Media-tur:Rivojlangan televideniye istiqboli
Pekinning
Fusin ko’chasi joylashgan Xitoy Markaziy
Televideniyasi. Baland binoda joylashgan
televideniyega kirar ekansiz hayratingiz oshmay qolmaydi. Rivojlanish jihatidan
ancha ildamlab ketgan Xitoy Respublikasida ommaviy axborot vositalari ham o’zgacha.
CCTV (Xitoy Markaziy Televidiniyasi) – Xitoyning asosiy televideniyasi. Birinchi CCTV
telekanali 1958 yil 2 sentyabrda "Beijing Television" nomi ostida nomoyish etilgan. 1992 yil 1 oktabrda IV
(Xalqaro) dasturi butun mamlakat bo'ylab sun'iy yo'ldosh telekanali orqali
ishga tushirildi. CCTV ni butun dunyo bo'ylab bir milliarddan ziyod
foydalanuvchilarga mo'ljallangan turli dasturlarni namoyish qiluvchi 50ta
kanallar tarmog'iga ega. Hozirda televizor 6 tilda efirga uzatiladi. Kanalda
yangiliklar, hujjatli filmlar, komediyalar, dramalar va ko’plab dasturlar
efirga uzatiladi.
Ushbu kannalar tarmog’ining
yangiliklar tayyorlaydigan studiyasi bilan tanishdik. 330 ta studiyaga ega bo’lgan televideniyada
xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Asosiy telekanallari CCTV-1 - universal, CCTV-2
– iqtisodiy mavzularga qaratilgan
dasturlar, CCTV-3 - san'at va
o'yin-kulgi, xalqaro CCTV-4 - Xalqaro (Xitoy tilida), CCTV
News - xalqaro yangiliklar (ingliz tilidagi), CCTV-9
Hujjatli - xalqaro hujjatli film (Xitoy va ingliz tillarida), CCTV-E
- Xalqaro (ispan tilida), CCTV-F - xalqaro (fransuzcha), CCTV-rus - xalqaro (rus tilida) CCTV-O'yin
- Umumiy O'yin (Xitoy), maxsus telekanallar CCTV-5
– Sport, CCTV-6 – Kino, CCTV-7
- Harbiy / Qishloq xo'jaligi, CCTV-8 – seriallar, CCTV-10
- fan va ta'lim,CCTV-11 - Xitoy operasi, CCTV-12
– huquqiy, CCTV-13 – yangiliklar, CCTV-14
– bolalar, CCTV-15 – musiqiy, CCTV-HD
- yuqori aniqlikda va sun'iy yo'ldosh kannallari
mavjud.
Mastura Hamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий