SAN’AT
ichidagi harakat
San’at insonni go’zallika
yetaklovchi bir yo’lchi yulduz xisoblanadi. Ba’zi bir insonlar san’atsiz
hayotini tasavvur eta olmaydi. Har sohaning o’ziga yarasha mashaqqati bo’lgani
kabi san’atning raqs yo’nalishida mehnat qilayotgan faoliyat olib borayotgan
raqqos va raqqosalarimiz harakatlariga tasanno aytmasdan ilojimiz yo’q.
Negaki
davlatimiz ona diyorimizda qanday bazm tantanalar nishonlanilsa bularning
barchasi bu soxaning mexnatkashlarisiz o’tkazilmaydi. Zero, qanday kuy-qo’shiq
bo’lmasin taronaning ohanglariga jozibakor hatti-harakatlar jilvakor qarashlar
bilan tovusdek tovlanib qo’shiqning har bir so’zi har bir kuyi ohangning har
bitta ritmiga mos va hos tarzda sahnaning u yog’idan bu yog’iga tinimsiz
harakatlanayotgan raqqos va raqqosalarning jozibakor raqslarini ko’rib
hayratlanasin kishi. Latofatli raqqosaning samimiy va sururli ijro etadigan
raqslari odamni ichidagi tuyg’ularini jumbushga soladi. O’zbekiston madaniyati taraqqiyotida raqs
san’atining o’rni bo’lakcha. O’zbek raqs madaniyatida asosan uch yo’nalish mavjud.
An’anaviy raqs, xalq sahnaviy raqsi va balet san’ati. Raqs ustalari,
baletmeysterlar, ansambllarning rahbarlari raqs uslublarining o’ziga xosligini,
estetik xususiyatlarini to’la saqlashga harakat qilib kelishgan. O’zbek xalqi juda ham boy raqs san’ati
merosiga ega. Bu san’at turi yozma ravishda o’z davrining mohir ustalari
tomonidan qayd etilmaganligi bois unitilib ketilishi mumkin edi. Lekin ular
xozirda raqs asoschilari tomonidan qayta rivojlantira borilmoqda. Bu davr
ichida yuzlab mohir raqqosalar va baletmeysterlar, pedagoglar yetishib
chiqdilar va ular raqs yaratish usullarini yaratdilar. Bu ishda kattagina
tajriba to’plandi. Bugungi kunda ayni o’sha tajriba o’chog’i sifatida Toshkent
Davlat Milliy Raqs va Xoreografiya Oliy Maktabini gavdalantirishimiz mumkin.
Negaki yuzlab minglab raqs ustalari yetuk mutaxassislar, pedagoglarni
yetishtirib chiqarayotgan ilm koshonasidir. 5-10 daqiqa dovomida taralayotgan
kuyga jon- jaxtini qalb qo’rini baxshida aylab viqor bilan xirom aylayotgan
raqqosu raqqosalar raqslarni saxnalashtirgan baletmeysterlar mexnati
kimlargadir ma’lumu yana boshqalarga noma’lum bo’lib qoladi. Raqs dillarga
xushkayfiat baxsh etadi tomoshabin bundan faqatgina zavqlanib qolaveradi. zaxmatkash pedagog va baletmeysterlar
mexnatlari sahna ortida hamkasblar tomonidan tahlil qilinadi yoxud tanqidga
uchraydi va albatta maqtovlarga
burkanishi mumkin. Bugungi kunda ustozlar faoliyatini izchil davom ettirib
bardavomiyligini ta’minlab o’z ustida ishlab borayotgan yigitu- qizlarimiz
talaygina. Qadimiy o’chmas tarixga ega bo’lgan buyuk e’tirofga loyiq bo’lgan
50dan ortiq raqslarimizni yosh ijodkor ijrochilarimiz qunt bilan dildan
o’rganishmoqda. O’ylaymizki bunday intiluvchi iqtidor va iste’dod soxib hamda
soxibalarimiz ichidan yetuk malakali kadrlar, o’z kasbining ustalari,
prafissional raqqos va raqqosalar chiqadi. Bu yo’lda ularga doimo omad tilab
qolamiz.
ZARINA AMANTURDIYEVA.
TOSHKENT DAVLAT MILLIY RAQS
va XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABINING
SAN’ATSHUNOSLIK yo’nalishi talabasi
Комментариев нет:
Отправить комментарий