Аrosat yoqasida
O’sha paytlarda talaba edim.
Darsdan xayol surib qaytayotgan mahalim bir ayol meni to’xtatdi. yelkasida
og’irgina sumka.
-Siz to’kin, farovon, hayotda xushbaxt yashashni
istaysizmi?
Dastavval uni nosog’lom deb o’yladim. Undan chekinib,
yo’limda davom etayotgandim, meni to’xtatdi.
-Singlim, sizga aytayapman.
Men hayron bo’lib joyimda to’xtadim.
-Yаxshi yashab, jannatga
tushishni istaysizmi?
Kuldim, kim buni istamaydi?
-Unda sizga mana bu kitob juda kerak, – dedi-yu ayol
sumkasidan Injilni chiqardi.
-Rahmat, men so’nggi din – islomdaman, – dedim kulib.
– Yo’q, siz faqat mana bu din – xristian dinidagina
baxt topib, jannatga kirishingiz mumkin.
Qo’l siltab ketishga shoshildim, “yo’q, shart emas!”.
-Bunda boy yashashning sirlari bayon etilgan, – gapdan
to’xtamasdi ayol.
Men tezda qayrilib, yo’limda davom etdim.
Yo’l-yo’lakay “Tavba, dinni ham sumkada ko’tarib sotish mumkin ekan…”, deb
o’ylardim. Bu men duch kelgan birinchi holat edi. Bu kabi, bir so’z bilan
aytganda, “dinni sotuvchilar” ko’p emasdir balki, ammo ularga ko’r-ko’rona
ergashganlar ko’pchilikni tashkil etishi mumkin. Nogoh turli dinlar bilan savdo
qilayotgan shayton qiyofasidagilar ko’z o’ngimga keldi. Bu ayolga o’xshashlar
ortidan ergashayotgan odamlar dunyoqarashi tor, manfaatning qullari, arosatda
qolganlardir.
Ulardek
manqurtga aylanib, arosat yoqasiga borib qolmasliklari uchun, yaxshi va yomonni
ajrata olishlari uchun ota-onalar farzandlari yaxshi ta’lim olishi uchun
jonbozlik qilishlari kerak. Yоshlar bo’sh vaqtlarini qanday
o’tkazayotganliklarini nazoratga olish, ko’proq kitob mutolaasi bilan
shug’ullanishlariga jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.
Дилдора
Бекжонова
Комментариев нет:
Отправить комментарий