so’zlab berdi. Hatto o’zimiz choy damlash qoidalarini sinab ko’rib choy damladik. O’zgacha ta’m, nafis hid jamlangan Xitoy choyi ta’mi anchaga ketmasa kerak endi.
Shahardagi ikkinchi kunimizda Gu Lang Yu oroliga kemada sayr qilib bordik.  Ushbu orol o’zining ko’rkam va chiroyli tabiati bilan ajralib turadi. Shahardagi ikkinchi kunda Gu Lang Yu oroliga kemada sayr qilib bordik.  Ushbu orol o’zining ko’rkam va chiroyli tabiati bilan ajralib turadi.  Gu Lang Yu  ikki kvadrat kilometr maydonni egallagan bo’lib tabbiy qurilgan binolar tarix aks etgan inshoatlar bilan  uyg’unlashgan. Bugungi kunda 20 mingga yaqin kishi yashaydi. Gulangyu, avvalambor, Zheng Chengongning mashhur haykali, Zheng Chengong qasrining xarobalari va Xitoyning yagona pianino muzeyi bo'lgani uchun jozibali.
Bu haqiqatan ham samoviy makonlardan biri Gulangyu orolidir. Islandiya Janubiy Xitoy dengizida joylashgan va Xitoyning janubi-sharqiy sohilidagi eng yaqin shahar Fujian provintsiyasida Xiamen hisoblanadi. Orolning xitoycha nomi okean to'lqinlarining shovqini eshitdi. Xitoy tilida "Gu Lan" "to'lqinlarni urish", "yu" "orol" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, orolda aholi zichligi juda katta.  Pianino! Shuning uchun Gulangyu oroliga ko'pincha "pianino oroli", deyiladi. Bunday kichkina Xitoy orolida Pianino muzeyi bor. Pianino muzeyi 2000 yilda ochilgan. Xitoyda bunday turdagi yagona muzey. Ikki xonada yuz yildan oshiq vaqt mobaynida Yevropa, AQSh va Avstraliyaning eng mashhur ustalari tomonidan yaratilgan pianinolar to'plami mavjud. Muzey kollektsiyasida jami 30 antiqa pianino mavjud. Shuningdek, miniatyura pianinolari to'plami ham mavjud.O’zbekistonlik jurnalistlar uchun jahon musiqasining nodir durdonalaridan namulalar ijro qilib berishdi. Gu lang yu orollari Yin Chengzong va Xu Feiping kabi taniqli musiqachilarning tug'ilgan joyi bo'ldi. Xitoyning birinchi ayol dirijori Zhou Shuan ham bu joydatug'ilgan. Shu sababli, Gu lang yu oroliga "Musiqiy beshigi" va "Musiqa oroli" deb nom berishgan. Sayr qilar ekanmiz quyosh nurlari orolning eng baland nuqtasidan bizni qarshi olgandek tuyuldi.

Mastura Hamroyeva 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...