SURKXON
SANDWICH
Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga
zarur sharoitlar, imtiyoz va imkoniyatlar yaratish orqali aholi farovonligini
ta’minlashga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida kichik va o‘rta biznes vakillari soni
kundan-kun ko‘payib, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohasida ular
ishtiroki kengayib borayotir.
Shu
kunlarda Termiz shahrida yana bir yangi korxona ish boshladi. “SURKXON
SANDWICH” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 1 mln.
dollar bo‘lgan Sandwich panellari ishlab chiqaruvchi zamonaviy uskunalar
o‘rnatilib, ishga tushirildi. Ushbu korxonada bugungi kunda 30 kishi ish bilan
ta’minlandi. Korxona bir kunda 2 ming metr tayyor mahsulot ishlab chiqarish
quvvatiga ega.
Uy-joy,
yirik savdo majmualari, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari,
muzlatgichlar, cho‘milish havzalari kabi qurilish sohasining barcha
yo‘nalishlarida ishlatiladigan Sandwich panellari Koreya-Xitoy texnologiyasi
asosida ishlab chiqarilmoqda.
Ayni
paytda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotga asosan to‘qimachilik va
yengil sanoat korxonalari buyurtmachi bo‘layotir. Xususan, “Sherobod tekstil
invest”, “Amudar teks” korxonalariga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha
shartnomalar imzolanib, Respublikaning boshqa viloyatlaridan ham buyurtmalar
qabul qilinmoqda. Shuningdek, korxona ichki bozorni sifatli mahsulot bilan
ta’minlash bilan bir qatorda, chet mamlakatlarga ham eksport qilishni
rejalashtirgan.
Ma’lumot
uchun shuni aytish mumkinki, shu yilning oxirigacha korxonada profnastil,
cheripitsa, profil, penoplast va boshqa qurilish materiallari ishlab
chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, ish o‘rinlari soni yana 50 taga ko‘payadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий