воскресенье, 11 марта 2018 г.

YOSHLAR - KELAJAK EGALARI!


Xalqimizda bir naql bor: "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”! Darhaqiqat inson tug‘ilgan joyi, kindik qoni to‘kilgan yerida, o‘z uyida o‘zini erkin va baxtli xis qiladi. Ayniqsa, osmoni musaffo, vatani tinch, ko‘chalari ravon bo‘lsa. Bunday shart-sharoitlarning qadriga yetish esa shu vatanda istiqomat qilayotgan har qanday insonninig burchidir.


Hozirda O‘zbekistonda har qanday sohada imkoniyatlarga yo‘l ochib berilmoqda. Jumladan ta'lim sohasida yoshlar uchun ta'lim yo‘nalishlari, ijodkorlar uchun tanlovlar bu e'tibor Vatanimizning mustaqil farzandlari uchun yaratib berilayotgan oliy ne'matdir.
Bugun biz tarixiy bir davrda halqimizning oz oldiga ezgu va ulugmaqsadlar qoyib, tinch osoyishta hayot kechirayotgan avvalambor oz kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yolida ulkan natijalarni qolga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, halqimizning asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon xayotni barpo etayotganimiz bu yo‘lda erishayotgan yutuqlarimizni halqaro hamjamiyat tan olgan.
         Bunday imkoniyatlarning barchasi aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz. Kelajagimizning mustahkam poydevoriga aylanib borayotgan ta'lim sohasidagi buyuk dasturlarimizni o‘z vaqtida, uzoqni ko‘zlab ishlab chiqqanmiz va amalga oshirilganimiz naqadar to‘g‘ri bo‘lganini bugun mamlakatimiz erishgan yuksak marra va natijalar yaqqol namoyon etmoqda.
Mamlakatimizning mustaqillik yillaridan keyingi davr ichida erishgan yutuqlari bugungi kunda jaxon xamjamiyatining munosib va tinch huquqli a'zosi sifatida mustahkam orin egallashimizga keng yol ochib berdi. Istiqlolning birinchi kunlaridanoq mamlakatimiz taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ustuvor masalalar qatorida yoshlar tarbiyasiga, xususan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga ham katta ahamiyat qaratildi. Bugungi kungacha bo‘lgan davr mobaynida bu kabi masalalar bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda ularning natijalaridan ko‘zlarimiz quvonib turibdi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch” asarida "Vatanimizning kelajagi halqimizning ertangi kuni mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e'tibori, avvalombor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hyech qachon unitmasligimiz kerak” deb alohida ta'kidlagan edi. Darhaqiqat bugungi kunda yoshlarning hayotga dadil kirib borishlari yetarlicha ta'lim-tarbiya olishlari barkamol, komil inson bo‘lib yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan zamonaviy shinam maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining qo‘riqlab yoshlar ixtiyoriga berib qo‘yilganligi yurtimizning yoshlariga ko‘rsatilayotgan e'tiborning amaldagi ifodasidir. O‘zbekiston aholisining 60 % ni asosan yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning to‘g‘ri ta'lim olishi barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun mamlakatimizda 1991-yil 20-noyabr kuni yoshlarga oid siyosiy qonun ishlab chiqildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi Farmoniga ko'ra:
O'zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish;
30 iyun kuni yoshlar kuni e'lon qilindi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo'yicha xizmatini tashkil etish;
yoshlar masalalari bo'yicha respublikaaro idoralar kengashini tashkil etish
Qozog'iston Respublikasi Jokorga Kengashi raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari raisligi ostida yoshlar masalalari bo'yicha hududiy idoralararo kengashlar tuzish;
"Tembraklar maktabi" da harbiy akademik litseylarning nomini o'zgartirish to'g'risida;
"Turkiston" gazetasi, Yoshlar kitobi, "Yosh kuch" jurnali va boshqa nashrlar uchun yoshlar nashriyotining tashkil etilishi;
Yoshlar ittifoqi tomonidan "Kizlarjon" ayollar jurnali yaratildi;
Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi yoshlar uyushmalari va ijtimoiy-psixologik yordam markazlarini tashkil etish;
Yoshlar muammolarini o'rganish instituti va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutini tashkil etish;
"Kelajak bунёдкори" medali ta'sis etildi;
2018-2021 yillarda yoshlar uylarini qurish dasturini tasdiqlash;
avtoulovlarni xarid qilish uchun yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish;
tuman markazlari va shaharlarida yoshlar tadbirkorlikni tashkil etish;
«Yoshlar» telekanalining aksiyalarining 50 foizini Yoshlar ittifoqiga topshirish.
Bugungi kunda jamiyatimizning taraqqiyotida muhim rol oynayotgan ta'lim-tarbiya uzviy boglangan jarayon sifatida yoshlarni yaxshi xulq egasi ta'limni yaxshi ozlashtirishi, bilimli va aqlli bolib kamol topishi hamda davlatimiz uchun yetuk malakali kadr bolib yetishishida muxim rol oynamoqda. Inson ta'limgacha bo‘lgan bosqichda qisman tarbiyani o‘zlashtiradi. Keyinchalik ham davom etadigan tarbiya qanchalik yaxshi yoki yomonligi ta'lim olishi jarayonida namoyon bo‘ladi va unga o‘z ta'sirini ham o‘tkazadi.


A.Husanov

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...