среда, 11 октября 2017 г.

Yutuqlarimiz asoschisi

Yurtimizning bugungi gullab-yashnashi, istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻliqdir.

Bobom so’zlab bergandilar  sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda siyosat maydoniga usha inson chiqib tahlikali davrda yurtdoshlarimizni birlashtira olgan ekanlar. U kishining dadil qadami ila  Oʻzbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻya oldi. Men kichik yoshda faravon hayot yurtimizda qurilayatgan bir vaqtda O’zbekistonda buyuk o’zgarishlar sodir bo’lmoqda edi. Men  tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi tamonidan mamlakatimizning istiqol dasturini ishlab chiqarilayotgan va milliy taraqqiyot yoʻliga chiqqan vaqt baxt ila ulg’aymoqda edim. Baxtim ham aynan shunda. Mustaqillik bilan tengdosh bo’lgan holda kamol topganimda.
Bizning huquqlarimizni himoyalash uchun Birinchi Prezidentimiz mustaqillikning ilk kunlaridanoq  demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqdilar va  uni hayotga tatbiq  etdi. Shuningdek Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda "oʻzbek modeli" deb eʼtirof etilgan.
Qisqa vaqt ichida mamlakat neft va neft mahsulotlari, gʻalla mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada koʻpaydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. U kishi raxnamoligida davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. 
  Bobom hotiralarida qolgan hotiralarni menga aytgandilar. 1991-yil 31-avgust. Yurtimizda tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilindi. 1991-yil 29-dekabr. muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Mustaqilligimiz asoschisi harakatlarini bilgan va ergashgan halq u insonni 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumida Birinchi Prezidentimizga ovoz berdi va  vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.  U inson umrining so’nggi kuniga qadar xalqni mehrini qozongandi. Shu sabab ham qayta qayta Prezidentlik saylovlarida O’zbekiston aholisi o’z yurtboshi uchun ovoz berdi. O’z o’rnida Birinchi Prezidentimiz umrining so’nggi kunigacha xalq dardi va tashvishiga umrini baxshida etdi. Shuning uchun gan Islom Karimov hr bir O’zbek halqi qalbida mangu yashaydi

Mastura Xamroyeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...