понедельник, 5 ноября 2018 г.

Media-tur: Asrlar bo’yi sayqalangan ibodatxona
Osmon ibodatxonasi. XV asrda qurilgan ibodatxona shahardagi yagona dumaloq ko’rinishda bunyod etilgan inshoat xisoblanadi. Chunwen janubiy hududida, shahar markazidan 4 km masofada joylashgan,  Tiantan Gong Men stansiyasiga yaqin joylashgan maqbara  1420 yilda imperator Yun Le Ming sulolasi  vakillari tomonidan qurilgan. O’sha davrda an'anaga ko'ra oliy hukmdor "Osmon o'g'li" deb atalgan. Xitoy aholisi uchun esa osmon ramzi oliy sanalgan. Qadimiy maskan  YUNESKO tomonidan Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

Kompleks shaharning janubiy qismida joylashgan katta maydon ustida yoyilgan. Imperatorlar davrida  osmon ibodatxonasini  ilohiy ajdodlari bilan erkin muloqotga kirishish maskani ekanligiga ishonishgan. Ibodatxona maydoni 280 gektarni tashkil etadi. Bunday katta majmuaning  kirish darvozasi qizil rangda bo'yalgan ikki satr bo'sh devor bilan o'ralgan. Oq marmardan yasalgan yo’lakalar va  konusimon tomlar ramziy tarzda osmonni eslatadi. O’ziga xos bezaklar bilan ishlangan san’at asari misol devorlani esa faqatgina Xitoyda ko’rish mumkin.

  

Dunyoning eng qadim  sivilizatsiyasini o’zida momoyon qilgan inshoat uzoq Sharq me'morchiligiga  shakllanishida katta ta'sir ko'rsatadi. Ma’lumotlarga qaraganda taxminan 500 yil davomida, har yili bir marta, qish kunida imperatorlar bu yerga osmonga sovg'alar olib kelish uchun kelgan. Bir so’z bilan aytganda asrlar davomida imperatorlar uchun ibodat joyi sanalgan. 2005 yilda 6 million dollarga teng bo'lgan katta rekonstruktsiya qilingan maskan, 1986 yildan buyon ko'rgazma zaliga aylantirildi.
         Mastura Hamroyeva 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...