Vatan bo’lmas vatandan
tashqarida
Inson uchun vatan bitta, ona yagona. Umrboqiy
tuyg’ularni o’zida mujassam etgan bu ikki tushuncha zamirida baxtli hayot
kechirish, o’zidan munosib nom qoldirish, ezgu amallarni qilish kabi jihatlar
mujassam. Bu yo’lda bizga muqaddas islom dini qanot bo’ladi. Din hamisha
insonlarni ezgulikka chorlab, yaxshilikka da’vat etadi. Zero muqaddas islom
dinining har bir oyatida insoniy go’zal fazilatlar va ularga erishish
yo’llarini ko’ramiz.
Ammo keyingi paytda o’zining puch va’dalariga
ko’pchilikni ishontirayotgan missionrelar aynan boshqa dinlarga da’vat etishdek
qabix maqsadlarni amalga oshirmoqda.
Missionerlik o’zining “chiroyli” va’dalariyu, qabih
oqibati bilan barchaga tanilib ulgurgan. Missionerlik harakatining tarixiga
nazar solsak, dastlab, u miloddan avvalgi 2 ming yillikda Qadimgi Hindistonga
kirib kelgan O’rta Osiyoliklar tomonidan asos solingan Veda dinini atrofidagi
mintaqalarga targ’ib qilish va tarqatish uchun olib borilgan g’oyaviy-siyosiy
harakat bo’lgan. Keyinchalik missionerlik harakati buddaviylik, yahudiylik,
xristianlik kabi milliy va ayrim jahon dinlarida (bundan islom dini mustasno)
o’z ko’rinishlari bilan paydo bo’la boshladi. “Missionerlik” so’zining lug’aviy
ma’nosi “vazifa beruvchi” degan ma’noni bildiradi. U muayyan bir dinga e’tiqod
qiluvchi kishilarni turli usullar bilan boshqa bir dinga o’z manfaati uchun
targ’ib qiluvchi, da’vat etuvchi kishilarni tushuniladi. Bugungi kunda
missionerlikning zamonaviy ko’rinishlari mavjud bo’lib, jumladan, xristian
missionerlari o’z dinlarini “targ’ib qilish” maqsadida dunyoning barcha
mamlakatlarida turli zamonaviy ko’rinishlarda o’z g’oyalarini amalga oshirishga
harakat qilmoqdalar. Hozirgi paytda xristianlarning 10% (foiz)ini missionerlar
tashkil etadi, ya’ni dunyo bo’yicha har 3000 kishiga 1 ta missioner to’g’ri
keladi.
Missonerlarning maqsadi:
1.
Siyosiy maqsadi: Rivojlanayotgan mamlakatlarning
boshqaruv tizimini qo’lga kiritish.
2.
Iqtisodiy maqsadi: Geografik joylashuviga ko’ra, yer
osti va yer usti qazilma boyliklari ko’p bo’lgan hududlarga egalik qilish.
3.
Ma’naviy – g’oyaviy maqsadi: Boshqa bir muayyan dinga
e’tiqod qiluvchi insonlarni o’z diniga bo’lgan e’tiqodini susaytirish, o’z
mafkura va g’oyalarini, e’tiqodlarini singdirish, o’z manfaatlari yo’lida
foydalanish va manqurtga aylantirish.
Shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, ular aholining quyidagi
qatlamlariga o’z ta’sirini o’tkazishga harakat qilmoqdalar:
1) Kam
ta’minlangan oilalarga. Ularga iqtisodiy farovonligini ta’minlash, foizsiz,
uzoq muddatli kreditlar berish, uy-joylar qurib berishni taklif qilish orqali;
2)
Jismonan nosog’lom kishilarga. Ularni va oila-a’zolarini bepul davolash,bepul
dori-darmonlar bilan ta’minlash, chet ellarda malakalishi shifokorlarga davolat
ishni va’da qilish orqali;
3)
O’spirin yoshlarga. Bepul va imtiyozli o’quv kurslari tashkil qilish, har-xil
auksionlar, xayriyalar, aksiyalar, ko’ngilochar tadbirlar o’tkazish,
bayramlarda bepul sovg’alar topshirish, chet ellarda bepul o’qitishni tashkil
etish orqali;
4) Ziyoli
o’qituvchilarga. Har xil nodavlat tashkilot ko’rinishida o’qituvchlarni chet
ellarda bepul, grantlar asosida malakasini oshirish, har xil zamonaviy o’quv
qurollari, kompyuter, noutbuk, elektrondoskalar, turli darsliklar, adabiyotlar
bilan ta’minlash orqali;
5)
Shifokorlarga. Bunda ham nodavlat tashkilot ko’rinishida shifokorlarni chet
ellarda bepul malakasini oshirish, zamonaviy tibbiy asbob uskunalarni uzoq
muddatli, foizsiz kreditlarga berish, xususiy tibbiy klinikalar ochib berish,
dam olish maskanlari, sanatoriy tashkil etish orqali;
6)
San’atkorlarga. Eng zamonaviy musiqiy asbob — uskunalar, ovoz yozish
studiyalarida bepul qo’shiqlarni yozish imkoniyatini yaratib berish, yakkaxon
konsertlarini uyushtirishda homiylik qilish, chet ellarda qo’shiqlariga klip
olish uchun sharoit yaratib berish va homiylik qilish orqali.
Missionerlarning vakillaridan tez ta’sirini o’tkazuvchlari — bular
yoshlardir. Chunki, balog’at yoshiga yetayotgan yoshlarda psixologik
beqarorlik, ya’ni qarorini tez-tez o’zgartirib turish xususiyati hammamizga
ma’lum. Bu vaqtda yoshlar ongi mustaqil shaxs sifatida endi shakllanayotgan
bo’lib, ongida g’oyaviy-mafkuraviy bo’shliq paydo bo’ladi. Mana shu bo’shliqni
ma’naviy-g’oyaviy to’ldirish davrida missionerlar o’z g’oya va mafkuralarni,
ma’naviyatini, g’oyalarni ular ongiga singdirishiga harakat qilish jarayoni
kuchayadi. Ular imkoni boricha o’z maqsadlariga erishish uchun bisotidagi bor
narsasini ayashmaydi. Zero, bu xususda Birinchi Preudentimiz Islom Karimov “Yuksak
ma’naviyat-engilmas kuch” asarida shunday yozadi: “…bu dunyoda tabiatda
ham, jamiyatda ham bo’shliq bo’lmaydi. Qayerda bo’shliq paydo bo’ldimi, hech
shubhasiz, uni albatta kimdir to’ldirishga harakat qiladi”.
Shunday ekan, bugun biz yosh avlod tarbiyasiga ertanggi kun vorislari
sifatida jiddiy e’tibor qaratishimiz kerak. Yoshligidan oilada sog’lom
ma’naviy-moddiy turmush tarzini yaratib berishimiz, ularning imkoniyatlarini
orzu-havaslarini yaxshlik va ezgulik uchun xizmat qilishga yo’naltirish kerak.
Aytish joizki,
hozirgi kunda missionerlar quyidagicha uslublarni keng ishga solishyapti.
1.
Madaniyatga moslashish uslubi
Hozir
missionerlikda madaniyatga moslashish uslubi juda ommaviylashgan. Missionerlar
Yevropa va Janubiy Amerika singari nasroniylik an’anasi hokim bo’lgan mintaqalarda
emas, butun dunyoda mahalliy an’ana va odatlarga moslashish fikrini bu uslubga
asos qilib olishyapti.
Tajribali missioner Charlz Egal shaxsan o’zi qo’llagan «madaniyatga moslashuv» uslubining ahamiyati shundaki, bu shaklda nasroniylikka qiziqib Islomdan nasroniylikka kirgan kishilar Islom madaniyati bilan munosabatlarini uzishmaydi va o’z jamiyatlarida nasroniy missiyasining vakili bo’lib, yanada faol ish olib borishadi.
«Natijada boshqa dinga kirgan kishi o’z jamiyatida qoladi va Injilni yanada kengroq yoyishga imkon topadi. Muhimi bu uslub «nasroniylikni qabul qilish — g’arblik bo’lish» tarzidagi qarashni ham yo’qqa chiqaradi».
«Natijada boshqa dinga kirgan kishi o’z jamiyatida qoladi va Injilni yanada kengroq yoyishga imkon topadi. Muhimi bu uslub «nasroniylikni qabul qilish — g’arblik bo’lish» tarzidagi qarashni ham yo’qqa chiqaradi».
Katolik protestant cherkovi atroflarida keng qo’llanilgan «madaniyatga moslashuv» uslubi ikki asosni amalga oshirishni maqsad qiladi. Bulardan
birinchisi missionerlikning nasroniy jamiyatlar ijtimoiy-siyosiy kuchlarga
qilgan va ularning hukmronlik maydonini kengaytirishga xizmat qilgan holda
nasroniy bo’lmagan jamiyatlarda vujudga kelgan ishonchni o’zgartirishdir. Bu
uslub nasroniylikning mahalliy madaniyat va an’analarga moslashtirilishi va
nasroniy e’tiqod va urf-odatlarida mahalliy qadriyat va xususiyagglar birinchi
jabhaga chiqarilishi, uchinchi dunyo mamlakatlarida butun dunyo miqyosida
cherkov faoliyatini mahalliy o’lkalarga yoyish va dunyoning har tarafida
cherkovlar tashkil etishdir.
«Madaniyatga moslashuv»
uslubi nasroniy hayot tarzining mahalliy an’analarga moslashuvini taqozo etadi.
Musulmon jamiyatlarida missionerlar musulmonlarga xos din tili va istilohlarini
qo’llashga qatgiq e’tibor berishadi. «Alloh», «rasul», «nabiy», «vahiy»,
«oyat», «masjid», «Injil» kabi atamalar va «hazrat», «sharif», «mashaalloh»,
«inshaalloh» singari diniy ifodalar nasroniy matnlariga olinadi va nasroniy
an’anasining targ’ib-tashviqida keng qo’llaniladi.
Musulmonlar
orasida missionerlik qilarkan, duoda, va’zda Qur’ondan va Islom madaniyatidan
ba’zi ko’chirmalar qo’llaniladi. Charlz Egal musulmonlar orasida juda
ahamiyatli sanalgan Fotiha surasini duo maqsadida o’qish mumkinligini aytadi.
Ro’za singari ba’zi islomiy ibodatlarning, chegaralangan holda bo’lsa ham bajarilishi (odamlar ishonchini qozonish uchun ro’za tutishi — tarj.) haqida hozir bahs ketyapti.Yana , musulmonlar orasida
nasroniylikka oid va’z va duolar juma kuni qilinadi va ibodatlar asnosida, agar
musiqaga o’rin berilsa, cherkov musiqasi o’rniga mahalliy musiqalar chalinadi.
Bundan tashqari, musulmonlarning qarshiligiga uchramaslik maqsadida
nasroniylashgan yangi vakillarning cho’qintirilishini bir muddatga kechiktira
olish, buning o’rniga ramziy marosim qilish mumkinligi ma’lum qilinmoqda.
Holbuki, cho’qintirish bir dinga kirish (insiyasi) marosimi sifatida
nasroniylar uchun g’oyatda ahamiyatlidir. «Cherkov», «rohib» va «papa» kabi
bevosita nasroniylikka oid atamalar o’rniga musulmon jamiyatlarida «masjid»,
«o’qituvchi», «tarbiyachi», «ustoz» va «etakchi» atamalari qo’llanyapti. Din
peshvolariga nisbatan esa «pastor» va «jamoat oqsoqoli» kabi unvonlar
qo’llaniladi. Ba’zi missionerlar yangi nasroniylashgan, biroq eski e’tiqod va
qadriyatlaridan hanuz voz kechmagan kishilarni jomelarga borib kelishlariga ham
«ruxsat» berishadi. Nasroniy bo’lmagan xalqlar missionerlarning madaniyatga
moslashuv yo’lidagi xatti-harakatlarini haqli ravishda ikkiyuzlamachilik va
soxtakorlik deya baholashmoqda.
Ro’za singari ba’zi islomiy ibodatlarning, chegaralangan holda bo’lsa ham bajarilishi (odamlar ishonchini qozonish uchun ro’za tutishi — tarj.) haqida hozir bahs ketyapti.
2.
Muloqot-missiya uslubi
Missionerlar
faqat bir-birini tanish va tushunishga asoslangan sodda muloqotni qabul
qilishmaydi. Bir-birlarining madaniyatlarini va e’tiqodlarini boyitish
maqsadini ko’zlagan suhbatni ham ular oqlashmaydi. Ularning asl maqsadi —
qarshisidagi kishini nasroniylashtirishdir. Ularning fikricha, muloqot
bahslashishni emas, “qutqarish”ni ko’zlashi kerak. «Najot-qutulish»ga erishish
esa o’z-o’zidan bo’la qolmaydi. Buning uchun qarshisidagi insonlar bilan
jozibali muhitni yuzaga keltiradigan suhbat qurish lozim bo’ladi.
3.
Ijtimoiy tadbirlar uslubi
Missionerlik ishlarida qulay muhitni vujudga keltirish
uchun ijtimoiy tadbirlarga alohida e’tibor qaratiladi. Missionerlar nasroniy
ta’limotini boshqa insonlarga yetkazishda uchta muhim unsurga katta ahamiyat
berishadi:
a) vaziyatni yaxshi aniqlash;
a) vaziyatni yaxshi aniqlash;
1.
b) nozik
yondashuv;
2.
v) maqsadlar
tayinli bo’lishi.
Mazkur unsurlarning amalga oshishi uchun faoliyat
yo’naltirilgan xalqlar bilan ijobiy munosabatlar o’rnatilishi muhimdir.
Missionerlar ayniqsa so’nggi yillarda chet o’lkalarga turli xizmat sohalari
ishchilari yoki mutaxassislari ko’rinishida (to’g’rirog’i, niqobida — tarj.)
kirishmoqda. Missionerlar shifokor, o’qituvchi, texnik, ijtimoiy yordam vakili,
turizmchi va boshqa niqoblarda turli mintaqalarga kelib joylashishyapti va
ayniqsa iqtisodiy-ijtimoiy tomondan orqada qolgan o’lkalarda xalqqa ko’rsatgan
xizmatlari orqasida missionerlik faoliyatlariga mos shart-sharoitlarni
yaratishyapti.
4.
Cherkovni mahalliylashtirish uslubi
Cherkovlarni mahalliylashtirishda yig’ilgan jamoa
soniga qarab ikki turdagi muassasa tashkil etiladi. Mos ijtimoiy va siyosiy
shart-sharoit yuzaga kelib, jamoa soni yetarli miqdorga chiqsa, rasmiy nasroniy
tashkiloti ochiladi. Bunday jamoa mahalliy urf-odatlarga uyg’un ish olib
boradi. Ijtimoiy-siyosiy sharoit yetilmasa va hali mo’ljaldagi jamoa
yig’ilmagan bo’lsa, «uy cherkovlari» shaklidagi jamoalar tashkil etiladi. Bu
uylar oddiy aholi uylari bo’lib, ozgina bezatiladi xolos. Missioner bunday
uylarda yangi muxlislar, yangi nasroniylashtirilgan shaxslarni ma’lum vaqtlarda
to’plab, duo qiladi, ta’lim beradi. Odatdagi cherkov binolariga nisbatan uy
cherkovlari diqqatni unchalik jalb qilmaydi. Missionerlar bunday joylarda
yaxshiroq niqoblanishadi, yaxshiroq faoliyat yuritishadi. Uy cherkovlari aholi
yashaydigan maskanlarda sotib olingan yoki ijaraga olingan hovli yoxud ko’p
qavatli uylardir. Bu uylar faol missionerlar boshchiligida mahalliy xalq
ichidan topilgan o’rtoqlar va muxlislarni o’ziga og’dirish uchun juda qo’l
keladi. Tashqaridan qaraganning diqqatini jalb qilmaydigan bu uylarda kelajakda
quriladigan rasmiy cherkovlarga zamin tayyorlanadi. CHerkovni
mahalliylashtirishda nasroniylashtirilayotgan mahalliy xalq orasidan faol
missionerlik va rahbarlik sifatiga ega bo’lganlarni tarbiyalash muhim sanaladi.
5.
Ijtimoy-siyosiy vaziyatlardan
foydalanish uslubi
Missionerlik
harakatlarida ayrim mintaqalarda yuzaga kelgan vaziyatlarga katta ahamiyat
beriladi. Hozirgi kunda avvalo AQSH va boshqa g’arb davlatlari missionerlarga
siyosiy ko’mak berishyapti. Dunyoda sodir bo’layotgan xalqaro voqea-hodisalar,
turli o’lkalarga qarshi siyosiy va harbiy harakatlar missionerlar uchun aql
bovar qilmas qulay fursatlarni tuhfa etmoqda. Bu holning mashhur misolini 11
sentyabr voqealaridan so’ng AQSH va ittifoqdoshlarining O’rta Sharqqa siyosiy
va harbiy harakatlarida ko’rish mumkin. Demokratiya va tinchlik o’rnatish
niqobi ostida kirgan g’arb davlatlari O’rta Sharqqa oqib kirgan minglab
missionerlar uchun himoya qalqoni bo’lishdi. 11 sentyabr voqealari missionerlik
harakatlari uchun tom ma’noda burilish nuqtasi bo’ldi. Bu voqealardan so’ng
deyarli butun dunyo bo’ylab Islom anarxiya, terror dini, deya «targ’ib» etildi.
Kim qilgani noma’lum terror va zo’rovonliklar butun musulmonlarga, ularning
e’tiqodlariga va hatgo muqaddas Qur’oni karimga nisbat berildi. Ana shunday
ommaviy fikrning tarqatilishi missionerlar uchun o’ta noyob bir fursat bo’ldi.
Globallashuv jarayonini ma’lum ma’noda g’arb davlatlari boshqarib turgani uchun
butun yer yuzi missionerlarga faoliyat maydoni deya qabul etilayotgani
aytilmoqda. Bu jarayonda iqtisodiy va siyosiy kuchlarga suyangan missionerlik
qarshisida boshqa din va madaniyatlar tahdid ostida qolishyapti.
6.
Turli vositalarni ishga solish uslubi
Missionerlik harakatlarida
quyidagi aloqa vositalaridan samarali foydalanilmoqda:
1) Noshirlik faoliyati.
Muqaddas matnlarning
mahalliy til va lahjalarga tarjima qilinishi va tekinga tarqatilishi missionerlik
harakatining eng boshida kelmoqda. Bundan tashqari da’vat qilinayotgan shaxslarning
saviyasiga mos kitob, risola va shu kabilarni yetkazishga katta ahamiyat
beriladi.
2) Matbuot va
boshqa OAV.
Dunyoda turli
missioner guruhlar nazorati ostida yuzlab tele, radio kanallari, kunlik va
haftalik gazetalar, shuningdek, boshqa doimiy nashrlar faol ish yuritishyapti.
3) Internet
tarmog’i.
Internet
missionerlikda tobora ta’sirli qo’llanilmoqda. Minglab, hatto o’n minglab
Internet sahifalarida missioner tashkilotlari targ’ibot va tashviqotlarini
amalga oshirmoqda. Shu yo’l bilan o’zlariga «hamtovoq»lar qidirishyapti.
4) Kino.
Tasvirli
vositalar ichida kinoning alohida o’rni bor. Nasroniylikni targ’ib qilish
niyatida tayyorlangan film va seriallarning, ayniqsa, uchinchi dunyo
o’lkalarida ta’siri kuchli bo’lmoqda. Deyarli barcha missionerlar «Iso» filmi
kabi yuzlab til va lahjalarga tarjima qilingan asarlarni video kassetalar, CD
yoki DVD axborot saqlash vositalari shaklida nasroniy bo’lmaganlarga tekin
tarqatish, ularni yakka yoxud ko’pchilik bo’lib ko’rish «foydali» ekanini ta’kidlashmoqda.
Xulosa o’rnida aytish
lozimki, ma’nan qoloq, mustaqil fikrdan mosuvo insonlargina missionerlik qarmog’iga
oson ilinadilar. Sizchi, siz o’z e’tiqodingizga qarshi bormoqchimiz?
Missionerlar harakati vakillarining so’zlariga uchib, ko’p yillik an’nalar,
tariximiz aks etgan muqaddas dinimiz yuziga oyoq qo’yish bilan barobar. Bu esa
nafaqat din, balki, o’zi tug’ilib o’sgan zaminiga qilingan hiyonat bilan teng.
Shunday ekan, e’tiqodimizga kishan soluvchi missionerlik qarmog’iga ilinishdan
hamisha ogoh bo’laylik.
DILNURA
Комментариев нет:
Отправить комментарий