Himoyachingman
– VATAN
Sir emaski, bugungi kunda
dunyoning ayrim mamlakatlarida beqarorlik,terrorchilik, narkobiznes kabi millat
tanlamas illatlar xalqaro xavfsizlikka taxdid solmoqda. Bu kabi holatlar esa
bizning jannatmonand diyorimizda tinch va farovon hayot kechirayotgan
xalqimizga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qo’yayotgani yo’q.
Bugungi kunda
jahonning olis mamlakatlarida va yon-atrofimizda vujudga kelayotgan vaziyatga
baho berar ekanmiz, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka taxdidlarning ko’lami
borayotganini, ya’ni paydo bo’layotgan qarama-qarshiliklarni hal etishda kuch
ishlatishga zo’r berish ustunlik qilayotganini, homashyo resurslari va
kommunikatsiya ustidan nazorat qilish bo’yicha geosiyosiy raqobatning
oshganini, yadrro texnologiyalari va ommaviy qirg’in qurollarining
tarqalishini, xalqaro terrorizm va ekstremizmning keng tarqalayotgan
ekspansiyasining kuchayotganini e’tirof emaslik mumkin emas. Sayyoramizning
turli mintaqalarida ro’y berayotgan yuz berayotgan bunday voqealarga teran
tafakkur bilan qarsh va baho berish lozim. Bu muammolarga mening dahlim yo’q,
degan tushuncha bilan yashashning beparvo loyaqdlik bilan qarashning davri
o’tgan. Xalqaro tadqiqot institutlarining xulosalariga ko’ra, so’nggi
to’ntarish va ziddiyatlarning natijasida 2013-2017 yillarda dunyo miqyosida
qariyb 950 milliard AQSH dollariga teng qurol-yarog’ sotilganidan ham yer
yuzida nima uchun urush holatlari ko’payib borayotganining sababini tushunish
qiyin emas. NATOning 2014-yilning sentabr oyida Buyuk Britaniyada o’tkazilgan
sammitida alyansning yaqin istiqboldagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari
belgilanib, Yevroatlantik aloqalarni mustahkamlash,koalitsiyaviy harbiy
potensialni oshirish, hamkorlik siyosatini rivojlantirish shular jumlasidandir.
Dunyoning turli nuqtalarida yuz berayotgan bunday mudxish voqealar bizning jannatmakon o’lkamiz ona Vatanimiz
O’zbekistonga ham qaysidir ma’noda o’z ta’sirini o’tkazmay qo’yayotgani yo’q,
albatta. Yuqorida ko’rsatilgan ushbu muammolarning ta’sir doirasini butunlay
yo’q qilish va ona diyorimizni asrab avaylash milliy armiyamiz saflarida
tunlarini – kunga ulab xizmat qilayotgan
harbiy xizmatchilarimiz qo’llarida. Ha, yurtimiz
tinchligi,fuqarolarimizning osoyishta hayot kechirishi, sarhadlarimiz
dahlsizligi ko'p jihatdan Qurolli Quchlarimizda xizmat qilayotgan mard,jasur,
va sergak harbiylarimizga bog`liq Albatta, shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki
Vatan desa ikki qo’llab jonini tutadiga bunday mard, jasur o‘g’lonlarimizga zarur
shart-sharoitlarning barchasi yaratib berilgan. Bunga misol tariqasida 2012–yil
31 may kuni O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining yana bir muhim
qarori qabul qilindiki, u, O’zbekiston Republikasi qurolli kuchlari safida
muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga
oid qo’shimcha chora-tadbirlar bilan bog’liqdir.
Unga ko’ra, O’zbekiston
Republikasi qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan,
harbiy qism qo’mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo’lgan fuqarolar respublikaning barcha
oily ta’lim muassasalarini bakalavr bosqichiga kirishda to’plash mumkin bo’lgan
maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega
bo’ladilar.
Mazkur tavsiyanomalar uch yil
muddatga amal qiladi. Tanlovdan o’ta olmagan abiturientlarning respublikaning
boshqa oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish bo’yicha arizalari test sinovlari tugagandan keyin 10 kun
mobaynida Davlat test komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi. Bunda abiturient
tanlagan boshqa oily o’quv yurtlariga qabul qilishi tasdiqlangan umumiy qabul
kvotasi doirasida, imtiyozlar hisobga olingan holda Davlat komissiyasining qaroriga
binoan amalgam oshiriladi.
Yurtimizda “Amir
Temur” “Jaloliddin Manguberdi” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari” uchun
medallari ta’sis etilgan bo’lib, ular davlatimizning mudofaa qudratini
yuksaltirishga hissa qo’shayotgan harbiylarimiz mehnatini qadrlash, shu bilan
birga el-yurt taqdiriga dahldorlik hissi bilan yashaydigan fidoyi va
Vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yurtimizda Vatan
himoyachilari kunini nishonlash, nayram qilish qutlug’ an’anaga aylandi. Har
galgidek, bu yilgi nishonlanadidan bayramga ham katta tayyorgarlik ko’rilmoqda.
Mamlakatimizning barcha joylarida shodu-hurramlik bilano’tkaziladiga bayram
tabriklariyoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat,
harbiy-vatanparlik ruida tarbiyalashga xizmat qilishi, milliy armiyamiz
saflarida xizmat qilish ishtiyoqini yanada kuchaytirish, shubhasizdir. Toki bu
hayotda har bir fuqaroning men O’zbekiston farzandiman, men o’zbek o’g’loniman
degan yuksak fikr onggu taffakkurida aylanib turar ekan, Vatanimiz kelajagi
buyuk bo’ladi. Himoyachingman Vatan.
B.
Ergashev
Комментариев нет:
Отправить комментарий