Odam savdosi tahdidlaridan ogoh bo’ling
XXI asrning dastlabki yillari ilm-fan va texnika rivojining shiddatli tus olganligi, axborot almashinuvi tizimining tubdan takomillashganligi bilan insoniyat tarixida o’ziga xos davr bo’ldi.
Bu jarayonda dunyo mamlakatlari xalqaro munosabatlarda mintaqaviy
xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy, ilm-fan, ta’lim sohalarida
hamkorlik qilish, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’liq muammolarni birgalikda
hal etishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Buning natijasida mamlakatlararo
do’stlik jarayonlari birmuncha faollashdi, fuqarolarning mehnat qilish, ta’lim
olish, turizm va shu kabi turli maqsadlarda boshqa davlatlarga chiqishi, erkin
faoliyat olib borishio uchunimkoniyatlar yanada kengaydi. Ijobiy o’zgarishlar
bilan bir qatorda turli transmilliy jinoyatlarning ham ortishi kuzatilmoqda.
Odam savdosi ham ana shunday jinoyatlardan biri hisoblanadi.
Odam savdosi - inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda
kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyat ko’rinishlaridan biri
bo’lib, o’zining chegara tanlamasligi ham girdobiga asosan yoshlarni va
ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va havotir uyg’otmoqda.
Insonni ulug’lash, uning huquq va erkinligi himoyasini ta’minlash asosiy qadriyatga
aylangan ushbu davrda, bu mudhish illat noqonuniy qurol savdosi, giyohvandlik
vositalarining ga’yriqonuniy muomalasi kabi og’ir oqibatlarni keltirib
chiqaradi. Shu bois jinoiy tuzilmalar ushbu noqonuniy faoliyat bilan
shug’ullanishning turli yo’llarini qidirish, maqsadini amalga oshirishni
yengillashtirish uchun xalqaro jinoiy uyushmalar tashkillashtirish, davlat
xizmatchilarini o’zlariga og’dirish payida bo’ladilar. Bu esa, transmilliy
uyushgan jinoyatchiik, korrupsiya kabi xavfli illatlarning keng yoyilishiga
sabab bo’ladi. O’zbekiston Respublikasini o’z mustaqilligiga erishganidan so’ng
tadbirkorlik, xususiy biznesga va ko’plab sohalarda xorijiy davlatlar bilan
hamkorlik qilish yo’llari o’rnatildi, yurtimiz fuqarolarining xorijiy
davlatlarga bemalol chiqishiga imkoniyatlar yaratildi. Afsuski, ayrim shaxslar
bunday shart-sharoit va imkoniyatlardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanib,
fuqarolarimizni turli aldov va firibgarlik yo’li bilan olib chiqib ketishga
urinmoqdalar. Buning oqibatida yurtimiz fuqarolari ham odam savdosi qurboniga
aylanmoqdalar. Tahlillar, mamlakatimiz fuqarolarini fohishalik bilan
shug’ullantirish uchun asosan Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog’iston,
Rossiya, Tayland, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya, Yaponiya va kosta-rika
davlatlariga, majburiy mehnat yoki xizmat ko’rsatish uchun esa - Qozog’iston va
Rossiyaga olib chiqib ketilayotganligini ko’rsatmoqda. Shu o’rinda tabiiy bir
savol tug’iladi, Respublikamizda odam savdosiga qarshi kurashish uchun qanday
ishlar amalga oshirilgan va bu faoliyatni kuchaytirish uchun kelgusidagi
vazifalarimiz nimalardan iborat. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich
Karimov tashabbuslari va g’oyalari asosida mamlakatimiz hayotining barcha
sohalarida amalga oshirilayotgan, keng ko’lamli islohotlar zamirida, avvalo,
xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, yurtimiz aholisini har
qanday tahdid va xavf-xatardan asrash, inson huquq va erkinliklarini samarali
himoya qilish kabi ulug’ maqsadlar mujassam.
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, huquqiy demokratik davlat inson tinch,
osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun birinchi navbatda uning xavfsizligi
ta’minlanishi, huquqlari va qonuniy manfaatlari, qadr-qimmati, hayoti va
sog’lig’i har qanday tajovuzdan himoya qilingan bo’lishi kerak. Odam savdosi
bilan bog’liq jinoyatlarning jamiyatimizga olib kelishi mumkin bo’lgan salbiy
oqibatlarini, chuqur anglagan holda o’tgan yillar mobaynida respublikamizda
bunday jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar
amalga oshirildi. Davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda BMT ning 1950 yilda qabul
qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan
ishlatilishiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Konvensiyasiga qo’shildi. BMT
Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrdagi rezolyutsiya bilan qabul qilingan
"Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risida”gi
Konvensiya, shuningdek, odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning
oldini olish, unga chek qo’yish va buning uchun jazolash to’g’risidagi
qo’shimcha bayonnoma ham ratifikatsiya qilindi. Shu bilan birga 2008 yilning 17
aprelida "Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning qabul
qilinishi mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosidan
jabrlanganlarni himoyalashda muhim bosqich bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi”Odam savdosiga
qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PQ-911-sonli qarori bilan yuqoridagi qonun normalari amalgam tadbiq etildi. Shu
nuqtai nazardan aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ish bilan ta’minlash, ayniqsa
qishloq joylaridagi yangi ish o’rinlarini barpo etish va shu kabi boshqa
masalalarga alohida etibor qaratib, bu borada qabul qilingan Prezident
farmonlari va qarorlari, hukumat qarorlari ijrosini to’liq ta’minlash lozim.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 noyabrdagi
505-sonli qarori asosida fuqarolarni chet elga ishga yuborishlarning mehnat
faoliyatini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
himoya qilish Vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari
agentligi tomonidan amalgam oshirilishi belgilab qo’yilgan.
Fuqarolarning chet ellardagi mehnat faoliyati ushbu agentlik orqali amalga
oshirilishi ham ularning muayyan davlat hududida huquqiy jihatdan
himoyalanishini, tabiiy muhofaza etilishini ta’minlaydi. O’zbekiston
Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risidagi”
qonunining 10-moddasida, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya
qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish maqsadida amalga oshirilishi va
mazkur shaxslarga yuridik yordam berish, ularni psixologik tabiiy, kasbiy
reabilitatsiya qilish, ishga joylashtirish, vaqtinchalik turar joy berishni o’z
ichiga olishi belgilab qo’yildi.
Albatta, tashkil etiladigan bunday muassasalar odam savdosidan
jabrlanganlarni normal turmushga qaytarish, ularning jamiyatning teng huquqli,
erkin a’zosi ekanligini his etib yashashiga erishib yashashida muhim vosita
bo’ladi.
В. Ergashev
Комментариев нет:
Отправить комментарий