Kelajakka nurli qadam ila
Bugunda kunda TOSHKENT DAVLAT MILLIY
RAQS VA XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABINIG San’atshunoslik va jurnalistika yo’nalishining
4-bosqich talabasiman. Bu oliygoxni bitirib kelajakda o’z soxamning yetuk
mutaxassisi bo’lib vatan ravnaqi yurt kelajagiga o’zimning munosib xissamni
qo’shmoqchiman.
Xozirda ta’lim olayotgan yo’nalishim, ustozlardan o’rganayotgan
bilimlarim kelajakda tanlamoqchi bo’lgan kasbimga mustaxkam poydevor vazifasini
o’taydi desam mubolag’a bo’lmaydi. Oliy o’quv yurtiga kirishim ham orzu
bo’lgan. O’quv dargoxga kirishimdan
oldin Surxondaryo viloyatining bolalar qo’g’irchoq teatrida aktrisa vazifasida
2 yil mobaynida faoliyat olib bordim. U yerdagi ustozlarimdan dramaturgiya,
rejissura, aktyorlik faoliyati va jurnalistika, raqs yo’nalishlari bo’yicha
saboqlar oldim. O’rgangan bilim va ko’nikmalarim meni oliy o’quv yurtining
talabasi bo’lish baxtiga musharraf etdi. Bugungi kunga qadar 6 ta sennariy
yozdim va saxnalashtirib madaniy- ma’rifiy kansert dasturlarini tomoshabinlarga
xavola etdim. 20 dan ortiq spektakllarda bosh rollarni o’ynadim. 80dan ortiq
tanlovlarda ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritdim. 34 dan ortiq loyixalar dasturlarni
muallifligini qildim va partiyalarning yoshlar qanoti va yoshlar studiyasida
o’z loyixalarim bilan ishtirok etdim. Televidiniya va radioda xam 50 dan ortiq
eshittirish va ko’rsatuv dasturlariga xam mualliflik shu bilan birga muxbirlik qildim.
100dan ortiq gazeta va jurnallarda maqolalarm va she’rlarim chop ettirildi. “Qalb
tug’yoni” nomli she’riy toplamim ham nashrdan chiqarildi bugungi kunda “Achchiq
xayot” deb nomlangan qissa va xikoyalar to’plamimni bosib chiqarishni
rejalashtiryabman. Inson hayotga bir marotaba keladi shu tufayli o’qib o’rganib
dunyoviy bilimlardan baxramand bo’lishi uning xayotiy burchi xisoblanadi.
Yoshlar studiyasi. Yoshlar qanoti, kamolot yoshlar ijtimoiy xarakati, kabi
qator yoshlarga qaratilgan yo’nalishlar a’zosiman. Kelajakda aniq bir kasbni
egallash to’xtamiga kelganim yo’q xali. Raqs tushishni, spektakillarda rol
o’ynashni, she’r yozishni, maqolalar
yozishni, madaniy tadbirlarda boshlovchilik qilishni, sennariy yozish va uni
saxnalashtirishni juddayam yaxshi ko’raman. Yigit kishiga 7 xunar oz deyishadi
dono xalqimiz bugungi kunnig talabi xotin-qizlar ham erkaklar bilan teng
xuquqli ular ham jamiyatga oilaga o’z foydasini keltira olishi lozim. Kelajakda
baletmeyster , jurnalist, shoira, sennariynavist, dramaturg, san’atshunos,
teatrshunos, aktrisa, rejissor, xox o’qituvchi bo’lay kim bo’lishim qaysi
yo’nalishni tanlashimdan qat’iy nazar san’at va ijod xayotimning bir bo’lagi
xisoblanadi. Bugungi kunda bu yo’nalishlarni xammasini birga olib borib faoliyat
ko’rsatishga xarakat qilmoqdaman, kelajada xam san’at va ijod yo’nalishida
tinimsiz izlanib soxamning yetuk mutaxassisi bo’lishga bor kuchimni safarbar
etaman. Zero, vatan kelajagi biz yoshlarning qo’limizdadir.
ZARINA AMANTURDIYEVA.
Комментариев нет:
Отправить комментарий