воскресенье, 11 марта 2018 г.

«Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz»


Barchamizga ma’lumki bu yil mustaqilligimiz 27 yoshga to’ladi. Bu bir navqiron yigit yoshiga teng yosh. Shu qisqa davr biz yoshlarga qanchadan-qancha mislsiz imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilgan bunday e’tibor menga ulkan kuch va shijoat baxsh etadi.


Barcha sohalarda bo’lgani kabi yoshlarimizning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga ham katta e’tibor qaratildi. Meni shu o’rinda bir narsa taajubga soladi. Nega ayrim ko’zi ochiq so’qirlar shunday go’zal yurtga, aniqrog’i o’zi tug’ilib, kindik qoni to’kilgan yurtiga tosh otishga urinayapdi. SHu o’rinda tabiiy bir savol tug’iladi: xo’sh, ular sohta din peshvolari iskanjasiga qanday tushib qolmoqda? Ularning tinch hayotidan, dinu-iymonidan kechib, jangu-jadal yo’lini tanlashda davom etayotganligining sababi nimada? Axir o’zi tug’ilib o’sgan yurtidan, ota-onasiyu, o’z jigarlaridan kechishga ularni nima majbur qilayapdi?  Gap shundaki, zo’r berib tarafdorlari sonini ko’paytirishga urinishar ekan terrorchi to’dalar ayniqsa, ish izlab, xorijda yurganlarning o’rtasida o’z yovuz g’oyalarini tarqatishga ro’ju qo’yishgan. Natijada o’z yurtida yaratilgan qulay sharoitga, halol mehnat muhitiga qanoat qilmagan bu kimsalar soxta din peshvolarining da’vati bilan terrorizm va diniy ekstremizm harakatlariga qo’shilib ketmoqda. Bu terrorchi to’dalar o’z maqsadlari yo’lida ularga bo’ysunmaydiganlarni omma oldida qatl etib, kolganlarni qo’rqitish yo’li bilan o’z tomonlariga majburlab og’dirib olishmoqda. Qolaversa terrorchi zo’ravonlar g’o’r yoshlarni o’z ta’siri doirasiga tortishda internetdan ham keng foydalanmoqda. Diniy oqimlar ta’siriga tushib qolgan va ayni paytda dunyoning qonli nuqtalarida jihod niqobi ostida janglarda qurbon bo’layotgan tengdoshlarimizning ko’pchiligi internet orqali terrorchilarning tuzog’iga ilingan.
        Ana endi barcha sharoitlarga ega turli o’quv yurtlarida taxsil olayotgan, kerak bo’lsa o’zining yuqori  bilim va saviyasi bilan jahon maydonlarini egallayotgan, qolaversa sport sohasida ham o’zbek bayrog’ini ko’klarga ko’tarayotgan yoshlar bilan ularni solishtirib bo’ladimi? Aslo yo’q!
              Demak ana shunday mard va jasur o’g’lonlarimiz bor ekan, xalqimizning osuda hayotiga, yurtimiz tinchligiga hech kim va hech qanday kuch tahdid sola olmaydi.

B.Ergashev

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...