пятница, 18 августа 2017 г.

Qo’limdagi…

Sevgi, muxabbat kimlar uchundir bu shunchaki oddiygina hissoyot bo’lsa yana kimlar uchundir esa hayot demakdir. Muxabbatsiz hayot bamisoli qop qorong’u tundek zulmatlidir.

Bugun men tundan qo’rqmayman negaki zulmatimni ravshan aylab yorutguvchi bir shamim bor. U meni yolg’izlatmaydi, qo’rqishimga dilim xira tortishiga sira yo’l qo’ymaydi bu mening sevgimdir. Uni shu qadar iliqlik va samimiylik bilan sevamanki ko’nglimdagi ma’yuslik bazan mendan xafa bo’lib arzalab ketadi. Negaki g’am tashvishlar uning yonida ojizlik qilib meni tark aylashga urinishadi. Sevgim mening kechikib kelgan ammo hayotim mazmuniga aylanib ulgurgan ko’ngli tozza oq bulutdek oppoq orzularga burkangan sevgim. Seni nima deb atashni ham bilmayman bazida. Bu dunyodagi qanday nomlar bo’lsa sen uchun go’yo kamdek hech qaysi nom senga munosib emasdek tuyilaveradi. Sen meni zulmat ichidan yorug’likka olib chiqqan quyoshimsan, hayotga qaytarib uni boricha qadirlashga o’rgatgan farishtimsan, borliq olamlaridan zavq olishga undagan borlig’imsan, olamni tashvishlarini kulib yengishga o’rgatgan tabasssumimsan, xayotni qadrini baland tutishni anglatgan hayotimsan, labimda kulgu qolmay dardlarga cho’mgan vaqtim ko’zimda qatra yosh oqqanda ham tirikligimni anglatib shukronalik hissini yuragimga jo aylagan ko’z yoshimsan, ko’ksimning tagida og’a ini tutinib yashayotgan har zarbida seni so’roqlab urayotgan yuragimsan. Ayt seni yana qanday nom bilan chaqiray ta’rifingni qaysi misralar ila to’ldiray. Mendan hech narsa so’ramay kutmay talab qilmay mehr bera olgan sevgim har laxza seni keladi ko’rgim. Sendan menga hech narsa kerak emas aslida boringa shukr qilib yashash bilan har onim o’tmoqda. Qayerda bo’lma olismi yaqin hamisha yuragim ardog’ida yashaysan. Mening erkagina bolalarcha beg’ubor sevgim. Ba’zan tush kabi hayotimdan o’chib ketishingdan qo’rqaman. Ahir sen bilan bu yurak urmoqda sen tufayli bu olamga tiriklar safiga qaytdimku. Har bir nsonning o’z muxabbati bo’ladi uni ulkan so’zlar bilan ta’riflashadi men seni unday tariflay olmasam ham yuragim tub tubida yotgan haqiqatlarni senga so’zlayman va seni boringcha tariflayman. Bilasanmi sevgim sen yonimda turgan laxza butun borliqni unitaman hayotimda hech qanday tashvishlarga o’rin qolmaydi sening men tomon jilmayib qarashlaring ko’z o’ngimda kechayu kunduz gavdalanaveradi. Balki sening dilingda boshqacha his tuyg’ular to’foni mavj urayotgandir ammo mening to’fonim sokin va tinchlik sukunatlik irmoqlaridan iborat. Negaki yonimda tursang o’zimni shu qadar tinch va hotirjam sezamanki bu osoyishtalikni menga hech kim anglata olmaydi. Nafrat va muxabbat orasi bir qadam deb to’g’ri aytishgan ekan kechagina mendan olisda meni yomon ko’rib boshqacha nazarda tikilar eding. Bugunchi meni bu dunyodagi eng baxtli inson qilishga tayyorsan. Taqdir bizni xazil ila yuzlashtirdi sevgim uning xazili menga butun baxtni bera oldi bu baxt esa sensan sevgim. Bilaman meni yosh boladek ko’rasan va bolalarcha samimiy erkalatasan shu erkalashlaring uchun ham butun umr yosh boladek yashashga tayyorman mening sevgim.  Sening nigoxlaring doim menga nimalarnidir so’zlayotgandek tuyiladi ko’zlaringa termulishni yaxshi ko’raman negaki ko’zlaring meni qanchalik sevishing xaqida o’zingdan oldin so’zlab qo’yadi. Bermoqchi bo’lgan savollarimga ham ana shu ko’zlardan javop topa olaman. Ko’zlar so’zlar kabi yolg’on gapirmaydi sening nigoxlaring hamisha yuragingda faqat men yashayotganimmi anglatadi. Men baxtiyorman olamdagi shuncha koinot va shuncha insonlar ichida seni uchratganim va topganm uchun. Taqdir seni kelajakda menga ravo ko’radimi yo’llarimiz tutashadimi yo’qmi buni bilmayman lekin shuni yaxshi bilamanki sevgim senga qalbimni berib yuragimni xadya etganimdan sira afsuslanmayman. Zero sen menga qanday yashashni muxabbatning naqadar buyuk bo’lishini o’rgatding ulkan qalb berding. Taqdirlar tutashmasada, bu dunyoda yana bir jufti yashamasada yana kimlardir o’zga yor bag’rida ijarada turayotgan bo’lsada boshqalar esa boshqa bir taqdir bilan hayot yo’lini bog’lagan bo’lsada jisman emas ruhan sevgiini asrab muxabbatiga vafoli bo’lib yashayotgan qalblar bisyor. Ana o’shalar qalbida haqiqiy muxabbat yashaydi. Taqdir sinovlari senu meni qay tarafga uloqtiradi hayotimiz qalbimiz kabi bog’lanadimi yo’q bilmadimu ammo mening yuragimda to jonm tanamni tark etmaguncha yashayverasan. Butun umr yuragimning ko’zmuchog’iga aylangansan mening erkagina erkatoy muxabbatim. Seni o’zga yurakka also berib qo’ymayman chunki yuragim va yuraging bir birini sevishi haqida boshqa bir yurakni tan olmasligi haqida bir butun bir yurak bo’lib ont ichishgan. Endi menga aytchi mening sevgim yuraklar vadalashgan ko’zlar esa qasamlashganda biz ular yonida kim bo’pmiz. Ko’zlarimiz va yuragimizga qarshi bora olmaymiz shuning uchun ham ularni o’z holiga qo’yaylik yuraklarimiz bir biri deb urayverishsin ko’zlarimiz esa br birlarini sog’inib to’qnashaverishsin. Shu nigoxlarimz sog’inchi butun umr do’st bo’lib qolsin.

ZARINA AMANTURDIYEVA
TOSHKENT DAVLAT MILLIY RAQS va

XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABI TALABASI.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...